Murodov Boburjon Xakimjon O‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Energiya saqlagichlarga ega bo‘lgan elektr energetika tizimlarining holatlarini optimallashtirish”, 05.05.02 – “Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4462
Ilmiy rahbar: Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Muzaffar Burxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Abdurashid To‘xtasinovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” milliy ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida energiya saqlash vositalari mavjud bo‘lgan elektr energetika tizimlari va tarmoqlarining holatlarini holat va texnologik cheklovlarni hisobga olib optimallashtirishning samarali modellari, usul va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elektr tarmoqlarining holatlarini energiya saqlagichlarni rostlash imkoniyatlarini hisobga olish asosida optimallashtirish masalasining matematik modeli va uni maqsad funksiyasi gradientining yangi tashkil etuvchisini kiritish orqali echish algoritmi ishlab chiqilgan;
elektr tarmoqlarida energiya saqlagichlarning optimal o‘rnatilish joylarini umumiy isroflarning minimalligini ta’minlash mezoni bo‘yicha aniqlashning quvvat isrofi hosilalaridan foydalanish asosida hisoblash jarayonlarini keskin engillashtiruvchi usuli taklif etilgan;
elektr energetika tizimlarining holatlarini iqtisodiylik, ishonchlilik va elektr energiyasining sifatini ta’minlash mezonlari bo‘yicha optimallashtirishning ular tarkibidagi energiya saqlagichlar quvvatlarini rostlash hisobiga qo‘shimcha samaradorlikka erishish imkonini beruvchi matematik modeli va uni echish usuli ishlab chiqilgan;
energiya saqlash vositalariga ega bo‘lgan elektr energetika tizimlarining holatlarini ko‘p ekstremumlilik va noaniqlik sharoitlarida hamda operativ boshqarish maqsadlarida optimallashtirish imkonini beruvchi usullar neyron tarmoqlari arxitekturasini genetik algoritmlar asosida takomillashtirib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Energiya saqlagichlarga ega bo‘lgan elektr energetika tizimlarining holatlarini optimallashtirish masalasining matematik modellari va uni echish usullari hamda algoritmlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
elektr tarmoqlarining holatlarini energiya saqlagichlarning rostlash imkoniyatlarini hisobga olish asosida optimallashtirish masalasining matematik modeli va uni echish usuli O‘zbekiston Respublikasi elektr energetika tizimining sutkalik holatini energiya saqlagichlarning rostlash imkoniyatlari hamda boshqa holat va texnologik chegaraviy shartlarni hisobga olib optimallashtirish uchun joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 20 martdagi 02-13/513 - son ma’lumotnomasi). Natijada, issiqlik elektr stansiyalarida shartli yoqilg‘i sarfini 0,15 g/kVt.soatga yoki 0,15% ga kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
elektr tarmoqlarida energiya saqlagichlarni optimal o‘rnatilish joylarini umumiy energiya isrofining minimalligini ta’minlash asosida aniqlashning quvvat isrofi hosilalaridan foydalanuvchi yangi usuli “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning Markaziy qismida sutkalik holatni optimal joylashsish o‘rinlari Toshkent, Chirchik, Adolat va Oxangaron podstansiyalariga mos keluvchi akkumulyator bataeryalarining rostlash imkoniyalarini hisobga olib rejalashtirish uchun joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 20 martdagi 02-13/513 - son ma’lumotnomasi). Natijada, bu sutkalik elektr energiya isrofini 1,46 MVt.soatga yoki 0,72% ga kamaytirish imkonini bergan.
tarkibida energiya saqlagichlar mavjud bo‘lgan elektr energetika tizimlarining holatlarini iqtisodiylik, ishonchlilik va elektr energiyasining sifatini ta’minlash mezonlari asosida optimal rejalashtirish masalasining matematik modeli va usuli Issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg‘i sarfi bilan bog‘liq xarajatlarni energiya saqlagichlarning optimal zaryad – razryad ish rejimlarini ta’minlash orqali minimallashtirishga joriy qilingan (“Issiqlik elektr stansiyalari” AJning 2025 yil 20 martdagi 02-13/513 - son ma’lumotnomasi). Natijada qishki mavsumning bir oyi davomida erishiluvchi iqtisodiy samara 384 483 750 (uch yuz sakson to‘rt million to‘qqiz yuz sakson uch ming etti yuz ellik) so‘mni tashkil etgan.