Formanova Shoira Bobonazarovnaning
pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini kontekstli topshiriqlar asosida takomillashtirish” 13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo)” ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Ped1182 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/08.05.2025.K/T.130.04. 
Rasmiy opponentlar: Mamatqulova Surayyoxon Abdusamatovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ahadov Ma’murjon Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Xushvaqtova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini kontekstli topshiriqlar asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontekstli topshiriqlar asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etishning didaktik imokniyatlari o‘quv materiallarining tarixiy- obrazli va fanlararo integrativ yo‘naltirilgan pedagogik shart-sharoitlarni hosil qilishga ko‘ra o‘z-o‘zini kuzatish va boshqarish metakognitivligiga mazmunli-gnostik erishish asosida  aniqlashtirilgan;
kontekstli topshiriqlar asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etish jarayoni talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishning didaktik-funksional jihatlarini aniqlashtirish orqali ma’lumotlarni tartibga solish va tizimlashtirish o‘rtasidagi aloqalarni real tasavvur qilish  asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda kontekstli ta’lim resurslaridan foydalanish mazmuni o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot mazmunini nostandart vaziyatlarda effektiv qo‘llash, o‘z harakatlarini tahlil qilish va mantiqiy fikrlash orqali empirik qarorlar qabul qilish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etish modeli fan doirasidagi, kasbiy va rivojlantiruvchi kontekstlara ko‘ra ko‘p darajali tsikl shakliga mos bo‘lgan geterogenlikni ta’minlash hamda pedagogik maqsadga muvofiqlikka erishish orqali mas’uliyat va ijodkorlikni kognitiv shakllantirish asosida takomillashtirilgan;
kontekstli topshiriqlar asosida bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etish samaradorligi o‘zini tarbiyalash faoliyatining individual tarkibiy qismlarini amalga oshirishdagi kompleks sa’yi-harakatlarni sinxronlashtirish va integratsiya qilish prinsipiga kshhra shaxsiy, motivatsion, nazariy va amaliy tayyorlikni rivojlantirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini kontekstli topshiriqlar asosida takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni kontekstual yondashuv asosida tashkil etishning didaktik imkoniyatlari (intellektual o‘rgatuvchi tizimliligi), pedagogik shart-sharoitlari (intellektual imkoniyatlari chegaralarida o‘quv materiallarining tarixiy, obrazli, geymifikativ, fanlararo integrativ yo‘naltirilganligi) ta’lim resurslaridan effektiv foydalanishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflar “Noorganik kimyo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 97267 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarda kontekstli topshiriqlarni echish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan.
Kimyodan mustaqil ta’limni tashkil etishda talabalarning bilish faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan kontekstual moslashtirish mexanizmlari ishlab chiqilib, ularning didaktik funksional jihatlarini aniqlashga oid takliflar “Kimyo tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 627530 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, kimyodan mustaqil ishlarni tashkil etishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.
Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining mustaqil ta’limini tashkil etishda kontekstli ta’lim resurslaridan (“kontekstli o‘z-o‘zini rivojlantirish”ga asoslangan, interaktiv moslashtirilgan, eksperimental yo‘naltirilgan) foydalanish orqali o‘quv-bilish kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot, interaktiv o‘quv metodikasini takomillashtirishga oid takliflar “Kimyoviy hisoblash” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2023-yil 28-sentyabrdagi 2/3.2-sonli qaroriga asosan berilgan 2023-298U-84 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning kimyoviy masalalarni echishda nazariy va amaliy ko‘nikmalarini hamda malakalarini rivojlantirishda kontekstli yondashuvdan foydalanish metodikalari rivojlantirilgan.
Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini kontekstli topshiriqlar asosida takomillashtirishning pedagogik modeli maqsadli (mustaqil faoliyatga kontekstual yondashish), metodologik (kontekstual, kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan, modulli yondashish, faoliyat, integratsiya, ilmiylik va tushunarlilik, mustaqillik tamoyillari), mazmunli (tashkil etish mexanizmlari, darajalari, didaktik materiallar), texnologik (faoliyat turlari, shakllari, vositalari, bosqichlari, metodlari, texnologiyalari), natijaviy (baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari) komponentlar asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Kimyo tarixi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil “14”-apreldagi 136-son buyrug‘iga asosan berilgan 627530 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda tarixiy kontekstlardan foydalanish borasida ijobiy natijalarga hamda ta’lim samaradorligini oshirishga erishilgan.
Mustaqil ta’lim jarayonida kontekstli topshiriqlarni baholashning mezonlari muammoli fikrlash va mustaqil ijodiy yondashuvini shakllantirishga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Noorganik kimyo” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 97267 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarida mustaqil ta’limni tashkil etishda kontekstli topshiriqlardan foydalanish metodikasi va baholash mezonlari takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish