Vaxabov Mansur Tuychievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Ma’naviy va ma’rifiy targ‘ibotning ijtimoiy-falsafiy asoslari (Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida), 09.00.04-Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal 1136.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/13.06.2025.F.178.02
Ilmiy rahbar: Abilov Ural Muradovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor
.Yetakchi tashkilot: Respublika Maʼnaviyat va Maʼrifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-maʼnaviy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida ma’naviy va ma’rifiy targ‘ibotning falsafiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohatlar jarayonida milliy yuksalishga xos rivojlanish dinamikasining jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ustuvor tendensiyasi sifatidagi konstruktiv ahamiyati paradigmal xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslangan;
“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirishda yoshlarni milliy, ma’naviy manfaatlarini himoyalashning ta’sirchan, kreativ va innovasion tarbiya uslublarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati mantiqiy isbotlangan;
g‘arazli kuchlar uyushtirayotgan mafkuraviy hurujlarni bartaraf etishda jamiyatda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladigan ezgulik, bunyodkorlik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan qarshi-targ‘ibot imkoniyatlaridan foydalanish birlamchi omil ekanligi mantiqiy dalillangan;
yoshlarni ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini yuksaltirishda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori orqali buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini targ‘ib qilish o‘ziga xos ijobiy, foydali va pozitiv ta’sir kuchiga ega ekanligi falsafiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
“Ma’naviy va ma’rifiy targ‘ibotning ijtimoiy-falsafiy asoslari (Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida)” nomli tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohatlar jarayonida milliy yuksalishga xos rivojlanish dinamikasining jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ustuvor tendensiyasi sifatidagi konstruktiv ahamiyati paradigmal xarakterga ega ekanligiga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo’ljallangan saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2022-yil 16-sentyabrdagi 02/02-196-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohatlar jarayonida rivojlanib borishga bog‘liq ilmiy yondashuvlarni va partiyaning ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tashkil qilishda muhim metodologik asos bo’lib xizmat qilgan;
“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirishda yoshlarni milliy, ma’naviy manfaatlarini himoyalashning ta’sirchan, kreativ va innovasion tarbiya uslublarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2023-yilga mo‘ljallangan manaviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamda madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturlari loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2024-yil 4-yanvardagi 04-13/4-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatdagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot samaradorligini oshirishga, ushbu faoliyat yo‘nalishini ynada takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
g‘arazli kuchlar uyushtirayotgan mafkuraviy hurujlarni bartaraf etishda jamiyatda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladigan ezgulik, bunyodkorlik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan qarshi-targ‘ibot imkoniyatlaridan foydalanish birlamchi omil ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo’yicha chora tadbirlar dasturi”ning III yo’nalishida belgilangan “Oila, talim tashkilotlari va mahallalarda manaviy tarbiyaning uzviyligini taminlashga doir chora-tadbirlar” nomli “Markazning hududiy bo’lim va bo’limmalarida yetakchi mutaxassislar” mavzusidagi 13-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi “Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar” institutining 2022-yil 14-sentyabrdagi 204-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz faoliyatining targ‘ibot ishlari samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
yoshlarni ma’naviy-mafkuraviy dunyoqarashini yuksaltirishda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans” shiori orqali buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini targ‘ib qilish o‘ziga xos ijobiy, foydali va pozitiv ta’sir kuchiga ega ekanligiga oid taklif-tavsiyalardan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yilda efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” teleko‘rsatuvi va “Kun mavzusi” radioeshittirishi dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 28-dekabrdagi 01-07/420-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilik orasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va tashviqot ishlarini yanada takomillashtirish, zamon talablariga mos keladigan usul va shakllarini joriy etishga xizmat qilgan.