Zaripova Rushana Robertovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida badiiy psixologizm”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3333.
Ilmiy rahbar:  Qahramonov Qurdosh Yalg‘ashevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti  universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 
Rasmiy opponentlar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xamrakulova Xurshida Kuvvatovna,   filologiya fanlari doktori, professor.
        Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov  nomidagi  Samarqand  davlat universiteti  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II.Tadqiqotning maqsadi: Abduqayum Yo‘ldoshev nasri misolida ijodkorning obraz yaratish mahoratini, qahramon ruhiy olamini ochishda qo‘llagan badiiy-psixologik tasvir vositalarini, ichki monolog, badiiy detal unsurlarini yaxlit o‘rganish, shuningdek, adibning so‘z qo‘llash salohiyati va uning badiiy-estetik vazifasini ochib berishdan iborat.  
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijodkorning hikoya, qissa va romanlarida obrazlar tizimi va psixologik ramzlarning tahlili orqali yozuvchining xarakter yaratish mahorati, ruhiy jarayonlarni badiiy aks ettirishdagi o‘ziga xosligi ilmiy asoslangan; 
Abduqayum Yo‘ldoshev  asarlari tahlili orqali  tashqi va ichki omillar – ijtimoiy muhit va ijodkor shaxs “men”i, dunyoqarashi hamda voqelikka estetik munosabatining qahramon ma’naviy olamini yoritishdagi ahamiyati asoslangan;
badiiy psixologizm ifodasida turli an’anaviy poetik unsurlar – portret, badiiy detal, qahramon nutqi, dialog va monologlar, peyzaj tasvirlaridan mohirlik bilan foydalanishning ahamiyati ochib berilgan;
qahramon ruhiyati tasvirida noan’anaviy ifoda vositalari – ramz va timsollar, metoforik ifoda va tush motivlaridan samarali foydalanish yozuvchi uslubiy individualligini belgilovchi omillardan biri ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida badiiy psixologizm tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
 ijodkorning hikoya, qissa va romanlarida obrazlar tizimi va psixologik ramzlarning tahlili orqali yozuvchining xarakter yaratish mahorati, ruhiy jarayonlarni badiiy aks ettirishdagi o‘ziga xosligi, yozuvchi asarlarida ruhiy kechinmalar, psixologik evrilishlar zamon va makon, davr va shaxs munosabatlari talqinida badiiy aks etishi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan IL-402104474 raqamli  “Bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish nomli innovatsion loyihasida  foydalangan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-maydagi № 01/4-1846-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy psixologizmning  ijodkor konsepsiyasi va asar badiiyatidagi o‘rniga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallari boyitilgan;
Abduqayum Yo‘ldoshev  asarlari tahlili orqali  tashqi va ichki omillar – ijtimoiy muhit va ijodkor shaxs “men”i, dunyoqarashi hamda voqelikka estetik munosabatining qahramon ma’naviy olamini yoritishdagi ahamiyati asoslangani haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan PF-201912258. “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 8-iyuldagi № 01/4-3009-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ijodkor shaxs “men”i, dunyoqarashi hamda voqelikka estetik munosabatining qahramon ma’naviy olamini yoritishdagi ahamiyatiga oid ilmiy materiallardan elektron platforma materiallari boyitilgan; 
badiiy psixologizm ifodasida turli an’anaviy poetik unsurlar – portret, badiiy detal, qahramon nutqi, dialog va monologlar, peyzaj tasvirlaridan mohirlik bilan foydalanishning ahamiyati tahlillar bilan ko‘rsatilganligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Nasr kengashi hisobot yigʻilishlarida, yosh ijodkorlar to‘garagi mahorat darslarida foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 12-dekabrdagi 01-03/810-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida badiiy psixologizm masalasiga oid ilmiy-nazariy xulosalar yosh ijodkorlarning yozuvchi asarlarini teranroq anglashlariga, tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan; 
qahramon ruhiyati tasvirida noan’anaviy ifoda vositalari – ramz va timsollar, metoforik ifoda va tush motivlaridan samarali foydalanish yozuvchi uslubiy individualligini belgilovchi omillardan biri sifatida baholanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston 1” teleradiokanali “Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar” bosh muharririyati tomonidan 2025-yilning 4-11-may kunlari efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot” hamda “O‘zbekiston umumiy uyimiz!” ko‘rsatuvlarida tadqiqotchi bilan bevosita suhbat olib borish orqali unumli foydalanildi. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 16-iyundagi № 05-09-919-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, A.Yoʻldoshev asarlarida badiiy psixologizmga oid ilmiy materiallardan mazkur ko‘rsatuvlar mazmun-mohiyati  boyitilgan va ularning ommabopligi  ta’minlangan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish