Muxamedjanova Sabrina Djamolitdinovnaning 
fandoktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tikuv mashinasi igna va moki iplarini taranglash qurilmalarining samarali konstruksiyalarini ishlab chiqish va parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslari”, 05.02.03 – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/T750
Ilmiy maslahatchi: Djuraev Anvar, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” DSc.30/30.11.2021.T.141.01    
Rasmiy opponentlar: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti 
texnika fanlari doktori, professor  Muxammadiev Davlat Mustafaevich, Namandan davlat texnika universiteti fizika -matematika fanlari doktori, professor  Sharibaev Nosirjon Yusufjonovich va Jizzax politexnika institutidan texnika fanlari doktori, dotsent Egamberdiev Fazliddin Otakulovich
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalari ilmiy tadqiqot instituti
II. Tadqiqotning maqsadi: Tikuv mashinasida igna ipini taranglagichini ikki tomonlama va amartizatorli tebranuvchi tarelkali, hamda moki ipi taranglagichining moslashuvchan plastinali konstruksiyalarini, nazariy va tajribaviy tadqiqotlar asosida parametrlarini hisoblashning ilmiy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zgaruvchan strukturali iplarni tikishda sifatli bahyaqatorlarni hosil qilishda taranglagichda igna ipi bilan tarelkalar orasidagi ishqalanish kuchini hisoblashning analitik ifodasi uch rezina halqalari bikrliklarini, tarelkalar tebranma siljishlarni inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
sifatli choklarni ta’minlaydigan ip taranglagich tarangliklari siljishi tezlik, tebranish amplitudalari tavsiya qiymatlari ularning massasini, matolar qalinligi, bikrliklarini hamda tikish tezligini o‘zgarishiga bog‘liq ravishda aniqlangan;
igna ipini taranglash qurilmasida kirish va chiqishdagi tarangliklarining o‘zgarish qonuniyatlariga bog‘liq ravishda qo‘zg‘aluvchan moslashuvchi qabariq tarelkalari tomonlaridagi konussimon prujina va rezinali amortizatorlar bikirliklarini aniqlash ifodasi ishlab chiqilgan;
ikki konusli bir tomonga va qarama-qarshi yo‘nalgan prujinalari bo‘lgan igna ipini taranglagichi tarelkalarini tebranishlarini ifodalovchi matematik modeli olindi hamda Duffing metodidan foydalanib prujinalar bir xil va qarama-qarshi yo‘nalishlarda olingan holat uchun tarelkalar tebranish qonunini, tebranish amplitudasini ifodalovchi hisoblash formulasi, tarelkalar massalari, prujinalar nochiziqli bikrliklarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan;
moki ipini plastinasimon taranglagichining erkin va majburiy tebranishlarini modellashtirish bilan plastina tebranma xarakatini moki ipining tarangligini o‘zgarishiga bog‘liqlik qonuniyatlari olingan, plastina tebranish amplitudasini kamaytirish uchun unga ta’sir kuchini nochiziqli bog‘lanishda pasaytirish ip tarangligini kamaytirish hisobiga bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:Tavsiya etilgan uch rezina halqali va moki ipini plastinasimon taranglagichining konstruksiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
yuqori sifatli qo‘shipli zanjirli bahyaqatorni olish maqsadida uch rezina xalqali va moki ipini plastinasimon taranglagichining konstruksiyalarini “O‘zto‘qimachiliksanoat” ” uyushmasi  tizimidagi  “Shofirkon ekvatorial teks ” MChJ, “G‘ayrat chodak” MChJ korxonalarida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 20 noyabr №03/25-3124 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish unumdorligini 1,1-1,2 baravar oshirish imkoniyati yaratildi, ipning uzilishlar 35% ga kamaydi, choklarning sifatli bahya qator hosil qilish imkoni yaratildi.
uch rezina xalqali va moki ipini plastinasimon taranglagichli tikuv mashinasida qo‘llanilganda, qo‘shipli zanjir bahyachoklari olindi, natijada “O‘zto‘qimachiliksanoat” tizimidagi “Uniteks” MChJ, “Shamshirgaron” MChJ korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024 yil 20 noyabr №03/25-3124-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish unumi 25-30% ga oshdi, tikish sifati unumi 25 % oshirish imkoniyati yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish