Xodjaeva Nozigul Panjievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vicia faba L. turiga mansub xorijiy kolleksiya namunalarining ayrim fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini baholash», 03.00.07 - O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi  (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1477.
Ilmiy rahbar: Fayziev Voxid Baxramovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi PhD.03/27.09.2024.B.82.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbanbaev Ilxam Djumanazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Kadirova Dilbar Normuminovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Vicia faba L. o‘simligining xorijiy kolleksiya o‘simliklarini fiziologik, biokimyoviy va morfoxo‘jalik belgi-xususiyatlarini baholash asosida hosildor, sho‘rga chidamli, oqsil miqdori yuqori bo‘lgan namunalarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyati sharoitida Faba loviya namunalarining o‘suv fazalarida suv rejimi, fotosintetik pigmentlar miqdori turlicha bo‘lishi genotip hamda tashqi muhit omillariga bog‘liq holda o‘zgarishi asoslangan; 
Vicia faba loviya namunalari urug‘i tarkibidagi umumiy oqsil miqdori tahlil qilingan hamda turli namunalarda umumiy oqsil miqdori nisbati turlicha ekanligi isbotlangan;
Faba loviya urug‘larining unuvchanligi ENTRY-22, ENTRY-40, ENTRY-41, ENTRY-55, ENTRY-56, ENTRY-62 namunalari kuchli sho‘rga chidamli ekanligi aniqlangan;
fiziologik belgilaridan «xlorofill “a”» bilan «karotinoidlar miqdori» o‘rtasida ijobiy (r=+0,9518), «umumiy xlorofill miqdori» bilan «karotinoidlar miqdori» o‘rtasida kuchli ijobiy (r=+0,8540), morfoxo‘jalik belgilaridan «1000 dona urug‘ vazni» bilan «dukkak uzunligi» o‘rtasida kuchli ishonchli ijobiy korrelyasiya (r=+0,9165) korrelyativ bog‘lanish mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Vicia faba L. turiga mansub xorijiy kolleksiya namunalarining ayrim fiziologik va biokimyoviy xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Vicia faba L. namunalarini Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti kolleksiyaga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-02/875-son ma’lumotnomasi). Natijada, kolleksiya fondini boyitish, seleksiya va genetik ilmiy tadqiqot ishlarida hosildorlik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari bilan bog‘langan holda birlamchi materiallar tanlab olish hamda elektron bazasi axborot-tahlil tizimini shakllantirish imkonini bergan;
Vicia faba L. turiga mansub xorijiy namunalari Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti kolleksiyasiga taqdim etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 27 avgustdagi 05/06-02/875 son ma’lumotnomasi). Natijada, Faba loviya o‘simligini yuqori ko‘rsatkichli xorijiy kolleksiya namunalari institutning genofondini boyitish bilan bir qatorda, “Qishloq xo‘jaligi, biotexnologiya, ekologiya va atrof muhit muhofazasi” ustuvor yo‘nalishidagi fundamental va amaliy loyihalarida boshlang‘ich ashyo sifatida jalb etish imkonini bergan;
Faba loviyasining fiziologik, biokimyoviy va morfoxo‘jalik belgi va xususiyatlari yuqori bo‘lgan ENTRY-1, ENTRY-19, ENTRY-22, ENTRY-29, ENTRY-35, ENTRY-40, ENTRY-41, ENTRY-62, Bakla UNV-851 va Bakla UNV-852 namunalari mamlakatimizning turli qurg‘oqchil mintaqalarida foydalanilgan (Qurg‘oqchil mintaqalarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari xalqaro markazi (IKARDA)ning 2025 yil 04 iyuldagi 1821-son ma’lumotnomasi). Natijada, Faba loviya namunalaridan foydalanilganligi hamda olingan natijalar kelgusi loviya seleksiyasida tadqiqotlar olib borish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish