Qurbonov Behzod Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dvigatel taqsimlash vali kulachok – turtgich juftligi eyilishbardoshligini tadqiq qilish uslubiyatini ishlab chiqish”, 05.02.02 – “Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3181.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Irgashev Amirqul Irgashevich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Azamat Xayitovich, texnika fanlari doktori, professor; Po‘latov Toxirjon Rustambekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtotraktor ichki yonuv dvigateli gaz taqsimlash vali kulachogini eyilishbardoshlikka sinashni tezlashtirish imkonini beruvchi uslubiyatni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gaz taqsimlash vali kulachok profillari va turtgich gilzasidan iborat bo‘lgan ishqalanish juftligining eyilishbardoshligiga taʼsir ko‘rsatuvchi, ular o‘rtasidagi tutashuv dog‘ining kengligini va maydonini tutashuv yuklamasiga bog‘liqligini hisoblash imkonini beruvchi analitik bog‘lanishlar keltirib chiqarilgan;
kulachok profilining ishlatish davrida sodir bo‘ladigan eyilish jarayolari abraziv zarrachalar ishtirokida va ularning ishtirokisiz sodir bo‘lib, moy tarkibida abraziv zarrachalar bo‘lmaganda, eyilish faqat ishqalanish sirtlari g‘adir-budurliklarining o‘zaro taʼsiri orqali sodir bo‘lishi ko‘rsatilgan;
kiritish va chiqarish kulachoklari profili ishqalanish sirtining muvozanatlashgan g‘adir-budurligini klapan prujinasini deformatsiyalovchi kuchga, kulachok va turtgich juftligidagi tutashuv kengligiga va maydoniga nisbatan o‘zgarish qonuniyatlari aniqlangan;
Kulachok profili va kulachok profilining egrilik radiusi asosida yasalgan namunalarning eyilish tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi regression model ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dvigatel taqsimlash vali kulachok – turtgich juftligining eyilishbardoshligini tadqiq etish uslubiyatini ishlab chiqish va tadbiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtotraktor ichki yonuv dvigateli gaz taqsimlash vali kulachoklarini eyilishbardoshlikka sinashni tezlashtirish imkonini beruvchi uslubyatni “O‘ZAGROSERVIS” AJ ga qarashli “Surxondaryo Agroservis MTP” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘ZAGROSERVIS” AJ 2023 yil 4 dekabrdagi 09-03/102-1180 son ma’lumotnomasi). Natijada kulachok profilini eyilishga sinash namunalarda olib borilishi bir juft namunalarni sinashdagi ish hajmini 287,4 martaga tezlashtirish imkonini bergan;
dvigateli gaz taqsimlash vali kulachoklarini eyilishbardoshlikka sinash ishlari olib borildi. “Surxondaryo Agroservis MTP” MChJ da amaliyotga joriy qilingan (“O‘ZAGROSERVIS” AJ 2023 yil 4 dekabrdagi 09-03/102-1180 son ma’lumotnomasi). Natijada tashxislash va 2-TXK o‘tkazish, dvigatelda olib borilganda 250 soatni, sinash namunalarda olib borilganda esa ushbu hajmdagi sinov ishlarini bajarish uchun 32,7 soat sarflanishi hisobiga sinov muddatini 7,65 martaga qisqatirish imkonini bergan;
Kulachok profili va turtgich gilzasi orasidagi tutashuv dog‘i maydoni, sirt mikrogeometriyasi hamda moydagi abraziv zarrachalar konsentratsiyasiga asoslangan eyilish tezligini prognozlash mezonlari “Surxondaryo Agroservis MTP” MChJda amaliyotga joriy qilingan (“O‘ZAGROSERVIS” AJ 2023 yil 4 dekabrdagi 09-03/102-1180-son ma’lumotnomasi). Natijada kulachoklarni baholash va qayta tiklash bo‘yicha qaror qabul qilish aniqligi oshirilib, qayta tiklangan kulachoklarning takroriy eyilish tezligini 18–22 % ga kamaytirish imkonini bergan;
Tadqiqotdan kelib chiqqan texnologik tavsiyalar va sinov-diagnostik uslubiyatlar “Surxondaryo Agroservis MTP” MChJning texnik xizmat ko‘rsatish amaliyotiga tizimli tatbiq etildi (“O‘ZAGROSERVIS” AJ 2023 yil 4 dekabrdagi 09-03/102-1180 son ma’lumotnomasi). Natijada kutilayotgan yillik iqtisodiy samara 139 344 000 (bir yuz o‘ttiz to‘qqiz million uch yuz qirq to‘rt ming) so‘mni tashkil etgan.