Tajbenova Saule Sarsengalievnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini shakllantirish metodikasi (ta’lim qoraqalpoq va qozoq tillarida olib boriladigan boshlang‘ich sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped1012.
Ilmiy maslahatchi: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Husniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupova Shoxidaxon Jaloliddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Xodjaev Begzod Xudoyberdievich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik, psixologik, metodik jihatlari til savodxonligiga erishishning nazariy va amaliy darajasi o‘rtasidagi sinergiyaning maqbulligini qat’iy belgilash konsepsiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni “4K” (kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya va kollaboratsiya) oʻqitish modelining taktik bilimlarni optimallash, til birliklarini rejalashtirish kabi til hodisalari bilan bog‘liq yondashuvlar va struktur-semantik, funksional, lingvistik qoidalarning maqbulligiga erishish tamoyillarining validligini hisobga olish asosida aniqlashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish mazmuni til birligi aytilganda qoidani, qoida aytilganda til birliklarini eslash, ularni faollashtirish maqsadida bajariladigan o‘quv-bilish faoliyatini yakuniy bosqich sifatida amalga oshirishga doir mantiqiy-strukturani loyihalash asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida til birliklari va qoidalarni o‘rganishning metodik tuzilmasi til birligi va qoida qay darajada o‘zlashtirilishi, tahliliy jarayonlar, lingvistik mushohada yuritish darajasida mustaqil fikrlashga erishish kabi didaktik parametrlarning til sohibida identifikasiyasi produktivligiga erishish orqali takomillashtirilgan;
ta’lim qoraqalpoq va qozoq tillarida olib boriladigan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, kommunikativ ko‘nikma va malakalar, amaliy til tajribasi bilan bog‘liq uch bosqichli metodik algoritmni ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishning pedagogik, psixologik, metodik jihatlari til savodxonligiga erishishning nazariy va amaliy darajasi o‘rtasidagi sinergiyaning maqbulligini qat’iy belgilash konsepsiyasiga ustuvorlik berish orqali aniqlashtirishiga doir taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yoʻnalishi uchun “Tárbiya isleri metodikası” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 498647-raqamli guvohnoma). Natijada o‘quvchilarda tilni ongli o‘zlashtirish, qoidalarni amaliy qo‘llay olish va nutqiy faoliyatda erkin foydalanish darajasiga erishishni ta’minlashga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni “4K” o‘qitish modelining taktik bilimlarni optimallash, til birliklarini rejalashtirish kabi til hodisalari bilan bog‘liq yondashuvlar va struktur-semantik, funksional, lingvistik qoidalarning maqbulligiga erishish tamoyillarining validligini hisobga olish asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i, 660300-raqamli guvohnoma). Natijada o‘quvchi til birligi aytilganda qoidani, qoida aytilganda esa tegishli til birligini aniqlay olishi zaruligi, grammatik kompetensiyani shakllantirishda bilim, ko‘nikma va malakalar uyg‘unligi muhim metodik talablarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish mazmuni til birligi aytilganda qoidani, qoida aytilganda til birliklarini eslash, ularni faollashtirish maqsadida bajariladigan o‘quv-bilish faoliyatini yakuniy bosqich sifatida amalga oshirishga doir mantiqiy-strukturani loyihalash asosida shakllantirishga doir taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i, 660300-raqamli guvohnoma). Natijada boshlang‘ich sinf ona tili darslarida o‘quvchilarda o‘quv-bilish faoliyatini takomillashtirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarida til birliklari va qoidalarni o‘rganishning metodik tuzilmasi til birligi va qoida qay darajada o‘zlashtirilishi, tahliliy jarayonlar, lingvistik mushohada yuritish darajasida mustaqil fikrlashga erishish kabi didaktik parametrlarning til sohibida identifikasiyasi produktivligiga erishish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 60110500 – Boshlang‘ich ta’lim yoʻnalishi uchun “Tárbiya isleri metodikası” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i, 498647-raqamli guvohnoma). Natijada qoida va til birliklari ko‘lami asosida til o‘rgatish tizimi izchil, ilmiy va amaliy jihatdan mukammallashtirilishga xizmat qilgan;
ta’lim qoraqalpoq va qozoq tillarida olib boriladigan boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi bilimlarni to‘liq o‘zlashtirish, kommunikativ ko‘nikma va malakalar, amaliy til tajribasi bilan bog‘liq uch bosqichli metodik algoritmni ishlab chiqishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiya” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 485-son buyrug‘i, 660300-raqamli guvohnoma). Natijada uch bosqichli yondashuv o‘quvchilarda til hodisalarini chuqur anglash va ularni amaliyotda samarali qo‘llashga zamin yaratishga xizmat qilgan.