Xatamjonova Gulsanam Yasharjon qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xalqaro xususiy huquqda erk muxtoriyati (party autonomy) prinsipi va uning cheklovchi xususiyatlari” 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu872 Ilmiy rahbar: Rashidov Komil Kayumovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01. 
Rasmiy opponentlar: Musaev Bekzod Tursunboevich, yuridik fanlar doktori (DSc); Jo‘ldasova Sohibjamol Jalgasovna, yuridik fanlar doktori  (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Odil Sudlov Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xalqaro xususiy huquqda erk muxtoriyati (party autonomy) prinsipi va uning cheklovchi xususiyatlarini takomillashtirish masalalariga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro tijorat arbitrajiga taraflarning kelishuviga binoan tijorat xususiyatiga ega bo‘lgan ham shartnomaviy, ham shartnomadan tashqari barcha munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar berilishi mumkinligi asoslab berilgan;
arbitraj kelishuvi shartnomaning arbitraj sharti yoki alohida kelishuv tarzida tuzilishi mumkinligi asoslari aniqlab berilgan;
taraflar arbitraj sudi tomonidan muhokamaning yuritilishi tartib-taomili to‘g‘risida o‘z xohishiga ko‘ra kelishib olishi mumkinligi asoslab berilgan;
taraflar arbitraj muhokamasida foydalaniladigan til yoki tillar to‘g‘risida o‘z xohishlariga ko‘ra kelishib olishi, bunday kelishuv mavjud bo‘lmaganda, muhokamada qo‘llanilishi kerak bo‘lgan tilni yoki tillarni arbitraj sudi belgilashi asoslantirib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
xalqaro tijorat arbitrajiga taraflarning kelishuviga binoan tijorat xususiyatiga ega bo‘lgan ham shartnomaviy, ham shartnomadan tashqari barcha munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar berilishi mumkinligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunning  4-moddasi ikkinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 20-fevraldagi 2-son dalolatnomasi). Mazkur taklif xalqaro tijorat arbitrajiga tegishli bo‘lgan nizolar doirasini aniqlashga yordam bergan;
arbitraj kelishuvi shartnomaning arbitraj sharti yoki alohida kelishuv tarzida tuzilishiga doir taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasi birinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 20-fevraldagi 2-son dalolatnomasi). Mazkur taklif taraflarda arbitraj kelishuvi tuzish erkinligini kengaytirishga xizmat qilgan;
taraflar arbitraj sudi tomonidan muhokamaning yuritilishi tartib-taomili to‘g‘risida o‘z xohishiga ko‘ra kelishib olishi mumkinligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasi birinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 20-fevraldagi 2-son dalolatnomasi). Mazkur taklif xalqaro tijorat arbitrajiga tegishli tartib-taomil qoidalarini taraflar tomonidan aniqlashtirish imkoniyatini bergan;
taraflar arbitraj muhokamasida foydalaniladigan til yoki tillar to‘g‘risida o‘z xohishlariga ko‘ra kelishib olishi, bunday kelishuv mavjud bo‘lmaganda, muhokamada qo‘llanilishi kerak bo‘lgan tilni yoki tillarni arbitraj sudi belgilashiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonunning 36-moddasi birinchi xatboshisida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 20-fevraldagi 2-son dalolatnoma). Mazkur taklif arbitraj muhokamasida qo‘llaniladigan til taraflar tomonidan kelishuv asosida tanlash mumkinligiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish