Tursunov Shoxjaxon Mustafoevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyo dolomitdan brusit ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5029.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat texnika universiteti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Jumanova Miyasar Ortikovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo Dehqonobod dolomitini sulfat kislota bilan qayta ishlash orqali brusit hamda gips ajratib olishning resurstejamkor texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy Dehqonobod dolomitidan magniy oksid (MgO) olishning laboratoriya sharoitida asoslangan texnologik usuli aniqlangan; 
Dehqonobod dolomitni H2SO4 bilan parchalash jarayonining maqbul texnologik parametrlari, kislota konsentratsiyasi 30%, stexiometrik meyori 100%, dolomitni parchalanish harorati va davomiyligi mos ravishda 50oC va 60 daqiqaga teng ekanligi va bunda magniyni eritmaga o‘tish samaradorligi 99,62-99,97% bo‘lishi aniqlangan; 
magniy sulfat eritmasidan magniy gidroksidni cho‘ktirishning ammiakli neytrallash jarayoni chuqur tahlil qilinib, pH = 11 - 11,5, harorat 25 - 30°C bo‘lganda, 100% cho‘kish samaradorligi isbotlangan;
magniy oksid, gips hamda ammoniy sulfat olishning maqbul tarkibi XRD-rentgenafazali, SEM-skanerlovchi elektron mikroskop, IQ-spektroskopik, TGA-Termogravimetrik va fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida aniqlangan; 
Dehqonobod dolomitini 30% li sulfat kislota bilan 10:1 gidromodulda parchalashning eng optimal sharoiti ekanligi hamda bunda toza brusit (MgO-82,0%) olish isbotlangan; 
Dehqonobod dolomitidan brusit olishdan tashqari magniy oksid (MgO), gips (CaSO4·2H2O) va ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) olishning resurstejamkor va chiqindisiz kompleks texnologiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyo Dehqonobod dolomitini sulfat kislota bilan qayta ishlash orqali brusit hamda gips ajratib olishning ilmiy asoslarini o‘rganish orqali chiqindisiz resurstejamkor kompleksli texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Dehqonobod dolomitidan brusit ajratib olishning takomillashtirilgan texnologiyasi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 2025 yil 26 iyundagi 2232/052-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ajratib olingan brusitning magniy oksidi tarkibi 82% bo‘lishi hamda olingan brisut reagenti mineral o‘g‘itlarning gigroskopik xossalarini yahshilash imkonini beradi;
mahalliy xomashyo dolomitdan brusit olish texnologiyasining takomillashtirilgan qurilmasi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJning “2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati”ga kiritilgan (“Dehqonobod kaliy zavodi” AJning 2025 yil 26 iyundagi №2232/052 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyo tabiiy dolomitdan brusit, qurilish materiallarida keng qo‘llaniladigan gips, ammiakli o‘g‘it ajratib olish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish