Xodjaev Qudrat Sherzadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani havodan ajratib olishda aerodinamik qarshilikni va chigit shikastlanishini kamaytiruvchi separator konstruksiyasini yaratish”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.1.PhD/T4484
Ilmiy rahbar: Abbazov Ilxom Zapirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.06.2020.T.115.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, professor. Ulug‘muradov Xamroz Yusuf o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani dastlabki ishlash jarayonida paxtani havodan ajratuvchi uskunaning takomillashtirilgan texnologiyasini joriy qilish asosida aerodinamik qarshilikni kamaytirish va paxta chigiti va tolasini shikastlanishini oldini olishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pnevmotransport tizimida paxtani havodan ajratib olish separator uskunasining aerodinamik qarshilikni kamaytiruvchi va paxta chigiti va tolasini shikastlanishini oldini olidigan takomillashtirilgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
takomillashtirilgan separatorda havo qarshilik kuchi koeffisientining turli qiymatlarida havo oqimi va paxta bo‘lakchalarining tezliklarini kamera o‘qi bo‘ylab o‘zgarishi havoning qarshilik kuchi koeffisientini hisobga olgan holda aniqlangan;
separatorning to‘rli sirt yuzasidagi paxta oqimining kelishi natijasida paxta qatlamida bosim bilan g‘ovaklik orasidagi bog‘liqligi aralashma komponentlarini bir o‘lchamli harakati tenglamasi va massani saqlanish qonuniga asosan aniqlangan;
Takomillashtirilgan separatorda paxtaning boshlang‘ich iflosligi, havoning tezligi va turli yuza teshiklarining yuzasini separatorning ish unumdorligiga ta’siri kiruvchi faktorlarni kodlashtirilgan qiymatlarini o‘zgarmas deb qabul qilgan holda bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot chigitli paxtani havodan ajratuvchi takomillashtirilgan separator konstruksiyasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilgan paxtani havodan ajratuvchi separator texnologiyasi «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonada, jumladan Xorazm viloyatidagi «Xazorasp Textil» MChJga qarashli “Xazorasp paxta tozalash” korxonasiga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 2025 yil 14 maydagi 03/25-1019-son ma’lumotnomasi). Natijada chigitli paxtaning Sulton seleksion navli I nav 2-sinfli paxtaning dastlabki namligi o‘rtacha 5,8% ga, paxtaning ifloslik darajasi o‘rtacha 3,21% ga teng bo‘lgan paxtani arrali janda jinlanganidan so‘ng uni HVI da tolaning boshlang‘ich sifat ko‘rsatkichlari tekshirilganida Area-iflos aralashmalar maydoni o‘rtacha 0.3%, Cnt-iflos aralashmalar soni o‘rtacha 25,8 donani, UHM- yuqori o‘rtacha uzunlik 1,138 dyum, ML- o‘rtacha uzunlik 0,942 dyum, Unf- uzunlik bo‘yicha bir xillik indeksi 81.06%, SFI- kalta tolalar indeksi 6,66% ni tashkil qilishi aniqlangan.
Chigitli paxtani havo tarkibidan ajratib olish separator qurilmasiga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (“Paxta xom ashyosi uchun separator”, №IAP 7917-2025 y.). Natijada separator qurilmasining aerodinamik qarshiligi 20% ga kamayitirishga va ventilyatorga sarflanadigan elektor energiyani kamaytirish imkoni yaratilgan;