Salimov Sayyodjon Said o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: O‘zbekistonda parlament saylov tizimining shakllanishi va rivojlanish tarixi  (1991-2019-yy), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar708.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Pasilov Baxodir Abdullaevich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Davletov Sanjar Rajabovich, tarix fanlari doktori, professor; Xo‘jamuratov Umarjon Rustamovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda parlament saylovlarining shakllanish va rivojlanish tarixini (1991-2019-yillar misolida) ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Sovet davridagi O‘zbekiston SSR Oliy Kengashiga saylovlar rasmiyatchilik va soxtakorlikka asoslangan siyosiy vosita sifatida tahlil qilinib, ularning demokratiyadan yiroqligi dalillar asosida ochib berilgan;
O‘zbekiston Respublikasida bir palatali parlamentning shakllanishidagi saylovlar jamiyatni ilk bor haqqoniy demokratik tizimga o‘tkazishi natijasida saylov tizimida transformatsion jarayonlar yuz berishi, ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlar tashkil etilib, saylov qonunchiligining mustahkamlanishi, saylovlarning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarining takomillashuvi ilmiy jihatdan isbotlangan; 
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tizimiga o‘tish sharoitida Qonunchilik palatasiga va Senatni shakllantirish saylovlarining tashkil etilishi, ularni professional parlamentga aylantirish maqsadida saylov qonunchiligini mukamallashtirilishi, parlament palatalarining biriga barcha deputatlar umumxalq ovoz berish yo‘li orqali saylanishlarini ta’minlanishi masalalarining ijobiy tomonlari isbotlangan hamda ushbu amaliyotlarni joriy qilishda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar tahlil qilingan;
Mustaqillikning ilk davrida O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyati qonuniy asosga ega bo‘lishi, ammo ular xalqning katta qismini o‘z orqasidan ergashtira olmaganligi, jamiyatning asosiy ijtimoiy guruhlari bilan mustahkam aloqalarga ega emasligi, 2000-yillardan boshlab esa yangi siyosiy partiyalarning tashkil topishi kechayotgan demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlariga mutanosib ravishda ta’sir ko‘rsatishi hamda ular o‘zlarining harakat dasturlaridan kelib chiqqan holda aholining manfaatini ifoda etishi kabi qator omillarning tarixiy ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekistonda parlament saylov tizimining shakllanishi va rivojlanish tarixi (1991 – 2019-yy.)” mavzusi bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Sovet davridagi O‘zbekiston SSR Oliy Kengashiga saylovlar rasmiyatchilik va soxtakorlikka asoslangan siyosiy vosita sifatida tahlil qilinib, ularning demokratiyadan yiroqligi dalillar asosida ochib berilgan. Tadqiqot ishidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarda, xususan, turli xildagi o‘quv mashg‘ulotlarida foydalanilishini inobatga olib amaliyotda qo‘llanildi (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2024-yil 29-fevraldagi tartib raqami №168/3 bo‘lgan ma’lumotnomasi); 
O‘zbekiston Respublikasida bir palatali parlamentning shakllanishidagi saylovlar jamiyatni ilk bor haqqoniy demokratik tizimga o‘tkazishi natijasida saylov tizimida transformatsion jarayonlar yuz berishi, ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlar tashkil etilib, saylov qonunchiligining mustahkamlanishi, saylovlarning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarining takomillashuvi ilmiy jihatdan isbotlangan. Shundan kelib chiqib tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda, xususan, ushbu takliflar saylovoldi o‘quv jarayonlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishda yordam berishini inobatga olib amaliyotda qo‘llanildi (O‘zbekiston  Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2024-yil 29-fevraldagi №168/3 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishi navbatdagi saylov jarayonlarini shaffof tarzda o‘tishida muhim manba bo‘lib xizmat qildi;  
O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tizimiga o‘tish sharoitida Qonunchilik palatasiga va Senatni shakllantirish saylovlarining tashkil etilishi, ularni professional parlamentga aylantirish maqsadida saylov qonunchiligini mukamallashtirilishi, parlament palatalarining biriga barcha deputatlar umumxalq ovoz berish yo‘li orqali saylanishlarini ta’minlanishi masalalarining ijobiy tomonlari isbotlangan hamda ushbu amaliyotlarni joriy qilishda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar tahlil qilingan. Tadqiqotchi tomonidan bildirilgan xulosa va takliflar O‘zbekiston “Adolat” sotisal-demokratik partiyasining ish rejasiga kiritilgan tadbirlarni amalga oshirishda o‘ziga xos manba vazifasini o‘tadi (O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy kengashining 2025-yil 4-avgust kungi № 01-05/209 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot ishidan ko‘pgina siyosiy partiyalarning saylovlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritishida manba sifatida foydalanildi.;
Mustaqillikning ilk davrida O‘zbekistonda siyosiy partiyalar faoliyati qonuniy asosga ega bo‘lishi, ammo ular xalqning katta qismini o‘z orqasidan ergashtira olmaganligi, jamiyatning asosiy ijtimoiy guruhlari bilan mustahkam aloqalarga ega emasligi, 2000-yillardan boshlab esa yangi siyosiy partiyalarning tashkil topishi kechayotgan demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlariga mutanosib ravishda ta’sir ko‘rsatishi hamda ular o‘zlarining harakat dasturlaridan kelib chiqqan holda aholining manfaatini ifoda etishi kabi qator omillarning tarixiy ahamiyati isbotlangan. Ushbu ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2024-yil sentyabr-oktaybr efirga uzatilgan “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” ma’muriyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Parlament vaqti” dasturlari senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-oktyabrdagi 04-36-1111-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarda saylov  madaniyatini shakllanishi va rivojlanishiga imkon bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish