Jumaeva Gulniso Yulchi qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Suvni organik va noorganik ifloslantiruvchilardan tozalash uchun akrilamid sopolimerlari asosida flokulyantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5223.
Ilmiy rahbar: Eshmetov Izzat Dosimbatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Maxkamov Ravshan Raximovich, kimyo fanlari doktori; Abduraximov Akmal Xodjiakbarovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akrilamid sopolimerlari asosida flokulyantlar olish texnologiyasini ishlab chiqish hamda ular yordamida suvni organik va noorganik ifloslantiruvchilardan tozalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
7FAK–8FAK sopolimerlari uchun optimal sintez sharoitlari AA/AK = 7–8/1 nisbatida 45–50 °C da, 7FMK–8FMK sopolimerlari uchun esa AA/MK = 7–8/1 nisbatida 50–55 °C da ekanligi, bu polimerizatsiya tezligi va inisiatorning parchalanishi o‘rtasidagi muvozanat bilan bog‘liq bo‘lib, yuqori o‘nim va qovushqoqlik ko‘rsatkichlarini ta’minlashi aniqlangan;
AA–AK va AA–MK sopolimerlari suvda eruvchan qoldiq monomerlarsiz amido-karboksil gruhlarga ega chiziqli statistik zanjirlardan tashkil topgan va termobarqarorligi bilan farqlanib (8FMK uchun kimyoviy destruksiya boshlanishi ~40–50 °C ga yuqoriga siljishi qayd etilgan), bu esa maleinat bo‘g‘inida ikkita karboksil guruhining yonma-yon joylashuvi bilan isbotlangan;
kalsiy karbonat suspenziyasida 8FMK 0,125–0,20 % konsentratsiyada 88 % gacha, 8FAK esa ≈0,25 % da 75 % atrofida tiniqlashishni ta’minlab (bentonit suspenziyasida 8FAK va 8FMK 0,25–0,50 % diapazonda 82–88 va 70–75 %), bu CaCO3 yuzasida 8FMK ning karboksil guruhlari orqali hosil bo‘ladigan kalsiy-koordinatsion «ko‘priklar» va manfiy zaryadlangan smektit plastinkalarida uzun polimer ko‘priklar talab etilishi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
barqaror «neft–suv» emulsiyalarida har ikki sopolimer ham tizimni ko‘priksimon flokulyasiya rejimiga tez o‘tkazishi va 8FMKning 0,25 % miqdorida tiniqlashish tezligi t50 ≈ 15 soat, 8FAK uchun esa t50 ≈ 16–17 soat bo‘lib, bu 8FMK sistemasida fazolar ora chegara plyonkasida yuqori adsorbsion/koordinatsion qobiliyatiga ega karboksil guruhlari miqdori ko‘pligi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Akrilamid sopolimerlari asosida suvni tozalash uchun flokulyantlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oqava suvlarni organik va noorganik mddalardan tozalash uchun flokulyantlar ishlab chiqarish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» AJ QKning «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimezavod» AJ QKning 2025 yil 25 avgustdagi 95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sintez qilingan mahsulotlar mahalliy sharoitida import qilingan flokulyant analoglarini to‘liq almashtirish imkonini beradi;
akril va malein kislotalari bilan akrilamid sopolimerlari asosida oqava suvlarni tozalash uchun flokulyantlar «Elektrokimyozavod» AJ QKning «2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimezavod» AJ QKning 2025 yil 25 avgustdagi 95-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qoldiq ko'rsatkichlarini tijorat PAAGA nisbatan muallaq moddalar 20-30 %, loyqalik 25-35 %, XPK 20-35 %, BPK₅ 25-30% va umumiy organik uglerod 20-30 % ga kamaytirish orqali texnik suvga muvofiqligini ta'minlash imkonini beradi.