Matyusupov Bunyod Sheripbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turizmni rivojlantirishda raqamli marketing funksiyalaridan foydalanish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.11 - “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5156.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ilhomova Zarnigor Po‘latjon qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyatida turizmni rivojlantirishda raqamli marketingdan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turizmni rivojlantirishda raqamli marketing funksiyalaridan foydalanish asosida turistlarning destinatsiyaga sodiqligini “A” (juda yuqori), “B” (yuqori), “C” (o‘rtacha), “D” (past), “E” (juda past) va “F” (sodiq emas) ko‘p o‘lchovli baholash usuli taklif qilingan;
mintaqa turistik salohiyatini oshirishda raqamli marketing texnologiyalari asosida turistlar ishtiroki (tourist engagement) va turistlar qoniqishi (tourist satisfaction) bilan o‘zaro aloqasida xavfsizlik (security) omilining moderatorlik ahamiyati  bo‘yicha ijobiy elektron izohlarning  (e-WoM, electronic word-of-mouth) konseptual modeli taklif qilingan;
turizmda raqamli marketing funksiyalarini amalga oshiruvchi SEM (Structural equation modeling: STT-smart turizm texnologiyalari; e-WoM – elektron izohlar; destination image – destinatsiya imiji; destination loyalty – destinatsiyaga sodiqlik) modeli asosida turistik detinatsiyaga sodiqlikning (destination loyalty) maqsadga muvofiqligi asoslangan;
mintaqa turizm sohasi rivojlanishini ta’minlovchi internet bilan qamrov, AKT xizmatlari xajmi, turistik firmalar soni bo‘yicha natijaviy ko‘rsatkichlarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turizmni rivojlantirishda raqamli marketing funksiyalaridan foydalanish bo‘yicha olingan  ilmiy natijalar asosida: 
turizmni rivojlantirishda raqamli marketing funksiyalaridan foydalanish asosida turistlarning destinatsiyaga sodiqligini “A” (juda yuqori), “B” (yuqori), “C” (o‘rtacha), “D” (past), “E” (juda past) va “F” (sodiq emas) ko‘p o‘lchovli baholash usuli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 453-12-0-Q/22-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 06-15-09/10791-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida viloyatga tashrif buyuruvchi turistlarning sodiqligini A-F mezonida baholash usuli amaliyotda bu borada erishilgan natijalarni interpretatsiya jarayonlarini soddalashtirish, raqamli marketing faoliyati qanchalik samarali tashkil etilganligini baholash, boshqa destinatsiyalar bilan taqqoslashni osonlashtirish va destinatsiya boshqaruvida kuzatish va yilma-yil monitoring qulayligini oshirish imkonini bergan hamda ushbu takliflarni joriy qilinishi natijasida mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini oshirish imkoni mavjudligi aniqlangan;
mintaqa turistik salohiyatini oshirishda raqamli marketing texnologiyalari asosida turistlar ishtiroki (tourist engagement) va turistlar qoniqishi (tourist satisfaction) bilan o‘zaro aloqasida xavfsizlik (security) omilining moderatorlik ahamiyati  bo‘yicha ijobiy elektron izohlarning  (e-WoM, electronic word-of-mouth) konseptual modeli bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 453-12-0-Q/22-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 06-15-09/10791-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy qilinishi natijasida mintaqaga tashrif buyurayotgan xorijiy va mahalliy turistlar sonini oshirish imkoniyati mavjudligi prognoz qilingan;
turizmda raqamli marketing funksiyalarini amalga oshiruvchi SEM (Structural equation modeling: STT-smart turizm texnologiyalari; e-WoM – elektron izohlar; destination image – destinatsiya imiji; destination loyalty – destinatsiyaga sodiqlik) modeli asosida turistik detinatsiyaga sodiqlikning (destination loyalty) maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 453-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 06-15-09/10791-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni joriy qilinishi natijasida mintaqaga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlarga erishish mumkinligi aniqlangan;
mintaqa turizm sohasi rivojlanishini ta’minlovchi internet bilan qamrov, AKT xizmatlari xajmi, turistik firmalar soni bo‘yicha natijaviy ko‘rsatkichlarning 2025-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari bo‘yicha taklif Xorazm viloyati hokimining 2022-yil 10-oktyabrdagi “2022-2026-yillarda Xorazm viloyatining turizm salohiyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 453-12-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 23-oktyabrdagi 06-15-09/10791-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur model natijalaridan mintaqada turizmni rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan. Prognoz natijalariga ko‘ra, 2025-2030-yil oraligʻida mintaqaga tashrif buyurgan turistlar sonini 1.35 marta, turistik faoliyatni amalga oshirgan firma va tashkilotlar soni 1.34 marta hamda axborot va aloqa sohasidagi xizmatlar hajmini 1.25 marta oshishi imkoniyati mavjudligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish