Alikabulov Shuxrat Abdumalikovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Eyilishbardoshli kompozision polimer qoplamalarini olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va ularni temir-beton konstruksiyalar va me’moriy-badiiy qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llash», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.DSc/T735.
Ilmiy maslahatchi: Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DM, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Eshqobilov Olim Xoliqulovich, texnika fanlari doktori, professor; Javliev Sirojiddin Suyunovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: eyilishbardoshli kompozision polimer qoplamalarini olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va ularni temir-beton konstruksiyalar va me’moriy-badiiy qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir-beton qurilish konstruksiyalarni ishlab chiqarishda me’moriy-badiiy beton buyumlar shakllarini va temir-beton konstruksiyalariga shakl beruvchi qoliplarning ishlash sharoitlariga o‘xshash bo‘lgan quruq va nam betonli sharoitlarda abraziv sirt yuzadagi polimer qoplamalarining edirilish qonuniyatlari, polimerlar va to‘ldiruvchilarning turiga va tabiatiga, shuningdek betonli qorishmaning bosimi va sirpanish tezligiga bog‘liqligi aniqlangan;
temir kukuni bilan modifikatsiyalangan polimer qoplamalarning nam muhitdagi edirilishi sirpanish tezligi va bosimning keng oraliqlarida korrozion-mexanik tabiatga ega ekanligi, quruq muhitda esa qoplama yuzasini edirilishining asosiy turi abraziv ekanligi asoslangan;
polimerlar va to‘ldiruvchilarning turi va tabiati, ularning tuzilishi va miqdorining polimer qoplamalar sirt yuzasini edirilishiga ta’siri aniqlangan;
kompozision polimer materiallarning eyilishbardoshliligi va fizik-mexanik xususiyatlari ularning tarkibiga grafit, qurum, uglerodli tola, sement, temir kukuni, shisha tola kabi to‘ldiruvchilarni kiritish bilan ortishi va ftoroplast, polietilen, tal`k va kaolin kabi to‘ldiruvchilarni kiritish bilan kamayishi asoslangan;
qoplamalarning edirilishi, ularning fizik-mexanik xususiyatlariga, shuningdek betonli qorishmaning texnologik holatiga bog‘liqligi aniqlangan;
edirilishning abraziv tabiati natijasida kompozisiyaning mustahkamlik xususiyatlari va epoksid kompozisiyalarning eyilishbardoshliligi, ularning qattiqligini oshishi bilan oshib, nam muhitdagi korrozion-mexanik tabiatning ta’siri kompozision polimer qoplamalarni sirt yuzasining buzilishiga olib kelishi isbotlangan;
ul`tratovushli modifikatsiyalash orqali kompozision termoreaktiv epoksidli polimer materiallarning eyilishbardoshliligi va fizik-mexanik xususiyatlarini hamda mos ravishda quruq va nam muhitda beton bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi qoplamalarning umrboqiyligini sezilarli darajada oshirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eyilishbardoshli kompozision polimer qoplamalarini olishning samarali texnologiyasini ishlab chiqish va ularni temir-beton konstruksiyalar va me’moriy-badiiy qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qurilish va texnik xususiyatlari yaxshilangan mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida ichi bo‘sh temir-beton plita va beton mahsulotlarini olish maqsadida kompozision polimer qoplamalarni olishning o‘ziga xos resurstejamkor samarali texnologiyasi «CENTRON» MChJ ga qarashli Jizzax temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodida amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2025 yil 29 oktyabrdagi 02/15-3521-son ma’lumotnomasi). Natijada, ichi bo‘sh temir-beton plita va beton mahsulotlarini olish uchun ishlatiladigan yangi olingan eyilishbardoshli kompozision polimer qoplamalarning fizik-mexanik va texnologik xususiyatlari yaxshilanib, qoplamalarning samaradorligi, ishlash qobiliyati va chidamliligini 2,2-2,5 baravar oshirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyo va sanoat chiqindilari asosida ishlab chiqilgan yangi eyilishbardoshli kompozision polimer qoplamalarning samarali tarkiblari «CENTRON» MChJ ga qarashli Jizzax temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodida temir-beton buyumlar asboblarini ishchi sirt yuzalariga eyilishbardoshli qoplama sifatida amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2025 yil 29 oktyabrdagi 02/15-3521-son ma’lumotnomasi). Natijada, ul`tratovush bilan ishlov berilgan kompozisiyalarning po‘latga adgezion mustahkamligi 50-60% va qattiqligini esa 1,3-1,5 marta oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan yuqori adgezion mustahkamlikka, elastiklikka, edirilishga chidamli optimal tarkibdagi kompozision polimer qoplamalar «CENTRON» MChJ ga qarashli Jizzax temir-beton buyumlari ishlab chiqarish zavodida amaliyotga joriy etilgan («O`zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasi»ning 2025 yil 29 oktyabrdagi 02/15-3521-son ma’lumotnomasi). Natijada, me’moriy-badiiy buyumlar va temir-beton konstruksiyalar qoliplarida qo‘llaniladigan eyilishga chidamli kompozision polimer qoplamalarning eyilishbardoshliligini ul’tratovush bilan modifikatsiyalanmagan va hozirda qo‘llanilayotgan «Emul’sol» qoplamasiga nisbatan 2,0-2,2 baravar oshirish imkonini bergan.