Mamadboev Shoxrux Baxodirjonovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa  doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyalari (“Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yo‘nalishi misolida)”, 13.00.07 – Ta’limda menejment. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.2 PhD/Ped4270
Ilmiy rahbar: Sobitxon Toshpo‘latovich Turg‘unov, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; 
Xusanova Sumbul Islamovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi talabalarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va tuzilmaviy boshqaruv texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
talabalarni favqulodda vaziyatlar sohasida preventivlik ko‘nikmasini rivojlantirish pedagogik jarayonlarda favqulodda vaziyatlar va ularning vujudga kelishini klasterlash, favqulodda vaziyatlarning sodir bo‘lishini statistik tahlillar asosida bashoratlash, xavf va tahdidlarga situativ baho berish, fundamental tamoyillar va favqulodda vaziyatlarning loyihalashlarni integrativ o‘qitish asosida aniqlangan;
talabalarda favqulodda vaziyatlarda xavfsiz, to‘g‘ri va tezkor harakatlarni muvofiqlashtirilgan, tizimlilik va umumiylik prinsiplariga asoslanilgan, o‘zini-o‘zi boshqarish va mustaqil qaror qabul qilish, xavflarni kognitiv baholash, tahdidlarda emmotsional barqarorlik va induvidual qarorlar qabul qilish kabi emperik jihatlari uyg‘unlashtirilgan 3V algoritmi ishlab chiqilgan; 
talabalarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlarining simulyativ muhitida shaxsiy xavfsizlik dominantligini ta’minlangan holda xalqaro tajriba DRSABC protsedurasini o‘quv dasturlariga integratsiyalangan tarzida, jabrlanuvchilarga empativ va altruistik munosabatda bo‘lish kabi hissiy jihatlarini ta’limiy-tarbiyaviy faoliyat bilan korrelyasiyasiga ustuvorlik berish orqali birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘nikmasi rivojlantirilgan;
talabalarda favqulodda vaziyatlarda boshqarish jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan favqulodda vaziyatlarda boshqarish (Emergency Management (EM))ning tuzilmaviy boshqaruv texnologiyasiga o‘zaro integratsiya qilish, boshqaruvchiga emotsional intellekt omillari va sifatlarini singdirish, boshqaruv jarayonlarida vaziyatli yondashuvlarni tarkib toptirish asosida tuzilmaviy boshqaruv texnologiyasi takomillashtirilgan hamda talabalarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nimalarini rivojlantirish va tuzilmaviy boshqaruv texnologiyasini maqsadli, jarayonli va natijaviy komponentlarga asoslanilgan funksional-modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
pedagogik jarayonlarda xavf va ularning vujudga kelishini klasterizatsiyalash ya’ni xavflar ularni yuzaga kelish sabablari, tasniflari va miqyoslari,  favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishini sitatistik prognozlashda xavflarni o‘tmishda sodir bo‘lganligiga asoslangan holda kelgusida sodir bo‘lishi ehtimolligi, xavf va tahdidlarga situativ baho berish sodir bo‘lish hududi va zarar omillari, xavfsizlik tamoyillari xavfdan muhofazalanishda tizimli va ilmiylikka asoalanishlar hamda favqulodda vaziyatlarning modellashtirish, rejalashtirishlarga qaratilgan “Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i hamda 596351-sonli nashr guvohnomasiga muvofiq). Natijada talabalarda favqulodda vaziyatlarda sohasida pereventivlik ko‘nikmasi - favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari, vaziyatlarga baho berish, xavflar yuzaga kelishini prognozlash, kognitiv faollikda amalga oshishi, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda qat’iy tamoyillarga amal qilishi va loyihalash ko‘nikmasini uyg‘unligida sodir bo‘lishini shart-sharoitlari hamda didaktik imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiligan;
oliy ta’lim tashkiloti talabalarini favqulodda vaziyatlarda xavfsiz, to‘g‘ri va tezkor harakatlarni muvofiqlashtirilgan, tizimlilik va umumiylik prinsiplariga asoslanilgan, o‘zini-o‘zi boshqarish va mustaqil qaror qabul qilish, xavflarni kognitiv baholash, tahdidlarda emmotsional barqarorlik va induvidual qarorlar qabul qilish kabi emperik jihatlari uyg‘unlashtirilgan 3V (vaziyatga baho berish + vahimaga berilmaslik + vaziyat yuz bergan joyni tark etish) algoritmi ishlab chiqilgan. Shuningdek, talabalarda favqulodda vaziyatlarda optimal harakatlanish ko‘nikmalari rivojlantirish va 3V algoritmini qo‘llashga doir O‘zbekiston Respublikasi Qizil yarim oy jamiyati Namangan viloyati tashkilotining davlat ijtimoiy buyurtmasi asosidagi 2023-yil 12-iyundagi 03/05-raqamli “Favqulodda vaziyatlarga tayyor bo‘lish – barchamizning burchimiz” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qizil yarim oy jamiyati Namangan viloyati tashkilotining 2024-yil 16-dekabrdagi 24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalar favqulodda vaziyatlar chog‘ida vaziyatga kretik baho berish, vahimaga tushmaslik (emotsional regulyasiya) va  xavfli vaziyat yuz bergan hududni tizimli tark etish ko‘nikmasi rivojlanishiga xizmat qilgan;
talabalarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlarining simulyativ muhitida shaxsiy xavfsizlik dominantligini ta’minlangan holda xalqaro tajriba DRSABC protsedurasini o‘quv dasturlariga integratsiyalangan tarzida, jabrlanuvchilarga empativ va altruistik munosabatda bo‘lish kabi hissiy jihatlarini rivojlantirish tavsiyalariga ega O‘zbekiston Respublikasi Qizil yarim oy jamiyati Namangan viloyati tashkilotining 84-0895-raqamli “Favqulodda vaziyatlarda aholiga birinchi yordam ko‘rsatish - professional burchimizdir” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Qizil yarim oy jamiyati Namangan viloyati tashkilotining 2024-yil 21-noyabrdagi 16-sonli ma’lumotnomasi). Natijalarning joriy qilinishi yo‘nalish talaba-yoshlarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va yordam berish jarayonlarida dastlab shaxsiy xavfsizligini ustunlik berish hamda tibbiy yordam ko‘rsatishda DRS ABC protsedurani qo‘llay olish ko‘nikmasi hamda  jabrlanuvchilarga empativ va altruistik munosabatlar rivojlanish dinamikasining o‘sish sur’atlariga xizmat qilgan;
talabalarda favqulodda vaziyatlarda boshqarish jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan favqulodda vaziyatlarda boshqarish (Emergency Management (EM))ning tuzilmaviy boshqaruv texnologiyasiga o‘zaro integratsiya qilish, boshqaruvchiga emotsional intellekt omillari va sifatlari singdirilgan “Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i va  735371-sonli nashr guvohnomasiga muvofiq) o‘quv qo‘llanmasdai mujassamlashtirilgan. Natijalarning joriy qilinishi asosida oliy ta’lim tashkiloti hozirgi kunda talabalar va kelajakdagi rahbar kadr sifatida qaralib, favqulodda vaziyatlarda tuzilmaviy boshqaruv texnologiyasini zamonaviy emergency management (EM) texnologiyasini komponentlari integrativligini ta’minlagan holda amaliy-faoliyat jarayonlarda qo‘llash orqali favqulodda vaziyatlarda tuzilmaviy boshqaruv texnologiyasini qo‘llash imkoniyati oshgan. Shuningdek, boshqaruvchining tarkibiy sifatlari va emmotsional intellekt hissiy sifatlarini rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatgan;
talabalarni favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nimalarini rivojlantirish va tuzilmaviy boshqaruv texnologiyasining funksional-modeli ishlab chiqishga doir uslubiy va amaliy tavsiyalarga ega O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i va  735371-sonli nashr guvohnomasiga muvofiq “Favqulodda vaziyatlar va aholi muhofazasi” o‘quv qo‘llanmasi tarkibiga singdirilgan. Natijada, talabalarda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga erishilgan. Shuningdek, talabalarni ekstremal vaziyatlarda harakatlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va samarali boshqarishni ta’minlashda didaktik ta’minoti takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish