Xamidov Elyorjon Tursunali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ishchi kuchi migratsiyasining mehnat bozoriga ta’sirini boshqarish jarayonlarini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment va 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4599.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Asraqulov Abdurahmon Sultonovich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar iqtisodiyot fanlari doktori, professor Aripov Oybek Abdullaevich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Mansurova  Nargiza  Shamsidinovnalar.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  ishchi kuchi migratsiyasi jarayonlarini boshqarish va tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mehnat bozoridagi migratsiya jarayoniga omillar ta’sirini ekspert xulosalari bilan PESTLE-tahlili orqali baholovchi hududning migratsion faolligini baholash mezonlari (“past” – 0 dan 0,25 gacha); “quyi-o‘rta” – 0,26 dan 0,50 gacha; “o‘rta-yuqori” – 0,56 dan 0,75 gacha; “yuqori” – 0,75 dan 1,00 gacha) ni asoslash orqali makro yoki hududiy birliklarning migratsion faolligini baholash uslubiyoti takomillashtirilgan;
migratsiya jarayonini rag‘batlantirish va ishsizlarni qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy vositalarini optimal uyg‘unlashtirish asosida migratsiya oqimlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish asoslangan;
davlatning migratsion strategiyasini takomillashtirishda migrantlarni qabul qilish siyosatiga ko‘ra resepient hududlarni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratgan holda har bir toifaga mansub hududlarga nisbatan migratsiya oqimlarini boshqarish mexanizmini qo‘llash taklifi asoslangan;
mamlakatdagi bandlik darajasiga migratsiya omillarining ta’sirini hisobga oluvchi ko‘p omilli ARIMA modeli asosida migratsiya omillarini boshqarish ssenariylarini yaratish imkonini beruvchi model bo‘yicha o‘rta muddatli, ya’ni 2029-yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
mehnat bozoridagi migratsiya jarayoniga omillar ta’sirini ekspert xulosalari bilan PESTLE-tahlili orqali baholovchi hududning migratsion faolligini baholash mezonlari (“past” – 0 dan 0,25 gacha); “quyi-o‘rta” – 0,26 dan 0,50 gacha; “o‘rta-yuqori” – 0,56 dan 0,75 gacha; “yuqori” – 0,75 dan 1,00 gacha) ni asoslash orqali makro yoki hududiy birliklarning migratsion faolligini baholash uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 13-martdagi 01/00-05/10-2316-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida makro va mezo darajadagi hududlarning o‘xshash va farqli tomonlarini hisobga olgan holda guruhlash va migratsion faolligini baholash aniqligini oshirish imkoni ortgan;
migratsiya jarayonini rag‘batlantirish va ishsizlarni qo‘llab-quvvatlashning iqtisodiy vositalarini optimal uyg‘unlashtirish asosida migratsiya oqimlarini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishni asoslash bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 13-martdagi 01/00-05/10-2316-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-apreldagi “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–59-soli Farmonining 4-bandi (a va g bandlari) da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini shakllantirishda foydalanilgan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida migratsiya jarayonlarini rag‘batlantirish orqali milliy mehnat bozoridagi ishsizlik darajasini pasaytirish imkoniyati ortgan;
davlatning migratsion strategiyasini takomillashtirishda migrantlarni qabul qilish siyosatiga ko‘ra resepient hududlarni “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratgan holda har bir toifaga mansub hududlarga nisbatan migratsiya oqimlarini boshqarish mexanizmini qo‘llash bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 13-martdagi 01/00-05/10-2316-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan ilmiy yangilikdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-iyuldagi “Xorijga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–5205-sonli Qarori ilovasi sifatida tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘larining tasdiqlangan yo‘nalishlarga muvofiq sarflanishini tashkil etish sxemasi” da belgilangan jarayonlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini shakllantirishda foydalanilgan. Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida hudud toifalari bo‘yicha migratsiya oqimlarini boshqarish samaradorligi 9-11 foizga ortgan;
mamlakatdagi bandlik darajasiga migratsiya omillarining ta’sirini hisobga oluvchi ko‘p omilli ARIMA modeli asosida migratsiya omillarini boshqarish ssenariylarini yaratish imkonini beruvchi model bo‘yicha o‘rta muddatli, ya’ni 2029-yilgacha bo‘lgan davr uchun prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 13-martdagi 01/00-05/10-2316-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilayotgan ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmining migratsiya omillari ta’siridagi maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirish aniqligi 5-7 foizga ortgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish