Yusubov Jamshid Qadamovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Yangi O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirish tendensiyalari 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Ss52
Ilmiy maslahatchi: Quranbaev Qaxramon Qo‘chqorovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Ravshanov Fazliddin Ravshanovich siyosiy fanlar doktori, professor, Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich siyosiy fanlar doktori, professor, Bekmurodov Mansur Bobomurodovich sotsiologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlad iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirishning siyosiy-institusional asoslarini aniqlash, uning zamonaviy rivojlanish tendensiyalari va samaradorlik omillarini tahlil qilish hamda fuqarolik xizmatini ilmiy-nazariy jihatdan rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: davlat fuqarolik xizmatining institusionallashuvi jarayonida xizmatchilar shaxsiy-axloqiy fazilatlari (adolatparvarlik, fidoyilik, mas’uliyat) bilan xizmat majburiyatlari va tashkiliy talablar o‘rtasidagi ziddiyat, shuningdek “ijtimoiy intilish – amaliy sharoit” nomuvofiqligi ilk bor siyosiy-psixologik yondashuv asosida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni keltirib chiqaruvchi omil sifatida klassifikatsiya qilinib, kadrlar rotatsiyasi, xizmat barqarorligi va ichki nazorat mexanizmlarining samaradorlikka ta’siri dinamikasiga ko‘ra ochib berilgan;
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmati, hokimiyat tizimi va xizmatchilar o‘rtasidagi institusional ziddiyat hamda vertikal va gorizontal ta’sir mexanizmi ilk bor “balans modeli” asosida konseptuallashtirilib, ijobiy va salbiy holatlar nisbati komparativ yondashuv orqali baholandi hamda muvozanatni ta’minlashning davlat xizmatining samaradorligiga ta’siri kadrlar mobilligi, institusional barqarorlik va jamoatchilik ishonchi mezonlari asosida balanslashgan samaradorlik tamoyiliga ko‘ra ochib berilgan;
kadrlarni tanlash, tayyorlash va tayinlash “uchligi” tizimida kadrlar tayyorlash maktablaridagi institusional inersiya ilk bor kompetensiyaviy-integratsion model asosida ochib berilib, yosh rahbarlarning amaliy ko‘nikma va siyosiy-iqtisodiy bilimining etarli emasligi davlat xizmatining samaradorligiga ta’sir etuvchi omil sifatida baholandi hamda ushbu inersiyani bartaraf etishga xizmat qiluvchi innovatsion mexanizmkadrlar tayyorgarligining zanjirli integratsiyasi va malakani oshirish hamda amaliy tayyorgarlik jarayonlariga raqamli ta’lim vositalari joriy etilishi asosida takomillashtirilgan;
davlat fuqarolik xizmatida jamoatchilik nazoratining sustligi hamda davlat xizmatchilarida siyosiy ong va siyosiy madaniyat darajasining etarlicha shakllanmaganligi institusional barqarorlikka salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida siyosiy-madaniy kompetensiyaviy model asosida ochib berilib, ushbu jarayonda oliy ta’lim tizimida bo‘lajak davlat xizmatchilarida amaliy ko‘nikma va fuqarolik madaniyatini rivojlantirishni ta’minlaydigan “kompetensiyaviy sintez modeli”ga ehtiyoj zarurligi institusional refleksiya mexanizmi nuqtai nazaridan asoslangan;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida davlat fuqarolik xizmati samaradorligini ta’minlovchi ausorsing va kraudsorsing kabi siyosiy boshqaruv texnologiyalari fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati bilan hamkorlik, ochiq muloqot va jamoatchilik fikrini inobatga olish mexanizmlari orqali uyg‘unlashtirilib, ochiqlik (transparency), hisobdorlik (accountability) va jamoatchilik ishtiroki (participation) tamoyillari asosida institusional barqarorlik va ijtimoiy sheriklik mezonlariga ko‘ra takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yangi O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirish tendensiyalari bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
davlat fuqarolik xizmatining institusionallashuvi jarayonida xizmatchilar shaxsiy-axloqiy fazilatlari (adolatparvarlik, fidoyilik, mas’uliyat) bilan xizmat majburiyatlari va tashkiliy talablar o‘rtasidagi ziddiyat, shuningdek kadrlar rotatsiyasi, xizmat barqarorligi va ichki nazorat mexanizmlarining samaradorlikka ta’siri dinamikasini ochib berishga doir xulosalardan norma ijodkorligi faoliyati jarayonida Qonunni ko‘rib chiqilishi jarayonida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi 
(1 bob, 4, 5-modda, 3 bob, 11, 12-modda, 5 bob, 24-modda, 7 bob, 36-moddalarida keltirilgan normalarni ishlab chiqish)ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining 2024-yil 1-fevraldagi 13-sonli dalolatnomasi). Natijada mahalliy davlat hokimiyati organlariga davlat xizmatchisi faoliyatining samaradorligini baholash(KPI), ma’lumotlarni tahlil etish hamda davlat fuqarolik xizmatining asosiy prinsiplariga amal qilishga oid topshiriqlarni shakllantirishga xizmat qilgan. 
O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmati, hokimiyat tizimi va xizmatchilar o‘rtasidagi institusional ziddiyat hamda vertikal va gorizontal ta’sir mexanizmi, ijobiy va salbiy holatlar nisbati komparativ yondashuv orqali baholanishi hamda muvozanatni ta’minlashning davlat xizmatining samaradorligiga ta’siri kadrlar mobilligi, institusional barqarorlik va jamoatchilik ishonchi mezonlari asosida balanslashgan samaradorlik tamoyiliga oid xulosalardan  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining faoliyatida foydalanilgan  (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 11-martdagi 01-1-263-son ma’lumotnomasi). Natijada 2023 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 5-yo‘nalishida belgilangan vazifalarni bajarish  va davlat fuqarolik xizmati tizimida qonuniylik, adolatlilik, xalqqa xizmat qilish tamoyillarini takomillashtirishga oid amaliy takliflarni ishlab chiqishga xizmat qilgan. 
kadrlarni tanlash, tayyorlash va tayinlash “uchligi” tizimida kadrlar tayyorlash maktablaridagi institusional inersiyaning kompetensiyaviy-integratsion model asosida ochib berilishi, yosh rahbarlarning amaliy ko‘nikma va siyosiy-iqtisodiy bilimining etarli emasligi davlat xizmatining samaradorligiga ta’sir etuvchi omil sifatida baholanishi hamda ushbu inersiyani bartaraf etishga xizmat qiluvchi innovatsion mexanizm kadrlar tayyorgarligining zanjirli integratsiyasi va malakani oshirish hamda amaliy tayyorgarlik jarayonlariga raqamli ta’lim vositalari orqali joriy etilishiga doir xulosalardan mahalliy davlat ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutining 2024-yil 2-martdagi 01-12/10-sonli dalolatnomasi). Natijada Yoshlar ishlari agentligida davlat fuqarolik xizmatiga oid bilimlarini oshirish, ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy salohiyatini yanada yuksaltirish, rahbarlik va boshqaruv ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
davlat fuqarolik xizmatida jamoatchilik nazoratining sustligi hamda davlat xizmatchilarida siyosiy ong va siyosiy madaniyat darajasining etarlicha shakllanmaganligi institusional barqarorlikka salbiy ta’sir etuvchi omil sifatida siyosiy-madaniy kompetensiyaviy model asosida ochib berilishi, ushbu jarayonda oliy ta’lim tizimida bo‘lajak davlat xizmatchilarida amaliy ko‘nikma va fuqarolik madaniyatini rivojlantirishni ta’minlaydigan “kompetensiyaviy sintez modeli”ga ehtiyoj zarurligini asoslashga doir xulosalardan 2022 yildan boshlab “O‘zbekiston” telekanalining “Munosabat” teleko‘rsatuvi hamda “O‘zbekiston 24” telekanalining “Menimcha…” teleko‘rsatuvi ssenariysida, ijtimoiy-siyosiy tahlil material tayyorlash va efirga uzatishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 4-martdagi 04-15/453-son dalolatnomasi). Natijada davlat fuqarolik hizmati sohasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi va ahamiyati bilan yaqindan tanishtirishga ilmiy-tahliliy manba hamda yoshlarning, xususan, aholimizning davlat fuqarolik hizmatiga oid ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy bilim va dunyoqarashini shakllantirishga xizmat qilgan.
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida davlat fuqarolik xizmati samaradorligini ta’minlovchi ausorsing va kraudsorsing kabi siyosiy boshqaruv texnologiyalari fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati bilan hamkorlik, ochiq muloqot va jamoatchilik fikrini inobatga olish mexanizmlari orqali uyg‘unlashtirilishi hamda ochiqlik (transparency), hisobdorlik (accountability) va jamoatchilik ishtiroki (participation) tamoyillari asosida institusional barqarorlik va ijtimoiy sheriklik mezonlariga ko‘ra takomillashtirilishiga doir xulosalardan  Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining 2024-yil 11-martdagi JD97926868-son dalolatnomasi). Natijada, davlat fuqarolik xizmatida yuksak kasb etikasini shakllantirishga oid materiallarni tahlil qilish, prognozlashtirish ko‘rsatkichlarini tayyorlashda metodik manba sifatida xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish