Yuldasheva Nilufarxon Ubaydulla qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
 

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy rus adabiyoti kontekstida Guzel Yaxina ijodi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Fil6119. 
Ilmiy rahbar: Kamilova Saodat Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Amineva Venera Rudalevna, filologiya fanlari doktori, professor; Pardaeva Zulfiya Juraevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi pedagogika davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II.Tadqiqotning maqsadi Ildar Abuzyarov asarlarining formal-mazmuniy asoslarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat. 
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
Ildar Abuzyarov asarlari poetikasini o‘rganishning ilmiy-metodologik tamoyillari asoslab berilgan bo‘lib, “poetika” atamasini ikki darajali adabiyotshunoslik kategoriyasi sifatida tavsiflashga, mazkur yozuvchi ijodi haqidagi ilmiy mulohazalarni tizimlashtirishga hamda uning nasriy asarlari poetikasini tahlil etishda shakl va mazmun birligiga asoslangan yondashuvning samadorligi ilmiy dalillangan;
I. Abuzyarov asarlarida mozaik kompozisiyaning badiiy xususiyatlari ochib berilgan, xususan, yozuvchining o‘ziga xos badiiy uslubini ifodalash uchun “Sharq gilami” nomli yangi atamaning taklif etilgan; matnni bo‘lish (fragmentlash) usuli, ikki qutbli xronotop va “kitobxon bilan muloqotga kirishish” kabi muallif strategiyasining yetakchi unsurlari, shuningdek, ichki monologlar, retrospeksiya va ong oqimi asosida I. Abuzyarovning kichik hajmli nasriy asarlarida muallif “meni”ning yangi qirralari aniqlangan;
Yozuvchi romanlarida klassik “kichik inson” mavzusining “ortiqcha”, “begona” va “chekka” turdagi qahramonlar prizmasi orqali namoyon bo‘ladigan transformatsiya xususiyati aniqlangan, shuningdek, “kichik inson”ning yangi qirralarini aks ettiruvchi “ikkinchi doira odami”, “postkolonial marginal shaxs” va “avto-postkolonial marginal shaxs” kabi atamalar taklif etilgan;
Ildar Abuzyarov romanlarining syujet-kompozision tuzilishi “muallif – hikoyachi – qahramon” prizmasi orqali kompleks tarzda adabiy tahlil qilingan bo‘lib, bu yondashuv ichki monolog, hujjatli qaydlash va umumlashtirilgan falsafiy tafakkur unsurlarini kiritish hisobiga syujet dinamikasini aniqlash mumkinligi ilmiy asoslangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy rus adabiyotining rivojlanishi va I. Abuzyarov ijodini tahlil qilish jarayonida ishlab chiqilgan kuzatuv va xulosalar asosida:
 Ildar Abuzyarov asarlari poetikasiga bag‘ishlangan dissertatsiyaning ilmiy natijalari va xulosalaridan 2024–2025-yillarda Namangan davlat universiteti negizida Uluqov Nosirjon Muhammadalievich rahbarligida amalga oshirilayotgan “O‘zbek va turk georotanimlarining lingvokulturologik, etnolingvistik tadqiqi” nomli 03/17-1585-sonli fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan. Shuningdek, dissertatsiya asosida chop etilgan maqolalar zamonaviy rus adabiy jarayoniga oid adabiyotshunoslikda dolzarb va hali echimini topmagan muammolarni tadqiq etishga yo‘naltirilgan. Natijada, Ildar Abuzyarov asarlarining har tomonlama tavsifi turkiy georotanimlarning lingvokulturologik xususiyatlarini talqin etishda amaliy qo‘llanilgan. Adabiyotshunoslik va madaniyatshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqot vazifalari natijalari “Zamonaviy rus adabiy jarayoni”, “Rus adabiyotshunosligining dolzarb muammolari”, “XXI asr boshlaridagi rus adabiyoti tarixi” kabi fanlar bo‘yicha o‘quv jarayonida, ularning o‘quv dasturlarida, shuningdek, “Filologiya va tillarni o‘qitish (rus tili va adabiyoti)” hamda “Chet tilli guruhlarda rus tili va adabiyoti” yo‘nalishlari bakalavriat ta’limining malaka talablarida o‘z ifodasini topgan. 
dissertatsiya bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari va xulosalari “Ulug‘ yo‘l” gazetasi uchun material tayyorlashda qo‘llanildi (2025 yil 11- iyundagi № 68/25-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur nashrda ilmiy-nazariy xulosalar bayon etilgan, xususan, ilgari ilmiy muomalaga kiritilmagan “kichik odam” turlarining – “ikkinchi doira odami”, “postkolonial marginal”, “auto-postkolonial marginal” kabi shakllari joriy etildi. Xususan, ayrim materiallarda “poetika” va “kichik inson” kabi tushuncha hamda atamalardan foydalanilgan. Natijada, o‘quvchilar “kichik odam” tiplarining tabiati va multikultural mualliflar asarlarining o‘ziga xosligi haqida tasavvurga ega bo‘lishlarida amaliy yordam berdi. 
 I. Abuzyarov romanlarida “kichik inson” mavzusining evolyusiyasiga oid xulosalar 2025-yil 5-apreldagi № 02-46 raqamli hujjat asosida O‘zbekiston Rus madaniyat markazi huzurida o‘tkazilgan “Rus tili va adabiyotini o‘qitishda yangi texnologiyalar” nomli ilmiy-amaliy seminarda Jizzax pedagogika universitetida qo‘llanilgan. “Ildar Abuzyarov romanlarida “kichik inson evolyusiyasi” nomli ma’ruzada “Ildar Abuzyarov asarlari poetikasi” mavzusidagi dissertatsion tadqiqotning kuzatuvlari va xulosalari bayon etilgan. Ma’ruza davomida inson xarakteri va qahramon evolyusiyasining o‘zgaruvchan hayotiy sharoitlar bilan belgilanishi tushuntirilib, hayotiy omillarning shaxs xarakteriga ta’siri hamda ularga qarshi turish imkoniyatini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan. Natijada, seminar ishtirokchilari I.Abuzyarov ijodi bilan tanishdilar, bu esa zamonaviy rus adabiyoti bo‘yicha pedagoglarning bilim doirasini kengaytirishga xizmat qildi, shuningdek, zamonaviy romanlar kompozisiyasini tahlil qilish texnikasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Yangiliklarga obuna bo‘lish