Saribaeva Azadajan Baratbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes subektlari faoliyatini rivojlantirishda xorijiy investisiyalar jalb etishni takomillashtirish”, 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1754.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Baxriddinxon Jo‘raevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kalimullina Nargiza Vladimirovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kichik biznes tarmoqlari faoliyatini rivojlantirishda xorijiy investisiyalar jalb etishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadqiqot natijalari va ta’sir etuvchi omillarning umumlashtirilgan salohiyat darajasi hamda xatar turlarining o‘rtacha darajalari asosida investision muhit jozibadorligi ijobiy (66,6<IJ≤100), qoniqarli (33,4<IJ≤66,6) va qoniqarsiz (0<IJ≤33,4) holatlar bo‘yicha baholangan;
raqobatbardoshlik, investisiya ehtiyojlari va investorlarning istiqbolli guruhlarini aniqlash asosida kichik biznes subektlariga investisiyalarni jalb qilish strategiyasi mexanizmi takomillashtirilgan;
kichik biznes subektlarini investisiya resurslari bilan samarali ta’minlash asosida ishlab chiqarishni ekologik tabiiy muhitni saqlab qolish orqali tabaqalashtirilgan modeli ishlab chiqilgan;
asosiy kapitalga xorijiy investisiyalarni jalb etish yordamida kichik biznes subektlari faoliyatining 2025-2030-yillardagi ko‘p omilli rivojlantirish prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kichik biznes subektlari faoliyatini rivojlantirishda xorijiy investisiyalar jalb etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
so‘rovnoma natijalari va ta’sir etuvchi omillarning umumlashtirilgan salohiyat darajasi hamda xatar turlarining o‘rtacha darajalari asosida investision muhit jozibadorligi ijobiy (66,6<IJ≤100), qoniqarli (33,4<IJ≤66,6) va qoniqarsiz (0<IJ≤33,4) holatlar bo‘yicha baholash natijalari asosida takliflar Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 02/10-4646-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif viloyat hududlarini investision muhit jozibadorligi darajalari bo‘yicha aniqlash imkonini berib, uning shakllanishi, hududiy-iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan alohida chora-tadbirlar ishlab chiqishga yordam bergan;
raqobatbardoshlik, investisiya ehtiyojlari va investorlarning istiqbolli guruhlarini aniqlash asosida kichik biznes subektlariga investisiyalarni jalb qilish strategiyasining takomillashtirilgan mexanizmi bo‘yicha taklifi Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 02/10-4646-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga kiritilgan investisiya hajmi 2021-yilga nisbatan 2022-yilda 17,8 % oshirishga erishilgan;
kichik biznes subektlarini investisiya resurslari bilan samarali ta’minlash asosida ishlab chiqarishni ekologik tabiiy muhitni saqlab qolish orqali ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan modeli bo‘yicha takliflar Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 02/10-4646-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishlab chiqarishlari natijasida tabiat ifloslanishiga ta’siri 15,4 foizga kamaytirish imkoni yaratilgan;
asosiy kapitalga xorijiy investisiyalarni jalb etish yordamida kichik biznes subektlari faoliyatining 2025-2030-yillardagi ko‘p omilli rivojlantirish bo‘yicha aniqlangan prognoz natijalari Namangan viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Namangan viloyati hokimligining 2025-yil 13-oktyabrdagi 02/10-4646-son ma’lumotnomasi). Bu esa Namangan viloyati hududlaridagi kichik biznes sohasining kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini belgilash imkoniyatlarini kengaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish