Umarova Barno Akbutaevnaning 
falsafa doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fuqarolik protsessida jamiyat va davlat manfaatlariga daxldor ishlarda prokuror ishtirokining nazariy va amaliy masalalari”, “12.00.04–Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Yu288
Ilmiy maslahatchi: Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01. 
Rasmiy opponentlar: – yu.f.d., professor Habibullaev Davlatjon Yulchiboevich, yu.f.d., professor Raximov Faxri Xaydarovich, yu.f.d., professor (DSc) Raximov Doniyor Baxtiyorovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi fuqarolik sud ishlarini yuritishda jamiyat va davlat manfaatlariga daxldor ishlarda prokuror ishtirokining nazariy va amaliy masalalariga qaratilgan nazariy xulosalar va qonunchilikni rivojlantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prokuratura organlarining sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishidagi asosiy vazifalari qonunda belgilangan vakolatlar orqali sud hujjatlarining qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishiga erishishdan hamda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini samarali himoya qilishda fuqarolik protsessual qonunchilikda prokurorning jamiyat va davlat manfaatlariga daxldor ishlarda (erga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog‘liq, ekologiya va atrof-muhitga etkazilgan zararlarni undirish) ishtirok etishi zarurligi asoslantirilgan;
prokurorning fuqarolik protsessual huquqida ishtirokchi sifatida maqomi, uning protsessda ishtirok etish shakllari, turlari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishda ishtirokiga oid nazariy xulosalari fuqarolik protsessual huquqi darsligida asoslantirilgan;
apellyasiya instansiyasida prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjati ustidan apellyasiya protesti keltirishga haqli ekanligi haqida asoslantirilgan;
prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha taftish tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan o‘z vakolatlari doirasida ishni talab qilib olishga haqli ekanligi asoslantirilgan;
davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarning ko‘rilishida prokuror qonunchilik talablari buzilishi bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan dalolatnoma tuzilganligi, vakolatli organlar tomonidan qonun buzilishi holatlarini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berilganligi, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligi, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish zaruriyati mavjudligi, huquqbuzarlik (qonun buzilishi) sodir etilganligini tasdiqlovchi hujjat (qaror, bayonnoma va h.k.) mavjudligiga alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar yoritib berilgan;
davlat mulki, davlatga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq ishlarning ko‘rilishida prokuror ishtiroki, ishda zararning miqdori va xususiyati to‘g‘risidagi hujjatlarning, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish zaruriyati mavjudligi, etkazilgan zarar miqdorini aniqlash uni undirish haqidagi qaror chiqarilayotgan vaqtdagi qiymatini inobatga olish  zarurligi, xatlangan mol-mulkning o‘zlashtirilganligi, rastrata  qilinganligi, yashirilganligi, nobud qilinganligi yoki  shikastlanganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu mol-mulk  ishonib  topshirilgan  shaxsni  qonunda belgilangan  javobgarlikka tortish  masalasi ko‘rilganligi, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha manfaatdor davlat idoralari va tashkilotlarning vakillari sud protsessiga jalb qilinishi, davlatga etkazilgan zarar qoplanmagan hollarda sudlar fuqaroviy da’vodan voz kechish  haqidagi arizani qabul qilishga haqli emasligiga haqidagi takliflari asoslantirilgan.  
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Fuqarolik protsessida jamiyat va davlat manfaatlariga daxldor ishlarda prokuror ishtirokining nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha olingan xulosa, taklif va tavsiyalar asosida:
prokuratura organlarining sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishidagi asosiy vazifalari qonunda belgilangan vakolatlar orqali sud hujjatlarining qonuniy, asosli va adolatli bo‘lishiga erishishdan hamda qonuniylikni mustahkamlash, qonun ustuvorligini, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini samarali himoya qilishda fuqarolik protsessual qonunchilikda prokurorning jamiyat va davlat manfaatlariga daxldor ishlarda (erga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog‘liq, ekologiya va atrof-muhitga etkazilgan zararlarni undirish) ishtirok etishi zarurligi haqidagi takliflari 2024 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-968-sonli Qonunini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 10 fevraldagi 27/2-20-25 dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi prokuratura organlarining odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashish borasidagi faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini to‘laqonli himoya qilishga, shuningdek sudlarda ishlarni muhokama qilishda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qilgan;
prokurorning fuqarolik protsessual huquqida ishtirokchi sifatida maqomi, uning protsessda ishtirok etish shakllari, turlari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishda ishtirokiga oid nazariy xulosalari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi tomonidan tayyorlangan “Fuqarolik protsessual huquqi” nomli darslikni 5-bobini (Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Kengashining 2025 yil 4 apreldagi 14-sonli majlis bayonnomasi qarori) tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 27 iyundagi dalolatnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalarning inobatga olinishi prokurorning protsessual maqomi, protsess ishtirokchilari bilan o‘zaro munosabati, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishda tutgan o‘rni haqida bo‘lajak huquqshunoslarning malakasi va ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilib kelmoqda; 
apellyasiya instansiyasida prokuror, yuqori turuvchi prokuror prokurorning ishtirokida ko‘rilgan ish bo‘yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ish bo‘yicha birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan sud hujjati ustidan apellyasiya protesti keltirishga haqli ekanligi haqidagi taklifi 2024 yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘RQ-968-sonli Qonunini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 10 fevraldagi 27/2-20-25 dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi qonuniy kuchga kirmagan birinchi instansiya sudlarining qarorlarini apellyasiya muddatida o‘rganib chiqish va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish orqali fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan;
prokuror ishtirokida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha yoxud qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo‘lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha taftish tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun tegishli suddan o‘z vakolatlari doirasida ishni talab qilib olishga haqli ekanligi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksining 4194, 4198, 41914 – moddalarini takomillashtirishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2024 yil 26 dekabrdagi 27/2-374-24-dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy etilishi sud muhokamasida prokuror ishtirokining samaradorligini oshirishga, tashkiliy-huquqiy tartibga solishga, fuqarolik ishlarining qonuniy, asosli va adolatli hal etilishiga xizmat qilgan;
davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida erga oid huquqiy munosabatlar bilan bog‘liq ishlarning ko‘rilishida prokuror qonunchilik talablari buzilishi bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan dalolatnoma tuzilganligi, vakolatli organlar tomonidan qonun buzilishi holatlarini ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berilganligi, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligi, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish zaruriyati mavjudligi, huquqbuzarlik (qonun buzilishi) sodir etilganligini tasdiqlovchi hujjat (qaror, bayonnoma va h.k.) mavjudligiga alohida e’tibor qaratilishi haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror ishtirokining samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 124-sonli buyrug‘iga 2024 yil 14 noyabrda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda to‘g‘risidagi buyrug‘ini takomillashtirishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 02 dekabrdagi 7/17-28-25-dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokurorning jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish orqali odil sudlov faoliyatini ta’minlashga xizmat qilgan;    
davlat mulki, davlatga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash bilan bog‘liq ishlarning ko‘rilishida prokuror ishtiroki, ishda zararning miqdori va xususiyati to‘g‘risidagi hujjatlarning, da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish zaruriyati mavjudligi, etkazilgan zarar miqdorini aniqlash uni undirish haqidagi qaror chiqarilayotgan vaqtdagi qiymatini inobatga olish  zarurligi, xatlangan mol-mulkning o‘zlashtirilganligi, rastrata  qilinganligi, yashirilganligi, nobud qilinganligi yoki  shikastlanganligi holatlari aniqlangan taqdirda, ushbu mol-mulk  ishonib  topshirilgan  shaxsni  qonunda belgilangan  javobgarlikka tortish  masalasi ko‘rilganligi, ushbu toifadagi ishlar bo‘yicha manfaatdor davlat idoralari va tashkilotlarning vakillari sud protsessiga jalb qilinishi, davlatga etkazilgan zarar qoplanmagan hollarda sudlar fuqaroviy da’vodan voz kechish  haqidagi arizani qabul qilishga haqli emasligiga haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining “Sudlarda fuqarolik ishlari ko‘rilishida prokuror ishtirokining samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi 124-sonli buyrug‘iga 2024 yil 14 noyabrda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishda to‘g‘risidagi buyrug‘ini takomillashtirishda inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 2025 yil 02 dekabrdagi 7/17-28-25-dalolatnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi davlat mulki, davlatga etkazilgan zararni qoplash prokurorning jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishda ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi va uning faoliyati samaradorligini baholashga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish