Rashidov Firuz Tuyg‘unovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘zaro munosabatlarining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi 12.00.01 – «Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Yu387
Ilmiy rahbar: Toshqulov Jo‘raboy Urinboevich, yuridik fanlar doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Axmedova Muqaddas Tursunovna, yuridik fanlar doktori, dotsent; Xudoyberdiev Axror Qosimalievich, yuridik fanlar doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi diniy tashkilotlar bilan fuqarolik jamiyati boshqa institutlari o‘zaro munosabatlarining nazariy-huquqiy muammolarini aniqlash va ularning echimlari haqida taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terrorizmni moliyalashtirish xavfi mavjudligi sababli jamoat fondlari va diniy tashkilotlarda benefisiar mulkdorni aniqlash, shaffoflik reestri, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, ichki audit hamda maqsadli o‘quv-treninglar orqali riskka asoslangan ichki nazorat (compliance) tizimini tashkil etuvchi huquqiy-institusional modelni joriy etish va shu yo‘nalishda bilim hamda ko‘nikmalarni tizimli oshirish zarurati asoslantirilgan;
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat va diniy birlashmalar o‘rtasida polisentrik koordinatsiya tamoyillari(subsidiarlik, hisobdorlik, vakolatlar xaritasi)ni, standart operatsion tartib-qoidalar (SOP) va ma’lumot almashinuvi uchun huquqiy rejim (data governance)ni joriy etish orqali harakatlarni muvofiqlashtirish zarurati asoslantirilgan;
diniy sohada davlat siyosatini amalga oshirishda konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash maqsadida davlat organlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida huquqiy pluralizm, neytrallik, kamsitmaslik va mutanosiblik tamoyillari, ijtimoiy-diniy mediatsiya hamda jamoatchilik kengashlari, shuningdek “totuvlik indeksi” bo‘yicha monitoring mexanizmlarini joriy etish orqali “uch tomonlama platforma”ga tayanadigan hamkorlikning huquqiy arxitekturasini mustahkamlash zarurati asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirishda keng jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda fuqarolar bilan “ko-regulyasiya” va ochiq hisobdorlik mexanizmlari (jamoat eshituvlari, ijtimoiy ekspertiza, regulyator ta’sirni baholash – RIA, ochiq ma’lumotlar va hisobotlilik, nizolarni hal etishning protsessual kafolatlari)ni joriy etgan holda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurati asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘zaro munosabatlarining nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra quyidagi takliflar joriy etildi:
terrorizmni moliyalashtirish xavfi mavjudligi sababli jamoat fondlari va diniy tashkilotlarda benefisiar mulkdorni aniqlash, shaffoflik reestri, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish, ichki audit hamda maqsadli o‘quv-treninglar orqali riskka asoslangan ichki nazorat (compliance) tizimini tashkil etuvchi huquqiy-institusional modelni joriy etish va shu yo‘nalishda bilim hamda ko‘nikmalarni tizimli oshirish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan 2023-yil 6-maydagi “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasining 2023- va 2024-yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2023- va 2024- yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 14-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kotibiyati Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamentining 2025-yil 2-maydagi №12-16-34-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda jamoat fondlari va diniy tashkilotlarda ichki nazoratni tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirish tizimini yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi;
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda jamoat va diniy birlashmalar o‘rtasida polisentrik koordinatsiya tamoyillari(subsidiarlik, hisobdorlik, vakolatlar xaritasi)ni, standart operatsion tartib-qoidalar (SOP) va ma’lumot almashinuvi uchun huquqiy rejim (data governance)ni joriy etish orqali harakatlarni muvofiqlashtirish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 2021–2026-yillarga mo‘ljallangan Milliy strategiyasi 7-paragrafini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2025-yil 17-apreldagi 02-02/02/1/1042-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda davlat organlari hamda jamoat va diniy birlashmalarning harakatlarini o‘zaro muvofiqlashtirilishiga xizmat qiladi;
diniy sohada davlat siyosatini amalga oshirishda konfessiyalararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash maqsadida davlat organlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari o‘rtasida huquqiy pluralizm, neytrallik, kamsitmaslik va mutanosiblik tamoyillari, ijtimoiy-diniy mediatsiya hamda jamoatchilik kengashlari, shuningdek “totuvlik indeksi” bo‘yicha monitoring mexanizmlarini joriy etish orqali “uch tomonlama platforma”ga tayanadigan hamkorlikning huquqiy arxitekturasini mustahkamlash lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan 2025-yil 25-fevraldagi O‘RQ-1037-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining 17-bandi “v” kichik bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 13-martdagi №3/dn-53-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi diniy sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishda konfessiyalararo totuvlikni va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashda davlat organlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o‘rtasidagi hamkorlik mustahkamlanishiga xizmat qiladi;
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirishda keng jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda fuqarolar bilan “ko-regulyasiya” va ochiq hisobdorlik mexanizmlari (jamoat eshituvlari, ijtimoiy ekspertiza, regulyator ta’sirni baholash – RIA, ochiq ma’lumotlar va hisobotlilik, nizolarni hal etishning protsessual kafolatlari)ni joriy etgan holda tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozimligi to‘g‘risidagi taklifdan 2025-yil 25-fevraldagi O‘RQ-1037-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasining 40-bandi ikkinchi qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 13-martdagi №3/dn-53-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi diniy sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishda keng jamoatchilik, nodavlat notijorat tashkilotlari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda fuqarolar bilan hamkorlik mustahkamlanishiga xizmat qiladi.