Qodirov Najmiddin Elmirza o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Individual yondashuvi asosida talabalarda loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari fani misolida)”
13.00.02 – ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2. PhD /P7674.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muqimov Bayramali Rahimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlar doktori,parafessor. Ximmataliev Do‘stnazar Omonovich; texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Qo‘chqorov Jurat Jalilovich.
Yetakchi tashkilot – Jizzax politexnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Individual yondashuv asosida talabalarda loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: quyidagilardan iborat.
individual yondashuv qo‘llanilgan ta’lim jarayonida talabaning loyihalash va konstruksiyalash bo‘yicha kompetensiyasini rivojlantirish jarayoni didaktik imkoniyatlarni hisobga olgan holda shakllanadi. Bu jarayon shaxsning mavjud qobiliyatlari, tafakkur darajasi va ijodiy g‘oyani loyiha ko‘rinishida mustaqil namoyon eta olishiga tayanadi. Shu bilan birga, refleksiv mulohaza yuritish, konstruktiv rejalashtirish va muammoni mustaqil hal etish ko‘nikmalari asosida uning mazmuni aniqlashtirilgan;
talabalarda loyihalash va konstruksiyalash kompetensiyasini shakllantirish modeli yangilangan ko‘rinishda ishlab chiqilgan bo‘lib, bunda konstruksiya vazifalari hamda loyihalash jarayonlari ta’lim muassasalari va sanoat hamkorlari bilan hamkorlikda, jamoaviy va bosqichma-bosqich tarzda takomillashtirilgan;
individual yondashuv asosida loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi bilim va ko‘nikmalarni fanlararo loyihalar hamda simulyatorlar orqali faollashtirish, amaliy, ijodiy va ijtimoiy qadriyatlarga yo‘naltirilgan jarayonlarni moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
suv xo‘jaligi va melioratsiya yo‘nalishi talabalarini kasbiy tayyorlash jarayonida loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi-loyihalash jarayonida yaratilgan mahsulotning innovatsionligi va amaliy qiymati, mustaqil qaror qabul qilishdagi kreativ mahorati hamda kasbiy tayyorgarligini amaliy-kreativ refleksiyaga yo‘naltirish asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Individual yondashuvi asosida talabalarda loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda individual yondashuv asosida loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyasini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari shaxs indiviudal xususiyatlari hamda muhandislik faoliyatining konstruktiv xususiyattini inobatga olgan holda analitik-diagnostik; motivatsion-mo‘ljalli; maqsadli-tashxisli; kasbiy-izlanuvchilik; refleksiv-baholash (yakuniy) kabi bosqichlardan iborat yaxlit algoritmik jarayon sifatida aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi OTFIVning 25.06.2025 yil 218-son buyrug‘i, № 39720 guvohnoma). Natijada, mazkur o‘quv-uslubiy taʼminot orqali bo‘lajak muhandis tayyorlashning sifatini oshirishga erishilgan;
talabalarning loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyasini rivojlantirishning funksional modeli jarayonli blokiga motivatsion, konstruktiv, kommunikativ, tashkiliy, individual va uslubiy shart-sharoitlarga muvofiq individual rivojlanish dasturi, elektron platforma va individual tadqiqot topshirig‘ini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan ma’lumotlardan xulosalardan “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi OTFIVning 25.06.2025 yil 218-son buyrug‘i, № 39720 guvohnoma). Natijada, bo‘lajak muhandislarni loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni tizimli tashkil etilishiga xizmat qilgan;
individual yondashuv asosida suv xo‘jaligi va melioratsiya yunalishi talabalarining loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi shaxs refleksivlik holatini muntazam korreksiyalash bo‘yicha individual faoliyatning ijobiy dinamikligini kengaytirishga yo‘naltirilgan individual ta’lim traektoriyasi asosida takomillashtrilganligiga doir xulosalar “Suv tejamkor sug‘orish texnologiyalari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi OTFIVning 25.06.2025 yil 218-son buyrug‘i, № 39720 guvohnoma). Natijada, bo‘lajak muhandisning loyihalash-konstruksiyalash kompetensiyalarini rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan.