Nasrullaev Nurbek Baxtiyorovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportini raqamli texnologiyalar asosida samarali rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli  integratsiya” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Iqt962
Ilmiy rahbar: Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bajarilgan.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Kenjabaev Aman Turgunovich, iqtisodiyot fanlari doktori DSc, professor; Muxitdinova Kamola Alisherovna, iqtisodiyot fanlari doktori DSc, 
v.b. professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportini raqamli texnologiyalar asosida samarali rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
temir yo‘l transportida iqtisodiy hisob-kitoblarning tarkibini o‘zgartirish bilan bog‘liqlikda tezyurar yo‘lovchi poezdlar harakatini tashkil etish usullari ishlab chiqilgan;
bosqichma-bosqich model tanlash va iqtisodiy samarali tezyurar yo‘lovchi poezdlari harakatini tashkil etishdagi optimal usulning algoritmi ilmiy asoslangan;
temir yo‘l transportida raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida raqamli temir yo‘lning tarkibiy tuzilishi va aqlli yuk vagonining ketma-ket yaratish tartibi taklif qilingan;
O‘zbekiston Respublikasidagi temir yo‘l transporti faoliyatida simsiz elektropnevmatik tormozni temiryo‘l transportiga joriy qilish uchun yakuniy talab etiladigan investisiyalar va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlari iqtisodiy hamda ilmiy tomondan asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasidagi temir yo‘l faoliyatida yo‘lovchi tashishdan olingan daromadi va unga ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan yo‘lovchi aylanmasi, yo‘lovchi soni, temir yo‘llarning uzunligini hisobga oluvchi 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportini raqamli texnologiyalar asosida samarali rivojlantirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
temir yo‘l transportida iqtisodiy hisob-kitoblarning tarkibini o‘zgartirish bilan bog‘liqlikda tezyurar yo‘lovchi poezdlar harakatini tashkil etish usullari bo‘yicha taklif “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 06-oktyabrdagi 04/3893-25-sonli dalolatnomasi va “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi”ning 2025-yil 20-oktyabrdagi 4/10377-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilik “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 
2025-yildagi biznes rejasiga qo‘shimcha kiritish asosida korxonaning o‘tkazuvchanlik tezligini muayyan darajaga oshirishga xizmat qilgan;
bosqichma-bosqich model tanlash va iqtisodiy samarali tezyurar yo‘lovchi poezdlari harakatini tashkil etishdagi optimal usulning algoritmi bo‘yicha taklif “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 06-oktyabrdagi 04/3893-25-sonli dalolatnomasi va “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi”ning 2025-yil 20-oktyabrdagi 4/10377-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yildagi poezdlar harakati bilan bog‘liq faoliyatining muayyan darajada oshishiga xizmat qilgan; 
temir yo‘l transportida raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida raqamli temir yo‘lning tarkibiy tuzilishi va aqlli yuk vagonining ketma-ket yaratish tartibi bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 06-oktyabrdagi 04/3893-25-sonli dalolatnomasi va “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi”ning 2025-yil 20-oktyabrdagi 4/10377-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida yoqilg‘i (elektr energiyasi) sarfini 5-8 foizga kamaytirishga imkon bergan;
O‘zbekiston Respublikasidagi temir yo‘l transporti faoliyatida simsiz elektropnevmatik tormozni temiryo‘l transportiga joriy qilish uchun yakuniy talab etiladigan investisiyalar va ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarining iqtisodiy hamda ilmiy tomondan asoslanganligi bo‘yicha tavsiyalar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 06-oktyabrdagi 04/3893-25-sonli dalolatnomasi va “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi”ning 2025-yil 20-oktyabrdagi 4/10377-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida vagonlardagi sudraluvchilarni yo‘qotish SEPTni joriy qilishdan olingan foyda yiliga 94 mln. so‘mga teng bo‘lish imkonini yaratgan;
O‘zbekiston Respublikasidagi temir yo‘l faoliyatida yo‘lovchi tashishdan olingan daromadi va unga ta’sir etuvchi omillar bo‘lgan yo‘lovchi aylanmasi, yo‘lovchi soni, temir yo‘llarning uzunligini hisobga oluvchi 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlar “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ faoliyatiga va 2030-yilgacha rivojlanish strategiyasiga kiritilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025-yil 06-oktyabrdagi 04/3893-25-sonli dalolatnomasi va “O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi”ning 2025-yil 20-oktyabrdagi 4/10377-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida temir yo‘l faoliyatida yo‘lovchi tashishdan olingan daromadning hajmi 2030 yilda 628,91 mlrd. so‘mga etishi mumkinligi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish