Mamanazarov Baxrom Jumonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
“O‘quv mashg‘ulotlarida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib talabalar kasbiy mahoratini takomillashtirish (AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi misolida)”, 13.00.02 –Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha) ixtisosligi bo‘yicha, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3134.
Ilmiy rahbar: Mattiev Ilhom Begmatdulobovich, pedagogika fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar institute.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.26/27.02.2020.T.109.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanova Kibriyo Xasanovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Ernazarov Alisher Ergashevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik dasturiy vositalar asosida talabalarning kasbiy mahoratini shakllantirish uchun pedagogik shart-sharoitlarni asoslashdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Axborotlashgan ta’lim muhitida talabalar kasbiy mahoratini shakllantirish va rivojlantirishning mazmuni talabalarda axboriy-perspektiv hamda raqamli-analitik kompetensiyalarni rivojlantiruvchi kognitiv-kreativ, kommunikativ-refleksiv, tadqiqot-motivatsion va ilmiy-amaliy ko‘nikmalarni kompleks shakllantirish asosida aniqlashtirilgan;
Raqamli ta’lim muhiti uchun moslashtirilgan pedagogik dasturiy vositalar asosida talabalarning kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasi o‘quv faoliyatini monitoring qilish, adaptiv o‘qitish, amaliy mashqlarni simulyasiya qilish va refleksiv baholash imkoniyatlarini birlashtiruvchi integrativ raqamli mexanizmlar asosida takomillashtirildi;
Pedagogik dasturiy vositalar asosida kasbiy mahoratni rivojlantirish modelining texnologik komponenti ’course_pdv.uz’ web-platformasi orqali raqamli kuzatuv, adaptiv o‘qitish va refleksiv tahlil mexanizmlari bilan boyitilib, modelning produktivlik darajasini oshirish yo‘nalishida takomillashtirilgan;
Talabalarning kasbiy mahoratini takomillashtirish samaradorligini baholash uchun kreativ, produktiv va progressiv ko‘rsatkichlarga asoslangan formativ hamda multiaspektli baholash mezonlari ishlab chiqilib, o‘zlashtirish darajalarini aniqlash mexanizmlari aniqlashtiridi;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim muhitida “O‘quv mashg‘ulotlarida pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib talabalar kasbiy mahoratini takomillashtirish (AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi misolida)” mavzusi bo‘yicha olingan tadqiqot natijalar asosida:
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi kasb ta’limi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida pedagogik dasturiy vositalar asosida kasbiy mahoratni rivojlantirish modelining texnologik komponenti orqali raqamli kuzatuv, adaptiv o‘qitish va refleksiv tahlil mexanizmlari bilan boyitilgan takliflar A-1-057 "Oliy ta'lim muassasalari talabalarini modulli oʻqitishga pedagoglarni kompetentli tayyorlashning psixologik pedagogik asoslari" (TATU va uning Samarqand fillialida bakalavr va magistrlar tayyorlash bazasida) nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlashda foydalanilgan. Raqamli ta’lim muhiti uchun moslashtirilgan pedagogik dasturiy vositalar asosida talabalarning kasbiy mahoratini rivojlantirish metodikasi o‘quv faoliyatini monitoring qilish, adaptiv o‘qitish, amaliy mashqlarni simulyasiya qilish va refleksiv baholash imkoniyatlarini birlashtiruvchi integrativ raqamli mexanizmlar asosida takomillashtirilgan
pedagogik dasturiy vositalar yordamida ta’lim mashg‘ulotlari sifati va samaradorligi oshirishga qaratilgan “Pedagogik dasturiy vositalar fanidan laboratoriya mashg‘ulotlar uchun o‘quv qo‘llanma” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi149-sonli buyrug‘iga asosan pedagogik dasturiy vositalar fanidan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish uchun o‘quv qo‘llanma (№ 289991 raqam bilan belgilangan) va o‘quv jarayonlarida qo‘llanilgan. Natijada, “Pedagogik dasturiy vositalar” fanini metodik o‘qitishning mazmun, shakl va vositalari ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan singdirilgan nazariy va amaliy o‘quv qo‘llanmalari AKT sohasidagi kasb ta’limi yo‘nalishida bo‘lajak pedagog-muhandislarining ilmiy-tadqiqot kompetentliklarni egallashlarida uslubiy ta’minlashga yordam berdi.
Tadqiqot doirasida “Ta’limda pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash” o‘quv kursini amalga oshirishga mo‘ljallangan bir qator elektron ta’lim resurslari ishlab chiqildi va ularga dasturiy guvohnomalar berildi: “Ta’limda pedagogik dasturiy vositalarni qo‘llash” o‘quv kursidan elektron ta’lim resurs (№ DGU 53741, 04.06.2025), Talabalarda mustaqil ta’limni tashkil etishda multimedia vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (AKT sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi misolida) axborot tizimi (№ DGU 21514, 23.12.2022) hamda “Pedagogik dasturiy vositalar” fanini mustaqil o‘rganuvchilar uchun onlayn foydalaniladigan web-resurs ishlab chiqish (№ DGU 47018, 15.12.2024). Mazkur resurslar talabalarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, mustaqil ta’limni tashkil etish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va interaktiv o‘quv faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi metodik vositalar sifatida ishlatiladi.