Ne’matova Zarina Furqat qizining   
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida o‘rta bo‘g‘in kadrlarni tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6814
Ilmiy rahbar: G‘afforov Feruz Hasanovich – pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Professional ta’limni rivojlantirish  instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdunazarova Nargiza Fatxullaevna pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.   
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtiirshdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari orqali bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qiluvchi tamoyillarga asoslangan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti va kasbiy ta’lim muassasalari tarmoqlararo integratsiya tuzilmasi takomillashtirildi;
integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari tezkor qaror va tizimli tahlil kabi amaliy faoliyatning integrativ ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi imitatsiya mashqlarini assotsiativ o‘quv jarayonida davriy monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
integrativ ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi mazmuniga “On the job training”, “VAK”, “Critical thinking development technology”, “Black box testing” kabi interaktiv metodlarni amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari asosida singdirish orqali takomillashtirildi;  
bo‘lajak tarbiyachilarga qo‘yiladigan kompetensiyaviy talablar va sifat ko‘rsatkichlarini baholashning reproduktiv, mahsuldor, ijodiy darajalarini belgilashda differensial, progressiv va integrativ metodlarni qo‘llash asosida  tarbiyachilarning kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini aniqlash va diagnostik baholash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini integrativ yondashuv asosida rivojlantirishning nazariy asoslari yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kasbiy ta’lim muassasalari va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligini ta’minlashning ilmiy-metodik asoslari orqali bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashga xizmat qiluvchi tamoyillarga asoslangan holda maktabgacha ta’lim tashkiloti va kasbiy ta’lim muassasalari tarmoqlararo integratsiya tuzilmasi takomillashtirishga doir takliflardan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 1-iyuldagi 03-03/1-591-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan elektron darslik tarbiyachi kasbi mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash texnologiyalari tezkor qaror va tizimli tahlil kabi amaliy faoliyatning integrativ ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi imitatsiya mashqlarini assotsiativ o‘quv jarayonida davriy monitoringli qo‘llash asosida takomillashtirishga doir takliflardan “O‘quvchilarda assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” nomli ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 1-iyuldagi 03-03/1-591-son ma’lumotnomasi).  Natijada, mazkur model kasbiy ta’lim mutaxassislarining kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
integrativ ta’lim muhitida bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash metodikasi mazmuniga “On the job training”, “VAK”, “Critical thinking development technology”, “Black box testing” kabi interaktiv metodlarni amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari asosida singdirish orqali takomillashtirishga oid takliflardan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim agentligining 2024-yil 1-iyuldagi 03-03/1-591-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur o‘qitish texnologiyalari va baholash mezonlari o‘quvchilarni kasbiy tayyorgarlik darajalarini aniqlashga va ta’lim sifatini oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish