Ne’matov Davlatbek Berdiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Suv omborlari suv resurslaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishning gidravlik usullarini takomillashtirish (Zomin suv ombori misolida)” 05.09.07–“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4 PhD/T6076.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.41/30.04.2021.T.131.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar:Paluanov Daniyar Tanirbergenovich – Toshkent davlat texnika universiteti "Gidroenergetika va gidravlika" kafedrasi professori, texnika fanlari doktori.
Eshquvatov Quvonchbek Shavkatovich – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Gidrologiya va gidrogeologiya kafedrasi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Suv omborlari suv resurslarini irrigatsiya, gidroenergetika, ichimlik suv ta’minoti o‘rtasida ishonchli va xavfsiz taqsimlashning gidravlik usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
optimallashtirish nazariyasi uslublari asosida suv omborida irrigatsiya, gidroenergetika va ichimlik suv ta’minoti tizimlarining maqbul ishlash rejimini ta’minlovchi energetik va gidravlik parametrlarni hisoblash usullari  takomillashtirilgan; 
Shturma-Liuvill` nazariyasi asosida suv omboridagi gidroelektrstansiya ishlab chiqaradigan elektr energiya parametrlari hamda suv ombordagi suv sathi dinamikasining gidravlik modeli takomillashtirilgan; 
suv va ionlar konsentratsiyasi dinamikasining balans tenglamasi asosida suv omborining gidrokimyoviy rejimini o‘zgarishiga bog‘liq holda aholini xavfsiz va ishonchli ichimlik suvi bilan ta’minlash parametrlarini hisoblashning gidravlik usuli takomillashtirilgan;
irrigatsiya-energetika va ichimlik suv ta’minoti tizimini muvofiqligini ta’minlash konseptual model` asosida suv omboridan irrigatsiya, gidroenergetika va ichimlik suv ta’minotida ishonchli va xavsiz foydalanishning maqbul ish rejimi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.Suv omborlari suv resurslaridan ishonchli va xavfsiz foydalanishning gidravlik usullarini takomillashtirishdan olingan natijalar asosida:
tizimlarining maqbul ishlash rejimini (mutanosibligini) ta’minlovchi energetik va gidravlik parametrlarni takomillashtirilgan hisoblash usullari hamda suv omboridagi gidroelektrstansiya ishlab chiqaradigan elektr energiya parametrlari hamda suv ombordagi suv sathi dinamikasining gidravlik modeli Sirdaryo-Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi  vazirligining 2025 yil 10 oktyabrdagi 04/19-5471 son ma’lumotnomasi). Natijada, Zomin suv ombori suv resurslaridan foydalanishda nomutnosiblar mavjudligi sababli kuzatiladigan suv taqchilligi oldi olinib, yiliga o‘rtacha qo‘shimcha 90,0 mln.m3 suv resurslaridan samarali foydalanishga erishilgan. 
Suv omboridan irrigatsiya, gidroenergetika va ichimlik suv ta’minotida ishonchli va xavsiz foydalanish uchun ishlab chiqilgan maqbul ish rejimi hamda suv omborining gidrokimyoviy rejimini o‘zgarishiga bog‘liq holda aholini xavfsiz va ishonchli ichimlik suvi bilan ta’minlash parametrlarini hisoblashning takomillashtirilgan gidravlik usuli Zomin irrigatsiya tizimi boshqarmasi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 10 oktyabrdagi 04/19-5471 son ma’lumotnomasi). Natijada, suv taqchilligi oldi olinib, suv omboridan kompleks foydalanish tizimi takomillashtirilib, yiliga o‘rtacha 6-8 foiz suv resurslaridan samarali foydalanishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish