Ahmadjonova Odina Anvarjon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi (STEAM ta’lim texnologiyasi misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.3.PhD/Ped4964 
Ilmiy rahbar: Misirov Sohibjon Abdupattaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muminova Dilafro‘z Akbaralievna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Botirova Palina Xoshimjonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillar instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish kompetensiyasini STEAM ta’lim texnologiyasi asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining STEAM ta’lim texnologiyasi asosida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik (nutqiy yo‘nalganlik, til tajribasini hisobga olish, nutq namunasi asosida til o‘rgatish, til mashqlari va nutq amaliyoti birligi) va lingvodidaktik (faollik, ko‘rgazmalilik va puxta o‘zlashtirish) tamoyillari o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga doir “So‘rovga asoslangan ta’lim (Inquiry-based learning)”, “Loyihaga asoslangan ta’lim (Project-based learning)” va “Muammoga asoslangan ta’lim (Problem-based learning)” kabi  zamonaviy yondashuvlarni ingliz tili o‘qitish jarayoniga integratsiyalash asosida nazariy va metodik jihatdan asoslab berilgan;
ingliz tilida STEAM ta’lim texnologiyasi asosida yuqori sinf o‘quvchilarining o‘qish malakalarini rivojlantirishga qaratilgan til va nutqiy mashqlar tizimi vizual ijodkorlik (visual creativity), modellashtirish, tasniflash (classification), jamoa bo‘lib ishlash (groupwork), tanqidiy fikrlash (critical thinking) mashqlarini matnni o‘qishning uch bosqichli tayyorlov (matn-oldi), mashq qilish (matn bilan ishlash) hamda qo‘llash (matndan keyingi) bosqichlarida integratsiyalash asosida metodik ta’minoti ishlab chiqilgan;
ingliz tili darslarida STEAM ta’lim texnologiyasi asosida o‘quvchilarning o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishni belgilovchi past, quyi, o‘rta va yuqori darajalari chet tillarni bilishning umumevropa talablari B1 darajasida rivojlanganligini belgilovchi mezonlar tizimi bilan birga matnni oldindan fahmlash (antisipatsiya), mantiqiy tushunish va ichki nutqiy eshituv kabi psixo-fiziologik mexanizmalarni matn bilan ishlash bosqichlari, shuningdek, o‘qishning tanishuv (fluently-reading), o‘rganuv/mutolaa (close-reading) va kuzatuv (skimming-reading) turlari hamda o‘qish texnikasi kabi mashqlarni o‘zaro integratsiyalash asosida aniqlangan;
ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining STEAM ta’lim texnologiyasi asosida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni o‘qishga doir nutq mavzulari (Science, Technology, Engineering, Ars, Mathematics), til materiali hisoblangan leksika, grammatika va talaffuz birliklarini o‘qishni o‘rgatishning zamonaviy tamoyillari (Reading Strategies) aqliy hujm (brainstorming), insert, harakatli, didaktik va rolli o‘yin texnologiyalari bilan o‘zaro (internal) metodik ta’minoti ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida o‘quvchilarning o‘qish kompetensiyasini STEAM ta’lim texnologiyalari asosida rivojlantirishga doir ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining STEAM ta’lim texnologiyasi asosida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning lingvistik (nutqiy yo‘nalganlik, til tajribasini hisobga olish, nutq namunasi asosida til o‘rgatish, til mashqlari va nutq amaliyoti birligi) va lingvodidaktik (faollik, ko‘rgazmalilik va puxta o‘zlashtirish) tamoyillari o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga doir “So‘rovga asoslangan ta’lim (Inquiry-based learning)”, “Loyihaga asoslangan ta’lim (Project-based learning)” va “Muammoga asoslangan ta’lim (Problem-based learning)” kabi  zamonaviy yondashuvlarni ingliz tili o‘qitish jarayoniga integratsiyalash asosida nazariy va metodik jihatdan asoslab berishga doir ilmiy nazariy asoslangan takliflaridan 2023-2024-yillarda Namangan davlat chet tillari institutida bajarilgan “Erasmus+Capacity Building Project 101129076 Empower: Women Entrepreneurship, Empowerment, employability and self-confidence” loyihasining ta’limiy va madaniy sohadagi tadbirlar va amaliy ishlarida foydalanilgan (Namangan davlat chet tillari institutining 2025-yil 5-iyundagi 1282-03-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan mashqlar majmui va metodik tavsiyalari ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilgan;
ingliz tilida STEAM ta’lim texnologiyasi asosida yuqori sinf o‘quvchilarining o‘qish malakalarini rivojlantirishga qaratilgan til va nutqiy mashqlar tizimi vizual ijodkorlik (visual creativity), modellashtirish, tasniflash (classification), jamoa bo‘lib ishlash (groupwork), tanqidiy fikrlash (critical thinking) mashqlarini matnni o‘qishning uch bosqichli tayyorlov (matn-oldi), mashq qilish (matn bilan ishlash) hamda qo‘llash (matndan keyingi) bosqichlarida integratsiyalash asosida metodik ta’minoti ishlab chiqishga doir xulosa va takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharriyatining efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” nomli dasturlarining 2024-yilning mart va may oylarida efirga uzatilgan ssenariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DMning 2024-yil 27-maydagi 04-36-677-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, STEAM ta’lim texnologiyasi asosida yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi ommalashtirilgan;
ingliz tili darslarida STEAM ta’lim texnologiyasi asosida o‘quvchilarning o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishni belgilovchi past, quyi, o‘rta va yuqori darajalari chet tillarni bilishning umumevropa talablari B1 darajasida rivojlanganligini belgilovchi mezonlar tizimi bilan birga matnni oldindan fahmlash (antisipatsiya), mantiqiy tushunish va ichki nutqiy eshituv kabi psixo-fiziologik mexanizmalarni matn bilan ishlash bosqichlari, shuningdek, o‘qishning tanishuv (fluently-reading), o‘rganuv/mutolaa (close-reading) va kuzatuv (skimming-reading) turlari hamda o‘qish texnikasi kabi mashqlarni o‘zaro integratsiyalash asosida aniqlashga doir amaliy takliflardan “We learn STEAM through English (Ingliz tilini STEAM asosida o‘rganamiz)” nomli o‘quv-metodik qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 4-iyundagi 01/11-6-366-son ma’lumotnomasi). Natijada, STEAM ta’lim texnologiyasi asosida yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning metodik ta’minoti yaratilgan;
ingliz tili darslarida yuqori sinf o‘quvchilarining STEAM ta’lim texnologiyasi asosida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni o‘qishga doir nutq mavzulari (Science, Technology, Engineering, Ars, Mathematics), til materiali hisoblangan leksika, grammatika va talaffuz birliklarini o‘qishni o‘rgatishning zamonaviy tamoyillari (Reading Strategies) aqliy hujm (brainstorming), insert, harakatli, didaktik va rolli o‘yin texnologiyalari bilan o‘zaro (internal) metodik ta’minoti asosidagi mashqlardan yuqori sinf ingliz tili darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 4-iyundagi 01/11-6-366-son ma’lumotnomasi). Natijada, STEAM ta’lim texnologiyasi asosida yuqori sinf o‘quvchilarining ingliz tilida o‘qish kompetensiyasini rivojlantirishning amaliy ahamiyati darajasini oshirishga erishildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish