Farmonov O‘tkir Alimovichning Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumot
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Basketbolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodikasi” 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5252
Ilmiy rahbar: Nurulloev Laziz Latipovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti PhD.03/27.09.2024.Ped.72.10.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Masharipov Farxod To‘raxonovich; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Olimov Alisher Isakovich
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Basketbolchilarning texnik tayyorgarligini zamonaviy raqamli texnologiyalar vositasi asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodikani ishlab chiqish hamda uning samaradorligini amaliy tajribada isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Basketbol mashg‘ulotlarda murakkab texnik harakatlar (to‘pni olib yurish (dribling)ning murakkab shakllari, aldamchi harakatlar (finte), to‘p uzatishning murakkab turlari, koordinasion va sensor-motor murakkablik) kabi maxsus tayyorgarlik turlarini o‘zida mujassamlashtirgan yillik o‘quv-mashg‘ulot modelini takomillashtirish hisobiga ularning texnik-taktik harakatlarni aniq va tezkor bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talaba-basketbolchilarning maydondagi joylashuvi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli monitoring (sensorlar orqali olingan kinematik ma’lumotlar, videotahlil natijalari) asosida mashg‘ulot yuklamalari, mazmuni va uslublarini takomillashtiruvchi mobil platformasini qo‘llash hisobiga mashg‘ulot va musobaqa jarayonida operativ axborotlar olish imkoniyatlari kengaytirilgan;
maxsus jismoniy sifatlarni (portlovchi kuch, tezkorlik va chidamkorlik) o‘yin harakatlari samaradorligi bilan bevosita bog‘liqlikda rivojlantirish uchun mushak ishining turli rejimlarini (ekssentrik, izometrik, statik-dinamik, pliometrik) uyg‘unlashtiruvchi “integral” nomli yangi mashg‘ulot metodikasi ishlab chiqish hisobiga jismoniy va texnik tayyorgarlik o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqlik (sakrovchanlik va to‘p otish aniqligi o‘rtasida p=0.79 gacha) empirik jihatdan isbotlangan;
ishlab chiqilgan metodikaning yuqori samaradorligi o‘tkazilgan pedagogik tajriba orqali ilmiy-amaliy jihatdan isbotlanib tajriba doirasida texnik harakatlarni real vaqt rejimida ob’ektiv baholashga mo‘ljallangan “Raqamli Basketbol Ekrani” (RBEr) dasturiy-apparat majmuasini ishlab chiqib amaliyotga joriy etish orqali maxsus jismoniy va texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistik ishonchliligi amalda isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Basketbolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishda raqamli texnologiyalarni qo‘llash metodikasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot davomida ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy ishlanmalar va amaliy tavsiyalar respublikaning bir qator oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayoniga hamda ilmiy-metodik ta’minotga muvaffaqiyatli joriy etildi va quyidagi natijaga erishildi:
Basketbol mashg‘ulotlarda murakkab texnik harakatlar (to‘pni olib yurish (dribling)ning murakkab shakllari, aldamchi harakatlar (finte), to‘p uzatishning murakkab turlari, koordinasion va sensor-motor murakkablik) kabi maxsus tayyorgarlik turlarini o‘zida mujassamlashtirgan yillik o‘quv-mashg‘ulot modelini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim muassasalarining basketbol mashg‘ulotlari jaraayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 02/01-01-74 maʼlumotnomasi). Natijada basketbolchilarning jismoniy tayyorgarlik 11-14%ga, texnik tayyorgarlik 10-14%ga o‘sishiga erishilgan;
Talaba-basketbolchilarning maydondagi joylashuvi va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda raqamli monitoring (sensorlar orqali olingan kinematik ma’lumotlar, videotahlil natijalari) asosida mashg‘ulot yuklamalari, mazmuni va uslublarini takomillashtiruvchi mobil platformasini qo‘llash bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim muassasalarining basketbol to‘garaklari jarayoniga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 02/01-01-74 maʼlumotnomasi). Natijada talaba basketbolchilarining tezkor-kuch sifatlari 17% ga, chaqqonlik sifati 18% ga, talabalarning fanni o‘zlashtirish ko‘rsatgichi 22% ga o‘sishiga erishilgan.
Maxsus jismoniy sifatlarni (portlovchi kuch, tezkorlik va chidamkorlik) o‘yin harakatlari samaradorligi bilan bevosita bog‘liqlikda rivojlantirish uchun mushak ishining turli rejimlarini (ekssentrik, izometrik, statik-dinamik, pliometrik) uyg‘unlashtiruvchi “integral” nomli yangi mashg‘ulot metodikasi ishlab chiqish bo‘yicha takliflar “Sport o‘yinlari va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan. (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 27-martdagi 274-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 274-286-sonli guvohnomaga). Natijada talaba basketbolchilarining tezkor-kuch sifatlari 17% ga, tezlik sifati 22% ga, chaqqonlik sifati 18% ga, texnik tayyorgarligi 21% ga, talabalarning fanni o‘zlashtirish ko‘rsatgichi 28% ga o‘sishiga erishilgan.
Ishlab chiqilgan metodikaning yuqori samaradorligi o‘tkazilgan pedagogik tajriba orqali ilmiy-amaliy jihatdan isbotlanib tajriba doirasida texnik harakatlarni real vaqt rejimida ob’ektiv baholashga mo‘ljallangan “Raqamli Basketbol Ekrani” (RBEr) dasturiy-apparat majmuasini ishlab chiqib amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar Oliy ta’lim muassasalarining basketbol mashg‘ulotlari jarayoniga tadbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va inovatsiyalar vazirligining 2025-yil 24-fevraldagi 02/01-01-74 maʼlumotnomasi) Natijada talaba basketbolchilarining tezkor-kuch sifatlari 18% ga, tezlik sifati 21% ga, chaqqonlik sifati 19% ga, texnik tayyorgarligi 20% ga, talabalarning fanni o‘zlashtirish ko‘rsatgichi 27% ga o‘sishiga erishilgan.