Chorshanbiev Shuxrat Maxmatmurodovichning 
texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “110G13L markali modifikatsiyalangan po‘latdan yuqori mustahkamlikka ega detallar olishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (Quymachilik va metallarga ishlov berish yo‘nalishi bo‘yicha)” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/T669 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent  davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.03.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Norxudjaev F.R., texnika fanlari doktori, professor; Berdiyorov B.T., texnika fanlari doktori, dotsent.,  Xolikulov U.M. texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti..
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 110G13L markali po‘lat qotishmasidan yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan detallar olishni ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ekskavator tishlarini quyma usulida olishda qo‘llaniladigan 110G13L markali po‘latlarni ferrovanadiy bilan modifikasiyalash texnologiyasi modifikatorlarning eyilishbardoshlikga ta’sir qilish  darajasiga ko‘ra ishlab chiqilgan;
 katta hajmdagi konusli maydalagichni quyma usulida olishda qo‘llaniladigan 110G13L markali po‘latlarni kompleks modifikator bilan ishlov berish texnologiyasi modifikatorlarning qotishma qattiqligiga ta’sir qilish darajasiga ko‘ra ishlab chiqilgan;
110G13L markali modifikasiyalangan po‘latdan yuqori mustahkamlikka ega detallar olishning nazariy asoslari metall yuzasida hosil bo‘ladigan karbidlarning haroratga bog‘liq ravishda joylashish qonuniyatiga tayanib ishlab chiqilgan;
110G13L markali modifikasiyalangan po‘latdan quyma usulda olingan katta hajmdagi konusli maydalagichni suv muhitida toblash texnologiyasi konusli maydalagichni  toblangan qatlamining chuqurligi toblash rejimining ta’sir darajasi asosida ishlab chiqilgan;
110G13L markali modifikasiyalangan po‘latdan yuqori mustahkamlikka ega detallar olishda termodinamik jarayonlarni GESs qonuni asosida ishlab chiqilgan;
110G13L markali modifikasiyalangan po‘latdan quyma usulda olingandan ekskavator tishlari qismlarini suv muhitida toblash texnologiyasi  toblashda hosil bo‘ladigan yuzaning qattiqligiga bogʻliq ravishda o‘zgarishining dinamikasi asosida ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 110G13L markali modifikatsiyalash po‘latdan olinayotgan detallarning ekspluatatsion xossalarini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish uchun olib borilgan tadqiqotlar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ekskavator tishlarini quyma usulida olishda qo‘llaniladigan 110G13L markali po‘latlarni ferrovanadiy bilan modifikatsiyalash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi” ga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 16 fevraldagi 02 – 24/01 – 0208 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida metallarning eyilishbardoshligi 12 – 14% ga oshgan; 
katta hajmdagi konusli maydalagichni konusli broni quyma usulida olishda qo‘llaniladigan 110G13L markali po‘latlarni kompleks modifikator bilan ishlov berish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi”ga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 16 fevraldagi 02 – 24/01 – 0208 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida metallarning qattiqligi 7 – 8 % ga oshgan; 
110G13L markali modifikatsiyalash po‘latdan olingan ekskavator tishlariga ishlov berish texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi”ga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 16 fevraldagi 02 – 24/01 – 0208 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida ekskavator tishlarining xizmat muddati 1800 soatdan 2500 soatgacha oshgan;   
110G13L markali modifikatsiyalash po‘latdan quyma usulda olingan katta hajmdagi konusli maydalagichni konusli broni suv muhitida toblash texnologiyasi “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi”ga  joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 16 fevraldagi 02 – 24/01 – 0208 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida konusli maydalagichni konusli broning  toblangan qatlamining chuqurligi 3 – 4 %  ga oshgan;  
            110G13L markali modifikatsiyalash po‘latdan quyma usulda olingandan ekskavator tishlari qismlarini suv muhitida toblash texnologiyasi  “Olmaliq KMK” AJ qoshidagi “Markaziy ta’mirlash mexanika zavodi”ga  joriy  qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 16 fevraldagi 02 – 24/01 – 0208 – son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida detallarning qattiqligi 1,2 – 1,4 martaga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish