Abdikarimov Islombek Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Inson kapitaliga investisiyalar kiritish orqali mintaqada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5173
Ilmiy rahbar: Sherov Alisher Bakberganovich iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismatullaev Jasurbek Anvar o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida inson kapitaliga investisiya kiritish orqali mintaqada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda (IP – innovative potential) inson kapitaliga investisiya (IHC – investment in human capital), inson kapitali (HC – human capital), raqamli transformatsiya (DT – digital transformation) omillari asosida baholash taklif qilingan; 
mintaqa shahar va tumanlarini innovatsion rivojlantirishning inson kapitali ko‘rsatkichlari asosida “Hierarchical Clustering” klasterlash usuli bo‘yicha  “yuqori (Urganch sh.)”,  “o‘rta  – (Shovot, Xonqa, Xiva sh., Yangibozor, Tuproqqa’la, Qo‘shko‘pir)”, “past – (Xiva, Urganch, Bogʻot, Gurlan, Hazorasp, Yangiariq)” klaster (guruh)larga ajratish taklifi kiritilgan;
mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda tibbiyot sohasiga ajratilgan mablagʻlar, ta’lim sohasiga kiritilgan investisiyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ni bajargan tadqiqotchilar soni omillarining yalpi hududiy mahsulot hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+0.34%; +0.51%; +1.47%) va uzoq muddatli (+4.13%; +6.62%; +8.83%) ta’sir darajasi aniqlangan; 
mintaqa innovatsion iqtisodiyotini rivojlantirishda inson kapitali asosiy ko‘rsatkichlarining 2025 – 2030 - yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Inson kapitaliga investisiyalar kiritish orqali mintaqada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda (IP – innovative potential) inson mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda (IP – innovative potential) inson kapitaliga investisiya (IHC – investment in human capital), inson kapitali (HC – human capital), raqamli transformatsiya (DT – digital transformation) omillari asosida bilvosita ijobiy effektini ifodalovchi SEM modeli bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 15-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlik subektlarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 78-sonli qarorining ijrosi haqidagi 89-12-0-Q/25-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-152-sonli qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 18-sentyabrdagi 06-15-09/9561-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga inson kapitalining investisiya va inson kapitali omillari orqali bilvosita ijobiy ta’sir darajasini, raqamli transformatsiya va innovatsion salohiyat omillari orqali esa bevosita ijobiy ta’sirlarni, shuningdek, ushbu ta’sirlar orqali yuqoridagi omillarning umumiy ta’sir darajalarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqa shahar va tumanlarini innovatsion rivojlantirishning inson kapitali ko‘rsatkichlari asosida “Hierarchical Clustering” klasterlash usuli bo‘yicha “yuqori (Urganch sh.)”,  “o‘rta  – (Shovot, Xonqa, Xiva sh., Yangibozor, Tuproqqa’la, Qo‘shko‘pir)”, “past – (Xiva, Urganch, Bogʻot, Gurlan, Hazorasp, Yangiariq)” klaster (guruh)larga ajratish bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 15-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlik subektlarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 78-sonli qarorining ijrosi haqidagi 89-12-0-Q/25-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-152-sonli qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 18-sentyabrdagi 06-15-09/9561-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa shahar va tumanlarini klasterlarga (sinflarga) ajratish hamda ushbu hududlarni innovatsion rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda tibbiyot va ta’lim sohalariga investisiyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari (ITTKI)ni bajargan tadqiqotchilar soni omillarining yalpi hududiy mahsulot hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+0.34%; +0.51%; +1.47%) va uzoq muddatli (+4.13%; +6.62%; +8.83%) ta’sir darajasini aniqlash modeli bo‘yicha berilgan taklifi Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 15-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlik subektlarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 78-sonli qarorining ijrosi haqidagi 89-12-0-Q/25-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-152-sonli qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 18-sentyabrdagi 06-15-09/9561-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda asosiy e’tibor beriladigan ko‘rsatkichlarning mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali mintaqani innovatsion rivojlantirish uchun aniq instrumentlarni belgilash imkoniyati yaratilgan; 
mintaqa innovatsion iqtisodiyotini rivojlantirishda inson kapitali asosiy ko‘rsatkichlarining 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflar Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 15-fevraldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitishda tadbirkorlik subektlarini jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 78-sonli qarorining ijrosi haqidagi 89-12-0-Q/25-sonli hamda “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-152-sonli qarorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 18-sentyabrdagi 06-15-09/9561-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijasini amaliyotda qo‘llash orqali mintaqa innovatsion iqtisodiyoti rivojlanishini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davrga prognozlashning qo‘shimcha imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish