Latipov Xurshid Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Evro-5 talablariga javob beradigan yuqori oktanli avtomobil benzinlari ishlab chiqarishning yangi texnologiyasini yaratish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5549.
Ilmiy rahbar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Oybek Yuliboevich, texnika fanlari doktori, professor; Igamkulova Nargisa Abduvalievna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Evro-5 talablariga javob beradigan yuqori oktanli avtomobil` benzinlari ishlab chiqishning yangi texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izomerizatsiya jarayoni uchun yuqori sifatli xom ashyo olishda uch fazali splitterning optimal ish rejimi ya’ni harorat 179°C va bosim P=3,8 bar ekanligi aniqlangan;
Evro-2 stardartiga javob beradigan AI-80 (50%), izopentan (30%) va bioetanol (20%) larni kompaundlash orqali oktan soni 12 punkga ortgan Evro-3 benzin olish imkoniyati aniqlangan;
gidrotozalangan naftani yuqori samarali fraksiyalarga ajratishga mo‘ljallangan kolonna 144 ta tarelka va ikkita reboyler bilan jihozlanadi, hamda 68°C dan 179°C gacha bo‘lgan harorat gradatsiyasini ta’minlashi va yuqori selektivlikka ega fraksiyalarni olish imkonini berishi isbotlangan;
Evro-5 talablariga javob beradigan yuqori oktanli avtomobil` benzini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Riformat va izomerizatsiya komponentlari asosida Evro-5 talablariga javob beradigan yuqori oktanli avtomobil` benzinlarini ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
izopentan, engil nafta va og‘ir naftalarni samarali ajratish uchun uch fazali splitterni qo‘llash texnologiyasi “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil 14 avgustdagi 37-48/2010-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, splitter rejimini maqbul sharoitlarida 10-15% energiya tejash imkonini beradi;
mahalliy xomashyolar asosida Evro-5 talablariga javob beradigan yuqori oktanli benzin olish texnologiyasi “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2026–2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2025 yil 14 avgustdagi 37-48/2010-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oktan soni 92-98 (RON) bo‘lgan benzin olish imkonini beradi.