Parpiev Muxammadjon Tolibovichning 
falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Renessans fenomenining ijtimoiy-falsafiy mohiyati”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Fal179
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06. raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Egamberdiev Azizbek Abdumalikovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, professor Nazarov Qiyomiddin Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor Xakimov Nazar Xakimovich, pedagogika fanlari doktori Zamilova Rimma Ramilevna.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo, Evropa, Amerika, Xitoy, Hindiston va Yaponiya misolida global uyg‘onish (renessans) jarayonlarini o‘zaro taqqoslash orqali renessans fenomenining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Markaziy Osiyodagi Ilk va Ikkinchi uyg‘onish davrlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida ularning ilm-fan, madaniyat va davlatchilik tizimidagi sivilizatsion o‘rni o‘rganilib, ushbu tahlil orqali uyg‘onish jarayonlarining Sharq tafakkuriga xos metodologik ustunliklari va ularning zamonaviy renessans modellari uchun asos sifatida qaralishi ilk bor ochib berilgan;
Evropa Renessansi, Meydzi inqilobi va Amerika uyg‘onishi misolida milliy tiklanish jarayonlari o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik ilk bor modernizatsiya kategoriyasida taqqoslama tahlil orqali modernizatsiyaning falsafiy tipologiyasi va milliy suverenitetni tiklashdagi rolini ifodalovchi yangi nazariyalarni kategorial-qiyosiy diagnostikalash asosida aniqlashtirilgan;
Arab, Hind va zamonaviy Xitoy uyg‘onish harakatlarining ilmiy-ma’rifiy va madaniy rivojlanish strategiyalari, kontekstual yondashuv asosida tizimlashtirilishi orqali, mahalliy anʼanalar va G‘arb ma’rifatparvarligi o‘rtasidagi falsafiy muvozanatning transformatsiyalashuv dinamikasiga ustuvorlik berishi aniqlangan;
global sivilizatsion muloqot jarayonida renessans hodisasining integrativ rolini ifodalovchi nazariy modeli jahon tafakkuri rivojlanish tarixida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi falsafiy almashinuvlarini tizimlashtirish jarayonlariga uyg‘onish davri allomalar merosi, ilmiy va falsafiy g‘oyalar o‘rtasidagi dialektik ta’sir mexanizmlarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
Yangi O‘zbekistonda uchinchi Renessansni amalga oshirish istiqbollari, uyg‘onish davri tajribalaridan ijtimoiy, mafkuraviy va strategik xulosalar chiqarish asosida milliy rivojlanish konsepsiyasi uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Renessans fenomenining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Osiyodagi Ilk va Ikkinchi uyg‘onish davrlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida ularning ilm-fan, madaniyat va davlatchilik tizimidagi sivilizatsion o‘rni ilk bor ochib berilgan. Ushbu tahlil orqali uyg‘onish jarayonlarining Sharq tafakkuriga xos metodologik ustunliklari va ularning zamonaviy renessans modellari uchun asos sifatida qaralishiga doir nazariy xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi faoliyatida foydalanib kelinmoqda hamda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatlarida amaliyotga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston “Liberal demokratik partiyasi”ning 2025-yil 20-avgustdagi 01-27/354-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya ishida ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Renessans fenomenining ijtimoiy falsafiy mohiyatini tahlil etishga hamda yoshlarning qalbidan joy olgan insonparvarlikka yo‘g‘rilgan bag‘rikenglik va vatanparvarlik kabi ma’naviy-axloqiy tamoyillar milliy-ijtimoiy taraqqiyotimizni yangi bosqichga ko‘tarishda xizmat qilgan;
Renessans fenomenining ijtimoiy-falsafiy aspektlari milliy tiklanish jarayonlari o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik parametrlariga Evropa Renessansi, Meydzi inqilobi va Amerika uyg‘onishi misolida milliy tiklanish jarayonlari o‘rtasidagi umumiylik va xususiylik ilk bor modernizatsiya kategoriyasida tahlil qilinib, ushbu taqqoslama tahlil orqali modernizatsiyaning falsafiy tipologiyasi va milliy suverenitetni tiklashdagi rolini ifodalovchi yangi nazariyalarni kategorial-qiyosiy diagnostikalash asosida aniqlashtirilgan. Ushbu taqqoslama tahlil orqali modernizatsiyaning falsafiy tipologiyasi va milliy suverenitetni tiklashdagi rolini ifodalovchi yangi nazariy yondashuv ishlab chiqilganiga oid amaliy takliflaridan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2024-yildan boshlab o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida amaliyotga tatbiq etilgan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-yanvardagi 36-son qarori 2-ilovasida Markazning 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturi III-yo‘nalishida belgilangan oliy, professional va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ma’naviy-ma’rifiy soha vakillarini o‘quv, metodik qo‘llanmalar, tavsiyalar va taqdimot materiallari bilan ta’minlash ishlarini tashkil etishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazining 2025-yil 18-avgustdagi 1/01-13-son ma’lumotnomasi). Ushbu tadqiqot ishi natijalari asosida turli mintaqalardagi uyg‘onish jarayonlari tahlili orqali rivojlanayotgan davlatlar uchun barqaror rivojlanish strategiyalarini shakllantirishda foydalaniladigan muqobil modellar (masalan, “ijtimoiy kapitalizm”, “ma’rifiy modernizm”, “innovatsion anʼanaviylik”) taklif etilgan. Bu modellar siyosiy tahlil, strategik rejalash va ijtimoiy islohotlar uchun amaliy qo‘llanma vazifasini bajaradi;
Renessans ijtimoiy hodisasining ilmiy-ma’rifiy, madaniy va siyosiy omillari Arab, Hind va Xitoy uyg‘onish harakatlarining konseptual tizimini G‘arb ma’rifatparvarligi rivojlanish strategiyalari asosida transformatsiyalashuv dinamikasiga ustuvorlik berish orqali aniqlanganiga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishi belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat markazining 2025-yil 5-avgustdagi 10/508-son ma’lumotnomasi). Ushbu tahlil natijasida global tafakkurda Sharq va G‘arb o‘rtasidagi falsafiy muloqot va ta’sirlashuv mexanizmlari ilmiy nuqtai nazardan tizimlashtirilgan va renessans fenomeniga nisbatan yangi g‘oyaviy yondashuvlar ilgari surilishiga amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Turli uyg‘onish davrlarida yuzaga chiqqan ilmiy va falsafiy g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, allomalar merosi misolida o‘rganilib, global sivilizatsion muloqot jarayonida ularning integrativ rolini ifodalovchi nazariy model yaratildi. Bu model jahon tafakkuri tarixida Sharq va G‘arb o‘rtasidagi falsafiy almashinuvlarni tizimlashtirishga xizmat qilganligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-2025-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot dasturlarida amaliyotga tatbiq etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yil 20-avgustdagi 04-12/23-03-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekistonda uchinchi Renessansni amalga oshirish sharoitida turli uyg‘onish tajribalaridan ijtimoiy-mafkuraviy va strategik xulosalar chiqarish asosida milliy rivojlanish konsepsiyasi uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganiga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflari qo‘mita tadbirlarining saviyasini yanada boyitishga, milliy o‘zlikni anglash, uzlyuksiz milliy tarbiya tizimini takomillashtirishga xizmat qildi.
O‘zbekistonda uchinchi Renessansni amalga oshirish sharoitida turli uyg‘onish tajribalaridan ijtimoiy-mafkuraviy va strategik xulosalar chiqarish asosida milliy rivojlanish konsepsiyasi uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganiga doir ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan Andijon davlat pedagogika institutida bajarilayotgan 2024-yil 26-martdagi 01-166-sonli buyruq asosida amalga oshirilayotgan “Moddiy javobgar shaxslarning tavakkalchilik bilan bog‘liq virtual o‘yinlarga moyilligini diagnostika va korreksiya qilish” amaliy loyihasida foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2025-yil 6-avgustdagi 04-710-son ma’lumotnomasi). Jumladan, O‘zbekistonda uchinchi Renessansni amalga oshirish istiqbollari turli uyg‘onish tajribalaridan ijtimoiy-mafkuraviy va strategik xulosalar chiqarish asosida milliy rivojlanish konsepsiyasi uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqish asosida aniqlanganligiga doir ilmiy yangiliklardan o‘tkazilgan seminar-treninglarda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish