Nazirov Shohjohon Sobirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Murakkab aralashmalar tarkibidagi Cu(II), Zn(II) va Ni(II) ionlarini 7-brom-2-nitrozo-1-gidroksinaftalin-3,6-disulfokislotasi yordamida spektrofotometrik aniqlash usullarini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K1025.
Ilmiy rahbar: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti huzuridagi DSc.03/31.01.2023.K/T.78.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Marat Mirzaevich, kimyo fanlari doktori, professor; Qutlimurodova Nigora Hakimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini yangi organik reagent yordamida kompleks hosil qilish reaksiyasining spektrofotometrik aniqlash usulida maqbul sharoitlarini aniqlash hamda eksperss uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yangi organik reagent BNOKS-S,S-3,6 ning molyar so‘ndirish koeffisienti va dissosilanish doimiyliklari Komar usuli bilan mos ravishda ε=2704 va Kdiss=6,71·10-8 (rK=7,17) ga tengligi isbotlangan;
Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini aniqlashning spektrofotometrik usuli uchun maqbul sharoitlari: suvli eritmada pH 4,0-6,5 oraliqdagi kuchsiz kislotali muhitlarda Buger-Lambert-Ber qonuniga bo‘ysinishi 0,5-17,5 mkg; nur yutish maksimumlarining batoxrom siljishlari ∆λ=85-110 nm gacha hamda Sendel bo‘yicha sezgirliklari 0,00092-0,0011 mkg/sm2 oraliqlarda bo‘lishi aniqlangan;
    BNOKS-S,S-3,6 reagenti bilan Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini hosil qilgan komplekslarining haqiqiy molyar so‘ndirish koeffisientlarining organik reagentga nisbatan batoxrom siljishi ε(NiR2)=50000 ε (ZnR2) = 51282 ε(CuR2) =58824 qatori bo‘yicha va hosil bo‘lgan kompleks birikmalarning barqarorlik doimiyliklari lg(NiR2)=18,87 lg(ZnR2) = 18,96lg(CuR2)=19,52 qatorida ortib borishi aniqlangan;
Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini tabiiy suvlar, standart namunalar va rudalar tarkibidan aniqlashning nisbiy standart chetlanishi Sr 2,25 % dan oshmaydigan, boshqa alternativ DavST usullariga nisbatan analitik va metrologik tavsiflari yuqori bo‘lgan uslublari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan uslublar yordamida Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini quyi aniqlanish chegaralari mkg/25,0 sm3 da: CuR2 uchun 0,196; ZnR2 uchun 0,247 va NiR2 uchun 0,249 ga teng ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Murakkab aralashmalar tarkibidagi Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini BNOKS-S,S-3,6 bilan spektrofotometrik aniqlash usullarini ishlab chiqishda olingan ilmiy natijalar asosida: 
ishlab chiqilgan murakkab aralashmalar tarkibidagi Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini BNOKS-S,S-3,6 bilan spektrofotometrik aniqlash usullari “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning texnologik suvi tarkibida o‘rganilgan metall ionlarining mikromiqdorini aniqlashda qo‘llanilgan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning 2024 yil  7 iyundagi 03-02-11/2022-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan spektrofotometrik usullar texnologik suvi tarkibidagi Cu(II), Zn va Ni(II) ionlar mikromiqdorini aniqlash imkonini bergan;
ishlab chiqilgan spektrofotometrik usullar “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning sinov laboratoriyasida Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini mikromiqdorini aniqlashda amaliyotga joriy qilingan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJ ning 2024 yil  7 iyundagi 03-02-11/2022-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan usullar texnologik suvlar tarkibidan Cu(II), Zn va Ni(II) ionlarini mikromiqdorini aniqlashda tanlab tasir etuvchanligini, sezgirligini, ekspressligini, aniqlikni oshirish hamda analitik hamda metrologik tavsiflarini yaxshilash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish