Aliqulov Begzod Normurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “ Kredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga o‘qituvchilarning didaktik moslashuvini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan B2024.4.PhD/Ped8523
Ilmiy rahbar: Bozorova Muslima Qodirovna – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi Termiz davlat pedagogika instituti,  Ilmiy kengash raqami: PhD.03/30.07.2024.Ped.180.01
Rasmiy opponentlar:
birinchi opponent - Adizov Baxtiyor Raxmonovich, Buxoro davlat universiteti professori, pedagogika fanlari doktori
ikkinchi opponent – Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi kredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitida o‘qituvchilarning didaktik moslashuvini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini o‘zi tarbiyalash, kasbiy madaniyatni rivojlantirish, kasbiy bilimlarning epistemologik komponent bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida didaktik moslashuvning pedagogik xususiyatlari aniqlashtirilgan;
kredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga o‘qituvchilarni didaktik moslashtirishga yo‘naltirilgan integrativ modelning natijaviy bloki kasbiy faoliyatning algoritmik xaritasini loyihalash, shuningdek, individual rivojlantiruvchi dasturning diagnostik vositalar bilan o‘zaro ichki aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘qituvchilarning oliy ta’lim sharoitiga didaktik moslashuvini amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari kredit-modul tizimida dual ta’lim texnologiyalari bilan bog‘liq o‘qitish metodikalariga doir faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi ta’lim muhitini yaratish asosida aniqlashtirilgan;
pedagog xodimlarni kredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga didaktik moslashtirish samaradorligi kasbiy rivojlantirish bosqichlarini inobatga olgan holda mentorlik dasturi, “ecst.teacher.uz” platformasi va autentik materiallardan foydalanish, faoliyat natijalarining reproduktiv, produktiv va kreativ darajalari uzviyligini adekvat ta’minlash  orqali ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Kredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga yosh o‘qituvchilarning didaktik moslashuvini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini o‘zi tarbiyalash, kasbiy madaniyatni rivojlantirish, kasbiy bilimlarning epistemologik komponent bilan o‘zaro uyg‘unlashtirish asosida didaktik moslashuvning pedagogik xususiyatlarini aniqlashtirishga oid tavsiyalardan “Media savodxonlik va axborot madaniyati fanidan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316-son buyrug‘i, 797591-raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, yosh    o‘qituvchilarni kredit modul sharoitida didaktik moslashuvini amalga oshirishning metodik tizimini takomillashtirishga erishilgan;
kredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga o‘qituvchilarni didaktik moslashtirishga yo‘naltirilgan integrativ modelning natijaviy bloki kasbiy faoliyatning algoritmik xaritasini loyihalash, shuningdek, individual rivojlantiruvchi dasturning diagnostik vositalar bilan o‘zaro ichki aloqadorligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 2020-2022 yillar davomida bajarilgan FZ-2020010829 raqamli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatini monitoring qilishning dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 6-iyundagi 04/11-4839-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh o‘qituvchilarning kredit-modul tizimiga tayyorgarligi, kasbga yoʻnaltirish hamda ijodiy qobiliyatlarni tarkib toptirish mahoratini rivojlantirishga xizmat qilgan;
o‘qituvchilarning oliy ta’lim sharoitiga didaktik moslashuvini amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari kredit-modul tizimida dual ta’lim texnologiyalari bilan bog‘liq o‘qitish metodikalariga doir faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beruvchi ta’lim muhitini yaratish asosida aniqlashtirishga oid takliflardan Mirzo Ulig‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 2020-2022 yillar davomida bajarilgan PZ-20200929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizimlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2024-yil 5-iyundagi 04/11-4886-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh o‘qituvchilar uchun muhim bo‘lgan “pedagogik faoliyat turlari”ni, ularning tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan tashkiliy-tuzilmaviy modelni takomillashtirishga erishilgan;
pedagog xodimlarni kredit-modul tizimiga asoslangan oliy ta’lim sharoitiga didaktik moslashtirish samaradorligi kasbiy rivojlantirish bosqichlarini inobatga olgan holda mentorlik dasturi, “ecst.teacher.uz” platformasi va autentik materiallardan foydalanish, faoliyat natijalarining reproduktiv, produktiv va kreativ darajalari uzviyligini adekvat ta’minlash  orqali aniqlashtirishga doir ilmiy-metodik taklif va tavsiyalardan “ecsteacher.uz” nomli platformasi yaratilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2024-yil 4-noyabrdagi 02/01-99-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida yosh o‘qituvchilarning kredit-modul tizimi jarayonlarida faoliyat ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va ularni didaktik moslashtirish texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish