Shukurov Jaxongir Rabbonaevichnig 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “O‘zbekiston Respublikasida yarashuv institutini qo‘llash va uni takomillashtirish istiqbollari”, “12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Yu1354
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchexra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, prοfessοr
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, DSc.31/31.12.2020.Yu.67.01.
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlari doktori, professor Mirazov Davron Miragzamovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqot maqsadi jinoyat protsessida yarashuv institutini qo‘llash muammolari yuzasidan kompleks ilmiy-nazariy va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish hamda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual qonunchiligini va yarashuvni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat..
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yarashuvga bilan bog‘liq ishlarni yuritishda qonunchilikka muvofiq vakolatli yoki boshqa shaxslar mediator sifatida ishtirok etishi amaliyotini qonuniylashtirish va takomillashtirish zarurligi asoslangan.
yarashuvga doir ishlar yuzasidan jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar, qonuniy vakil), gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va mediatorlar ishtirokida yarashuv bitimini tuzish, uni ishni ko‘rib chiqayotgan organ rahbari va prokuror tomonidan tasdiqlash hamda yarashuv bitimini yarashuvni mustahkamlovchi asoslar deb hisoblash zarurligi asoslangan; 
tergovga qadar tekshiruvda jinoyat ishini qo‘zg‘atmasdan yarashuv institutini qo‘llash orqali jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan ishni sudga qadar yuritishning barcha bosqichlarida jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish qarori orqali tamomlashni qonunchilikka kiritish zarurligi asoslangan; 
taraflar yarashuv to‘g‘risidagi arizani sudning yuqori instansiyalarida sud muhokamasidan o‘tkazilayotganda bergan bo‘lsa yoki jinoyat yarashuvga tushadigan moddaga qayta malakalanganda sud uni darhol yarashuv asosida ko‘rib chiqishini qonunchilikka kiritish zarurligi asoslangan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot asosida olingan natijalar quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
Yarashuv bilan bog‘liq ishlarni yuritishda qonunchilikka ko‘ra vakolatli yoki boshqa shaxslar mediator sifatida ishtirok etishga jalb qilinadi degan qoidani Jinoyat-protsessual kodeksining 582-moddasiga uchinchi qism sifatida kitirish haqidagi taklifi, shuningdek, JPKning 6-bobiga) yangi 741-modda (Mediator) va 742-modda (Mediatorning huquq va majburiyatlari)larini kiritish haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorlashda foydalaniladi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 28 fevraldagi 3/dn-42-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi yarashuv bilan bog‘liq ishlarda mediatorlarning imkoniyatlaridan foydalanish orqali yarashuvning barqarorligini ta’minlashga, takomillashtirishga xizmat qiladi. 
Yarashuvni rasmiylashtirishda jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoxud uning qonuniy vakili tomonidan ishni tugatishni so‘rab berilgan ariza, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar, qonuniy vakil), gumon qilinuvchi, ayblanuvchi  va mediatorlar ishtirokida tuzilgan hamda ishni ko‘rib chiqayotgan organ rahbari va prokuror tomonidan tasdiqlangan yarashuv bitimi asos hisoblanadi degan qoidani Jinoyat-protsessual kodeksining 582-moddasiga to‘rtinchi qism sifatida kitirish haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorlashda foydalaniladi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 28 fevraldagi 3/dn-42-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi yarashuv bilan bog‘liq ishlarda yarashuv to‘g‘risidagi arizaga qo‘shimcha asos bo‘lib, yarashuv shartlarining to‘liq bajarilganini, etkazilgan zararlarning qoplanganligi tasdiqlovchi qo‘shimcha asos sifatida xizmat qiladi.  
Tergovga qadar tekshiruvda jinoyat ishini qo‘zg‘atmasdan yarashuv institutini qo‘llash orqali jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan ishni sudga qadar yuritishning barcha bosqichlarida jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish qarori orqali tamomlashni belgilovchi qoidani JPKning 583-moddasi birinchi qismi, JPKning 84-moddasi 4-qismi, JPKning 333-moddaning birinchi qismi, JPKning 584-moddasi birinchi qismiga kiritish haqidagi takliflaridan O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorlashda foydalaniladi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 28 fevraldagi 3/dn-42-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi yarashuvni jinoyat ishini qo‘zg‘atmasdan tergovga qadar tekshiruv vaqtida jinoyat ishini yuritishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va mansabdor shaxslari tomonidan qo‘llay olishiga, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish qarori bilan ishni tamomlash orqali tergov va suddagi ish hajmining kamayishiga xizmat qiladi.
Agar yarashuv to‘g‘risidagi ariza ish birinchi instansiya sudida, shuningdek, apellatsiya, kassatsiya tartibida sud muhokamasidan o‘tkazilayotganda berilgan bo‘lsa, sud uni darhol ko‘rib chiqishga kirishadi degan qoidani JPKning 583-moddasi to‘rtinchi qismiga kiritish haqidagi, shuningdek, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyalarida ko‘rilayotganligidan qat’iy nazar sud`ya sudlangan shaxsning harakatlarini Jinoyat kodeksining 661-moddasi ta’sir doirasiga tushadigan moddaga qayta kvalifikatsiya qilish kerakligi to‘g‘risida xulosaga kelgan taqdirda, uning qilmishini qayta kvalifikatsiya qilib, O‘z.R. JPK 583-moddasi talablari to‘liq bajarilsa va taraflar yarashgan taqdirda ishni  yarashuv asosida tugatish lozimligi to‘g‘risidagi takliflari O‘zbekiston Respublikasining “Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini tayyorlashda (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025 yil 28 fevraldagi 3/dn-42-son dalolatnomasi) hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6041-son Farmonining 3-bandi to‘rtinchi xatboshisini “shaxsga e’lon qilingan ayblov, jinoyat ishi sudning qaysi instansiyasida ko‘rilayotganligidan qat’iy nazar, yarashuv institutii doirasiga tushadigan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining moddasi yoki qismiga o‘zgartirilgan hollarda yarashuv institutini qo‘llash tartibini joriy qilish” tahririda ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasining 2024 yil 14 avgustdagi 27/2-195-24-son dalolatnomasi). Ushbu takliflarning joriy qilinishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan ishlarda yuqori instansiyalarda yarashuvga ariza berilganda hamda qilmish yarashuvga tushadigan moddaga qayta malakalanganda, bu ishlarga yarashuvni qo‘llash orqali uning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish