Saydazimova Sanobar Samar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy o‘zbek qissalarida paranormal epizodlarning badiiy vazifasi”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3354
Ilmiy rahbar: Jo‘raqulov Uzoq Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc. 03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Islomjon Axmedjanovich filologiya fanlari doktori, professor; Qo‘chqorova Marhabo Xudoyberganovna filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: zamonaviy o‘zbek qissalarida “paranormal epizodlar”ning badiiy vazifasini yoritish, “paranormal epizod” poetik tafakkurning muhim komponenti ekanini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotida ilk bor “paranormal epizod” termini ilmiy istiloh sifatida ishlab chiqilib, uning lug‘aviy ma’nosi, genezisi aniqlanib, paranormal epizodlarning poetik tadriji diniy manbalar, mif, folklor, mumtoz, jadid, sovet va zamonaviy o‘zbek adabiyoti misolida ochib berilgan.
“paranormal epizodlar”ning badiiy adabiyotga kirib kelishi uchun asos bo‘ladigan uch omil: maishiy omillarining badiiylashtirilishi, ijtimoiy-psixologik omillarning adabiyot tarkibiga an’ana sifatida kirishi va yashab qolishi, paranormal hodisalarning individual-biologik omillar sifatida badiiy tafakkurga ko‘chishi dalillangan;
“Qora kitob” va “Tun panjaralari” qissalari tahlili asosida zamonaviy o‘zbek nasrida modernizm adabiy oqimi bilan “paranormal epizodlar”ning o‘ziga xos badiiy-estetik vazifa va umuminsoniy g‘oyaviy-falsafiy masalalarni aks ettirishi, shuningdek, “paranormal epizodlar”ning realistik asarlarda gumanistik g‘oyalarni, modernistik asarlarda esa shaytoniy kuchlarni targ‘ib etishi masalalari isbotlangan;
zamonaviy o‘zbek qissalaridagi “paranormal epizodlar” muallifning individual dunyoqarashi, jahon adabiyotining ta’sir doirasi, mifologik tasavvurlar va xalq og‘zaki ijodidan ilhomlanish asosida shakllanib, yangicha talqin va yondashuvlar orqali badiiy matnga kirib kelganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy o’zbek qissalarida paranormal epizodlarning badiiy vazifasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek adabiyotida ilk bor “paranormal epizod” termini ilmiy istiloh sifatida ishlab chiqilib, uning lug‘aviy ma’nosi, genezisi aniqlanib, paranormal epizodlarning poetik tadriji diniy manbalar, mif, folklor, mumtoz, jadid, sovet va zamonaviy o‘zbek adabiyoti misolida ochib berilganiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258-raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-iyuldagi 01/4-3000-son ma’lumotnomasi). Natijada, “paranormal epizodlar”ning badiiy funksiyasi va yangi ilmiy atama sifatidagi muammosiga doir ilmiy materiallar tayyorlashga asos bo‘lgan;
“paranormal epizodlar”ning badiiy adabiyotga kirib kelishi uchun asos bo‘ladigan uch omil: maishiy omillarining badiiylashtirilishi, ijtimoiy-psixologik omillarning adabiyot tarkibiga an’ana sifatida kirishi va yashab qolishi, paranormal hodisalarning individual-biologik omillar sifatida badiiy tafakkurga ko‘chishi haqidagi ilmiy natijalar va materiallaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 raqamli “Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-iyuldagi 01/4-2999-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot doirasida o‘rganilgan zamonaviy o‘zbek qissalari asosida “paranormal epizodlar” quyidagi besh toifaga: illyuzion va galyutinatsion, mistik, metafizik, psixologik, simvolistik paranormal epizodlarga ajralishi aniqlangan;
“Qora kitob” va “Tun panjaralari” qissalari tahlili asosida zamonaviy o‘zbek nasrida modernizm adabiy oqimi bilan “paranormal epizodlar”ning o‘ziga xos badiiy-estetik vazifa va umuminsoniy g‘oyaviy-falsafiy masalalarni aks ettirishi, shuningdek,
“paranormal epizodlar”ning realistik asarlarda gumanistik g‘oyalarni, modernistik asarlarda esa shaytoniy kuchlarni targ‘ib etishi haqidagi ilmiy natijalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022-raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” nomli grant loyihasida foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 27-avgustdagi 01/4-3773-son ma’lumotnomasi). Natijada, “paranormal epizodlar” o‘zbek adabiyotida muallif adabiy-estetik idealini, konsepsiyasini, badiiy niyatini, umumiy maqsadini ifodalashda muhim poetik komponent masalasiga doir materiallar bilan boyishiga xizmat qilgan;
Bugungi adabiy jarayonda epik turning muhim estetik bo‘lagi bo‘lmish qissa janrini ilmiy-nazariy tadqiq etish, zamonaviy o‘zbek qissalaridagi “paranormal epizodlar” muallifning individual dunyoqarashi, jahon adabiyotining ta’sir doirasi, mifologik tasavvurlar va xalq og‘zaki ijodidan ilhomlanish asosida shakllanib, yangicha talqin va yondashuvlar orqali badiiy matnga kirib kelganligi haqidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda ijodiy foydalanilgan. (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 07.12.23-yildagi 01-07-391-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni falsafiy jihatdan teranlashgan, zamonaviy o‘zbek nasriga xos xususiyatlar: yozuvchi badiiy-estetik konsepsiyasi, ramziy-majoziy mazmun va badiiy ifoda serqatlamligi, poetik ifoda rakurslari kabi nazariy tushunchalar hisobiga mukammallashib, ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.