Sharipova Saboxon Abdillajonovnaning
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi 
himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mediadiskursda neologizmlarning leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari”, 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi. (Filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2024.1.PhD/Fil4530
Ilmiy rahbar: Qazaqova Nozima Abdulboqievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04. 
Rasmiy opponentlar: Sultonova Shoxista Muxammadjanovna, filologiya fanlari doktori, professor  (Ilmiy kengash a’zosi); Nabieva Dilora Abduxamidovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mediadiskursda qo‘llangan neologizmlarning til dinamikasi, lisoniy kreativlikdagi o‘rni, yuzaga kelish mexanizmlari, leksik-semantik va lingvopragmatik xususiyatlarini tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tilning ijtimoiy va dinamik hodisa sifatidagi o‘zgaruvchanligi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, maishiy, texnik, texnologik, ilmiy sohalardagi yangiliklarning lisoniy ifodalanishi, leksikadagi eskirish va yangilanish jarayonlari hamda lingvokreativlik masalalari ochib berilgan;
neologizmlarning mediadiskursda informativlik, ekspressivlik, nomlash, intellektual, baholash kabi funksiyalarni bajarishi hamda siyosiy, iqtisodiy, madaniy, maishiy sohalardagi neologizmlarning leksik-semantik xususiyatlari asoslangan;
o‘zlashma neologizmlarning kalkalash, transkripsiyalash, transliteratsiya qilish usullari orqali qabul qilinishi va bu jarayondagi o‘ziga xosliklar, o‘zlashmalarning bevosita yoki bilvosita qabul qilinishi masalalari ingliz, rus, yapon tillari, o‘zbek va boshqa turkiy tillardan olingan misollar asosida dalillangan;
semantik neologizmlarning shakllanishi, so‘z ma’nosining taraqqiyoti: torayishi va kengayishi, neologizmlarning pragmatik vosita sifatidagi ekspressiv funksiyalari hamda neologizmlarni qo‘llashdai kommunikativ muvaffaqiyasizlikka uchrash holatlari tilshunoslikning tarixiy va zamonaviy mezonlari orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mediadiskursda neologizmlarning leksik-semantik va pragmatik xususiyatlari tahlillari asosida chiqarilgan xulosa va olingan natijalardan:
tilning ijtimoiy va dinamik hodisa sifatidagi o‘zgaruvchanligi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, madaniy, maishiy, texnik, texnologik, ilmiy sohalardagi yangiliklarning lisoniy ifodalanishi, leksikadagi eskirish va yangilanish jarayonlari hamda lingvokreativlik masalalari ochib berilgan o‘rinlardan Davlat grantlari dasturlari doirasida 2022-2024-yillarga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” bo‘yicha IL-402104209 raqamli amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 1-maydagi № 01/4-1815-sonli ma’lumotnomasi). Natijada amaliy loyiha til taraqqiyoti tadqiqotlarga doir yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan. 
neologizmlarning mediadiskursda informativlik, ekspressivlik, nomlash, intellektual, baholash kabi funksiyalarni bajarishi hamda siyosiy, iqtisodiy, madaniy, maishiy sohalardagi neologizmlarning leksik-semantik xususiyatlari asoslangan hamda o‘zlashma neologizmlarning kalkalash, transkripsiyalash, transliteratsiya qilish usullari orqali qabul qilinishi va bu jarayondagi o‘ziga xosliklar, o‘zlashmalarning bevosita yoki bilvosita qabul qilinishi masalalari ingliz, rus, yapon tillari, o‘zbek va boshqa turkiy tillardan olingan misollar asosida dalillangan xulosalardan 2023-2024 yillarda Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan chet tillari institutida bajarilgan KA107/2023-2024 raqamli “Erasmus+ mobility program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan chet tillari institutining 2025-yil 28-apreldagi 933-03-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur loyiha neologizmlar va jamiyat taraqqiyoti, neologizm turlari haqidagi ma’lumotlar haqidagi ilmiy-nazariy va amaliy qarashlar kengaytirilgan. 
semantik neologizmlarning shakllanishi, so‘z ma’nosining taraqqiyoti: torayishi va kengayishi, neologizmlarning pragmatik vosita sifatidagi ekspressiv funksiyalari hamda neologizmlarni qo‘llashdai kommunikativ muvaffaqiyat-sizlikka uchrash holatlari tilshunoslikning tarixiy va zamonaviy mezonlari orqali isbotlangan natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025 yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til-millat ko‘zgusi”, “Axborot texnologiyalari va Kreativ industriya bo‘yicha ko‘rgazma” dasturlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 6-maydagi 05-09-613-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy axborot vositalari tilida paydo bo‘layotgan yangi so‘zlar va iboralar haqidagi fikrlar bilan ko‘rsatuvlarning ilmiylik, tomoshaboplik jihatlari ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish