Qodirova Ra’noxon Mamirjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston maktablarida tarix ta’lim tizimining vujudga kelishi (1918-1940-yillar), 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1100
Ilmiy rahbar: Arslonzoda Rahmatjon Arslonboevich - tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Ilmiy maslahatchi: Shamsieva Mahfuzaxon Xuja qizi
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Soyibjon Abdurazzaqovich - tarix fanlari doktori, Nuridinov Turdali Qambarovich - tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi 1918-yildan 1940-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston maktablarida tarix fani o‘qitilishining yo‘lga qo‘yilishi, tarixchi mutaxassis pedagog kadrlar tayyorlash, ayni davrda o‘quv fani darsliklari yaratilish tarixini yoritishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1918–1940-yillarda O‘zbekiston maktablarida tarixni o‘qitish uch bosqichda amalga oshirilgani aniqlanib, birinchi bosqichda (1918–1924-yillar) tarix fanini alohida, gohi fanlar majmuida, ikkinchi bosqichda (1924–1931-yillar) tarix predmetini jamiyatshunoslik fanlari tarkibida, uchinchi bosqichda (1932 – 1940-yillar) uni mustaqil fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yilganligi ilmiy jihatdan dalillangan;
TASSR Maorif xalq komissarligining 1918-yil 12-sentyabrdagi qarori asosida sovet maktablarida etti yillik va o‘rta ta’lim tizimida “Umumiy tarix” bilan bir qatorda “Rossiya tarixi”ni o‘qitish majburiy etib belgilangani, buning oqibatida xalqlarning milliy tarixiga oid jarayonlar o‘quv dasturlariga kiritilmay qolib ketganligi mavjud manbalar asosida ochib berilgan;
maktablarda tarix fanini o‘qitishda “laboratoriya usuli”, “tadqiqot usuli” va “mehnat usuli” kabi mustaqil ta’lim metodlaridan foydalanilganligi, biroq ularni qo‘llashda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari inobatga olinmaganligi oqibatida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari pasayganligi aniqlangan;
tarix fanini maktab ta’limida ikki alohida yo‘nalishda “Vatan tarixi” va “Jahon tarixi” sifatida o‘qitish ilk bor VKP(b) MK va SSSR XKS tomonidan 1934-yil 15-mayda qabul qilingan “SSSR maktablarida fuqarolik tarixini o‘qitish to‘g‘risida”gi qarori asosida yo‘lga qo‘yilgani ilmiy jihatdan dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
1918-1940-yillarda O‘zbekiston maktablarida tarix ta’lim tizimining vujudga kelishini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, ilmiy xulosa va takliflar asosida:
1918–1940-yillarda O‘zbekiston maktablarida tarixni o‘qitish uch bosqichda amalga oshirilgani aniqlanib, birinchi bosqichda (1918–1924-yillar) tarix fanini alohida, gohi fanlar majmuida, ikkinchi bosqichda (1924–1931-yillar) tarix predmetini jamiyatshunoslik fanlari tarkibida, uchinchi bosqichda (1932 – 1940-yillar) uni mustaqil fan sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yilganligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining ayrim ko‘rsatuvlarining ssenariysini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 30-maydagi 05-09-785-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim qilingan materiallar ko‘rsatuvlarning O‘zbekistonda ta’lim tizimining vujudga kelishiga oid ma’lumotlar va ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan va teletomoshabinlarning Vatan tarixiga oid bilim va tasavvurlarini yanada boyitishiga xizmat qilgan;
TASSR Maorif xalq komissarligining 1918-yil 12-sentyabrdagi qarori asosida sovet maktablarida etti yillik va o‘rta ta’lim tizimida “Umumiy tarix” bilan bir qatorda “Rossiya tarixi”ni o‘qitish majburiy etib belgilangani, buning oqibatida xalqlarning milliy tarixiga oid jarayonlar o‘quv dasturlariga kiritilmay qolib ketganligiga doir ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanalining ayrim ko‘rsatuvlarining ssenariysini shakllantirishda foydalanildi (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 30-maydagi 05-09-785-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim qilingan ma’lumotlar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitilishiga, teletomoshabinlarning Vatan tarixiga oid bilimlarini, hamda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini yanada ortishiga xizmat qilgan;
maktablarda tarix fanini o‘qitishda “laboratoriya usuli”, “tadqiqot usuli” va “mehnat usuli” kabi mustaqil ta’lim metodlaridan foydalanilganligi, biroq ularni qo‘llashda o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlari inobatga olinmaganligi oqibatida o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari pasayganligiga doir ilmiy xulosalardan Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi “Tarix” bo‘limiga taqdim etilishi orqali muzey fondi yanada boyitildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 3-iyundagi 04-05/2218-son ma’lumotnomasi). Natijada, taqdim etilgan ma’lumotlar, muzeyiga tashrif buyuruvchilarning O‘zbekiston tarixiga doir bilim va tasavvurlarini yanada boyitilishiga xizmat qilgan;
tarix fanini maktab ta’limida ikki alohida yo‘nalishda “Vatan tarixi” va “Jahon tarixi” sifatida o‘qitish ilk bor VKP(b) MK va SSSR XKS tomonidan 1934-yil 15-mayda qabul qilingan “SSSR maktablarida fuqarolik tarixini o‘qitish to‘g‘risida”gi qarori asosida yo‘lga qo‘yilgani bo‘yicha ma’lumotlar Farg‘ona viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi ekspozisiyasini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2025-yil 3-iyundagi 04-05/2218-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu materiallar muzeyning “Tarix bo‘limi” fondini boyitilishiga, O‘zbekiston maorifi tarixiga oid ekspozisiyalar manbalarini ilmiylik va ishonchlilik jihatdan takomillashuviga xizmat qilgan.