Davronov Saxobiddin Faxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 — Moliya, pul muomalasi va kredit (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1. PhD /Iqt3745.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrabshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Saipnazarov Sherbek Shaylavbekovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida «AAA» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning 100 foizi, «AA» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning 95 foizi, «A» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning
90 foizi, «VVV» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning 85 foizi, «VV» toifa – amaldagi miqdorning 75 foizi va «V» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning
65 foizida subsidiyalar ajratish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni manzilliligi va samaradorligini baholashda tadbirkorlik sub’ektlarining tovar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasini o‘sish sur’ati, ko‘rilgan foydasi va olingan dividendlar hajmi hamda davlat ko‘magi berilgandan so‘ng kiritilgan xususiy investisiyalar hajmi mezonlarini inobatga olish taklifi ishlab chiqilgan;
tadbirkorlik sub’ektlariga davlat tomonidan ajratiladigan barcha turdagi subsidiyalarni dastlabki ikki yil davomida taqdim etilib, uni baholash natijalari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari ijobiy deb topilgan hollarda subsidiyaning amal qilish muddati qo‘shimcha bir yilga uzaytiriluvchi «2+1» tamoyili asosida amalga oshirish taklifi asoslangan;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini tuman va shaharlar kesimida toifalarga bo‘lgan holda subsidiyalarni ajratishda bazaviy hisoblash miqdorini 30 baravarigacha belgilash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida «AAA» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning 100 foizi, «AA» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning 95 foizi, «A» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning
90 foizi, «VVV» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning 85 foizi, «VV» toifa – amaldagi miqdorning 75 foizi va «V» toifa tadbirkorlarga amaldagi miqdorning
65 foizida subsidiyalar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi «Tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim qilish tartiblarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-287-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 11 apreldagi 08/27-4-7891-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini moliyalashtirishda subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish va maqsadli foydalanish, shuningdek ularni tizimli monitoring qilish hamda samaradorligini baholash imkoniyatini bergan;
tadbirkorlik sub’ektlarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni manzilliligi va samaradorligini baholashda tadbirkorlik sub’ektlarining tovar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasini o‘sish sur’ati, ko‘rilgan foydasi va olingan dividendlar hajmi hamda davlat ko‘magi berilgandan so‘ng kiritilgan xususiy investisiyalar hajmi mezonlarini inobatga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-son «Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni
7-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 11 apreldagi 08/27-4-7891-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy-amaliy yangilikning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 2022 yilga nisbatan 2023 yil davomida tadbirkorlik sub’ektlarining aylanma mablag‘larini oshirish 18 foizga hamda yaratilgan yangi ish o‘rinlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlari soni 50 foiz oshishiga olib kelgan;
tadbirkorlik sub’ektlariga davlat tomonidan ajratiladigan barcha turdagi subsidiyalarni dastlabki ikki yil davomida taqdim etilib, uni baholash natijalari bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatkichlari ijobiy deb topilgan hollarda subsidiyaning amal qilish muddati qo‘shimcha bir yilga uzaytiriluvchi «2+1» tamoyili asosida amalga oshirish taklifi 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-son O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni 7-bandni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 11 apreldagi
08/27-4-7891-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi natijasida tadbirkorlik sub’ektlariga ajratiladigan subsidiyalar dastlabki ikki yil davomida taqdim etish, shuningdek foydalanish samaradorlik ko‘rsatkichlari ijobiy natijalar berganda qo‘shimcha yana bir yilga subsidiya ajratish imkoniyati yaratilib, tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan subsidiyalar 2023 yilda
2022 yilga nisbatan 18 foizga oshishiga olib kelgan;
aholi va tadbirkorlik sub’ektlarini tuman va shaharlar kesimida toifalarga bo‘lgan holda subsidiyalarni ajratishda bazaviy hisoblash miqdorini 30 baravarigacha belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2022 yil 30 dekabrdagi PF-287-son Farmonida 2-ilovasi, 1-band «a», «b» «v» «g» va 2-band «a» kichik bandlari ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024 yil 11 apreldagi 08/27-4-7891-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga subsidiya miqdorlarini oshirish orqali ajratish aholini tadbirkorlikka jalb qilish hamda aholini bandligini ta’minlash imkoni yaratilib, 2023 yilda 2022 yilga nisbatan aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 2,4 baravar ko‘p miqdordagi subsidiya mablag‘i ajratilishi natijasida yangi ish o‘rinlari 1,5 baravarga oshirilishiga erishilgan.