Najmetdinova Mavludaxon Mamasodiqovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
 “Yangi O‘zbekiston yoshlarining ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda ommaviy-madaniy tadbirlarning ahamiyati: ijtimoiy-falsafiy tahlil”  
09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal986
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qambarov Abdumutal Ahadjanovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Abdumalikov Abdulatif Abidjanovich falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor. Suvonov Ilhom Abdixalimovich Falsafa fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda ommaviy-madaniy tadbirlarning ahamiyatini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ommaviy-madaniy tadbirlarning jamiyat ma’naviy hayotidagi “miqdor” va “sifat” o‘zgarishlari dinamikasi (ijtimoiy sohasidagi qadriyatlarining yaratilish ko‘lami va yangi tarixiy davr kontekstida ma’rifiy innovatsiyalar) bilan aloqadorligi asoslangan;
ommaviy-madaniy tadbirlarni tartibga solish yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda ommaviy-madaniy tadbirlarning akmeologik o‘rni (ijodiy faoliyatda ratsionallik uyg‘unligini ta’minlash)  aniqlangan;
jamiyatda ma’naviy muhitni takomillashtirishda tarixiy va zamonaviy determinantlari (ommaviy-madaniy tadbirlar generatsiyasiga ma’naviy, ma’rifiy, madaniy sohadagi o‘zgarishlarning ta’siri) yoshlar ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish omili ekanligi ochib berilgan;
madaniy tadbirlar kontekstida olib boriladigan ma’naviy tarbiya tizimida  (xalqchillik, aniqlik, natijadorliklik) yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantiruvchi madaniy tadbirlarni  tashkil  etish  komponentlari  (g‘oyaviy-estetik vazifa, singdirilgan mazmun, shakl-uslub-vosita) ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yoshlar ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda ommaviy-madaniy tadbirlarning o‘rni masalasi bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
ommaviy-madaniy tadbirlarning jamiyat ma’naviy hayotidagi “miqdor” va “sifat” o‘zgarishlari dinamikasi (madaniyat sohasidagi qadriyatlarining yaratilish ko‘lami, gnoseologik-pedagogik faoliyat bilan bog‘liq dogmalardan xolos bo‘lish, yangi tarixiy davr kontekstida ma’rifiy innovatsiyalarning o‘rni) bilan aloqadorligini ilmiy asoslash hamda jamiyatda ma’naviy muhit qaror topishining tarixiy va zamonaviy determinantlari (ommaviy-madaniy tadbirlar generatsiyasiga ma’naviy, ma’rifiy, madaniy sohadagi o‘zgarishlarning ta’siri) yoshlar ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish ob’ektiv omillari ekanligi,shu bilan birga madaniy tadbirlar kontekstida olib boriladigan ma’naviy tarbiya tizimi talablari (xalqchillik, aniqlik, natijaviylik, samaradorlik, qiyosiylik, ko‘rgazmalilik, xilma-xillik, dolzarblilik)ga doir xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2017-2020 yillar davimoda bajarilgan (OT-F-88l sonli “O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilini tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 29-fevraldagi 04/11-1615-sonli Dalolatnomasi). Natijada, ommaviy-madaniy tadbirlarni amalga oshirishda akseologik munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy faoliyat uyg‘unligini aniqlovchi omillarning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish tamoyillari hamda uning shaxs ijodiy faoliyatiga yuksalishiga xizmat qilgan.
ommaviy-madaniy tadbirlarni tartibga solish va ularning yoshlar fazilatlarini takomillashuvidagi o‘rni hamda yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishda ommaviy-madaniy tadbirlarning akmeologik-gumanistik roli (ijodiy faoliyatda ma’naviylik bilan ratsionallik uyg‘unligini ta’minlash) asosida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantiruvchi madaniy tadbirlarni tashkil etish komponentlari (g‘oyaviy-estetik vazifa, singdirilgan mazmun, shakl-uslub-vosita) aniqlashtirilganligiga doir ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi VII yo‘nalishiga oid madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligiga erishishda tadqiqot ishidan unumli foydalanildi. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 27-iyuldagi 312/1-son Dalolatnomasi). Natijada, yoshlarni ma’naviy dunyoqarashini yuksalishiga va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshishiga xizmat qilgan; 
jamiyatda ma’naviy muhitni takomillashtirishda tarixiy va zamonaviy determinantlari (ommaviy-madaniy tadbirlar generatsiyasiga ma’naviy, ma’rifiy, madaniy sohadagi o‘zgarishlarning ta’siri) yoshlar ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish omili ekanligi oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi VII yo‘nalishi 35-bandida belgilangan “Yoshlar tarbiyasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda adabiyot, madaniyat, san’at namunalaridan keng foydalanishning artpedagogik asoslarini tatbiq etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan etarlicha foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil 27-iyuldagi 312/1-son Dalolatnomasi). Natijada, dissertasiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va xulosalardan mamlakatimizda ma’naviy dunyoqarashni yuksaltirishda xizmat qilgan;
madaniy tadbirlar kontekstida olib boriladigan ma’naviy tarbiya tizimida  (xalqchillik, aniqlik, natijadorliklik) yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini rivojlantiruvchi madaniy tadbirlarni  tashkil  etish  komponentlari  (g‘oyaviy-estetik vazifa, singdirilgan mazmun, shakl-uslub-vosita)ga doir yangiliklaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Hamma uchun” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2024-yil 29-martdagi 0206-428-son Ma’lumotnomasi). Natijada “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilayotgan ijtimoiy-madaniy ko‘rsatuvlarning ilmiy-amaliy ahamiyatini yanada oshishiga hizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish