Jumakulov Zoxidjon Patidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jismoniy madaniyat – O‘zbekistonda yoshlar ijtimoiylashuvining muhim omili sifatida” 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/1479
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:Xolmirzaev Xurshid Nakibillaevich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.04.2021.F.76.06
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Ro‘zimat To‘xtasinovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Kambarov Abdumutal Axadjonovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiylashuv jarayonida jismoniy madaniyatning o‘rni va ahamiyatini falsafiy tahlil qilish, uning ijtimoiy, ma’naviy va madaniy fenomen sifatidagi ta’sirini aniqlash.
III. Tadqiqotdagi ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat.
Jismoniy madaniyatning yoshlarni ijtimoiy jarayonlarga jalb qilishdagi ahamiyati ilk bor tizimli ravishda tahlil qilinib, bu tadqiqot natijasida jismoniy madaniyatning ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlash, ijtimoiy normalar va qadriyatlarni o‘zlashtirishdagi muhim rolini yoritish uchun yangi nazariy yondashuvlar asoslangan;
O‘zbekistonda jismoniy madaniyat orqali yoshlar ijtimoiylashuvining milliy qadriyatlarga asoslangan mexanizmlari ishlab chiqilib, tadqiqotda milliy an’analar, madaniy meros va zamonaviy jismoniy madaniyat tamoyillari uyg‘unlashtirilgan, bu strategiya orqali yoshlarni milliy madaniyat asoslarida ijtimoiy faollikka jalb qilishning ilmiy va amaliy echimlari dalillangan;
jismoniy madaniyatning ijtimoiy-estetik va ma’naviy-axloqiy jihatlari falsafiy konsepsiya asosida qayta ko‘rib chiqildi. Ushbu tadqiqotda jismoniy madaniyat orqali yoshlar ijtimoiy rivojlanishining falsafiy modeli ishlab chiqilgan, jismoniy madaniyatning yoshlar orasida jamoaviy munosabatlar, madaniy uyg‘unlik va jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi roli ochib berilgan;
O‘zbekistonda jismoniy madaniyat infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan, milliy sport turlari va zamonaviy jismoniy madaniyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash strategiyalari ilmiy jihatdan asoslangan. Bu istiqbolli yondashuv yoshlarning ijtimoiy jarayonlarga faol integratsiyasi ta’minlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijasining joriy qilinishi.
Tadqiqotda jismoniy madaniyatning yoshlarning ijtimoiylashuvidagi o‘rni ilmiy asoslangan holda o‘rganilib, uning yoshlar ijtimoiy jarayonlarga integratsiyasidagi ta’sir mexanizmlari va milliy qadriyatlar bilan bog‘liqligi ochib berildi. Ushbu natijalar O‘zbekiston Respublikasida yoshlar siyosati, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga oid qator amaliy tashabbuslarda qo‘llanildi. Xususan, yoshlar o‘rtasida jismoniy madaniyatni ommalashtirish hamda sport faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy dasturlar ishlab chiqildi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanlarining mazmunini boyitishga doir metodik tavsiyalar joriy etilib, milliy sport turlari va zamonaviy jismoniy madaniyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarni ijtimoiy jarayonlarga jalb etish uchun turli sport musobaqalari va ommaviy tadbirlar o‘tkazildi (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2025-yil 26-fevraldagi 02-16/1980-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiya natijalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilinib, bu istiqbolli yondashuv yoshlarning ijtimoiy jarayonlarga faol integratsiyasini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Ushbu tadqiqotda jismoniy tarbiyaning jamiyatning turli qatlamlari o‘rtasida hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlashga qaratilgan muhim omili ekanligi ilmiy asoslar bilan isbotlandi. Jismoniy madaniyat orqali yoshlarning ijtimoiylashuvida milliy qadriyatlar va madaniy merosni saqlab qolish, shuningdek, zamonaviy jismoniy madaniyat tamoyillari bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatlari ochildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, jismoniy madaniyat yoshlarda mas’uliyat, sabr-toqat, adolat va hamjihatlik kabi mezonlarni shakllantirishda yordam beradi. Sportning axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishdagi o‘rni ilmiy asoslandi va u jamiyatda hamjihatlik va birdamlikni mustahkamlash vositasi sifatida ko‘rsatildi. Ushbu ilmiy ishning amaliyotga joriy etilishi yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishga, ularni milliy madaniyat asosida tarbiyalashga va jismoniy madaniyat vositasida ijtimoiy jarayonlarga faol jalb etishga xizmat qildi. (O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining 2025-yil 27-martdagi BM-06/375-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiylashuvining muhim omili sifatida jismoniy madaniyatning o‘rnini ko‘rsatib, ularning milliy madaniyat asoslarida ijtimoiy faollikka jalb etilishining ilmiy va amaliy echimlarini taqdim etmoqda.
Mazkur dissertatsiyada jismoniy madaniyatning yoshlar ijtimoiylashuvidagi o‘rni ilmiy asoslar asosida tahlil etilgan, milliy qadriyatlar va madaniy an’analarning ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy rivojlanishida jismoniy madaniyatning rolini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, sportga qiziquvchi yoshlar uchun mahallalarda maxsus seksiyalar, jamoaviy musobaqalar va milliy sport turlari bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etildi. Bu orqali yoshlarning jismoniy madaniyatga bo‘lgan qiziqishi oshirildi, ularning ijtimoiy moslashuvi va faolligini oshirishga hissa qo‘shildi. Jismoniy madaniyatning ijtimoiy va ma’naviy ahamiyatini chuqurroq yoritish maqsadida ilmiy tadqiqotlarni davom ettirish va yangi modellar ishlab chiqish taklif etildi. Bu tadqiqot natijalari sohadagi islohotlar va strategiyalarni takomillashtirishda muhim o‘rin tutadi (O‘zbekiston talabalar sporti assosiatsiyasi ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 11- martdagi 01-08/102-son dalolatnomasi). Tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan amaliy dasturlar va tavsiyalar yoshlarning jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda samarali ishlatilmoqda.
Tadqiqotda jismoniy madaniyatning ijtimoiy-estetik, ma’naviy-axloqiy jihatlari va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni falsafiy konsepsiya asosida tahlil qilinib, amaliy foydalanish mumkin bo‘lgan nazariy modellarning ishlab chiqilganligi tasdiqlanadi. Tadqiqot natijalari Andijon viloyati sport boshqarmasi tizimidagi muassasalarda amaliyotga joriy etilib, yoshlar orasida jismoniy madaniyatni keng targ‘ib qilish va jamiyat barqarorligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Sport boshqarmasi tomonidan yoshlarning ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar ishlab chiqilib, jamoaviy sport turlariga jalb qilish hamda ma’naviy-axloqiy kamolotni shakllantirish bo‘yicha maxsus sport tadbirlari tashkil etildi. Tadqiqot natijalari asosida ijtimoiy tarbiya metodlari takomillashtirilib, mahallalar va ta’lim muassasalarida jamoaviy sport tadbirlarini kengaytirishga qaratilgan tashabbuslar yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, tadqiqot Andijon viloyati sport boshqarmasining yillik tadbirlari rejasiga kiritilib, yoshlarning sportga qiziqishini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi Andijon viloyati sport boshqarmasining 2025-yil 25-fevraldagi 01-08/838-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur dissertatsiya tadqiqoti jismoniy madaniyat orqali yoshlarning ijtimoiylashuv jarayonidagi ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy ishlarning muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etiladi va uning natijalari sohaga keng joriy etilishi maqsadga muvofiq deb topiladi.