Kasimov Asror Abdulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3PhD/Ped3874
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat pedagogika instituti, PhD.03/12.02.2025.Ped.167.01
Ilmiy rahbar: Qo‘ldoshev Rustambek Avezmurodovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Yo‘ldosheva Dilorom Nigmatovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Yusufzoda Shabnami Yunus, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida boshlangich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koevolyusion konsepsiyasining birligi asosida “ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat”ning implisitligini ta’minlash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari didaktik tamoyillar bilan “o‘qituvchi- o‘quvchi-o‘quv materiali” tizimini asosida aniqlashtirilgan;
“Innovatsion kasblar” konsepsiyasi asosida ijodiy qobiliyatni oshirish texnologiyasini loyihalash va uning produktivlik darajasini Blum taksonomiyasi asosida baholash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini evristik o‘yinlar vositasida rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilgan;
kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish modeli pragmatik ta’lim usuliga yo‘naltirilgan maqsadli, metodologik, mazmunli va natijaviy bloklarning yaxlitligini xolizm tamoyili asosida o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashga doir bilim, mas’uliyat va qobiliyatni darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tarkib toptirishga yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan;
divergent va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida rivojlantirish texnologiyasini didaktik bilimlar tizimida tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etish, shuningdek, tadqiqotchilik jarayoniga integratsiyalash bilan uzviy bog‘liqligini dinamik ta’minlash hamda diagnostik bazani tizimli qoʻllash orqali metodik ta’minoti boyitilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish boʻyicha olingan ilmiy natijalar quyidagi ishlar orqali amaliyotga tatbiq qilingan:
Koevolyusion konsepsiyasining birligi asosida “ijodiy tafakkur, ijodiy qobiliyat”ning implisitligini ta’minlash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari didaktik tamoyillar bilan “o‘qituvchi- o‘quvchi-o‘quv materiali” tizimini asosida aniqlashtirilgan. (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i asosida berilgan 232-711-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga doir didaktik materiallar bilan ta’minlashga erishilgan.
“Innovatsion kasblar” konsepsiyasi asosida ijodiy qobiliyatni oshirish texnologiyasini loyihalash va uning produktivlik darajasini Blum taksonomiyasi asosida baholash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini evristik o‘yinlar vositasida rivojlantirish mexanizmlari takomillashtirilganga doir tavsiyalari va ilmiy natijalaridan 2018-2022 yillarda bajarilgan OT-F1-002 raqamli “Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 3-iyuldagi 01-11-05/4240-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslarini takomillashtirishga erishilgan;
kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish modeli pragmatik ta’lim usuliga yo‘naltirilgan maqsadli, metodologik, mazmunli va natijaviy bloklarning yaxlitligini xolizm tamoyili asosida o‘quvchilarda mustaqil va erkin fikrlashga doir bilim, mas’uliyat va qobiliyatni darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida tarkib toptirishga yo‘naltirish orqali takomillashtirilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 16-maydagi 02/07-1786/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, oʻquvchilarda fanga oid motivatsiyalarning shakllanishi va kreativ fikrlashning rivojlanishiga erishilgan;
divergent va kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim asosida rivojlantirish texnologiyasini didaktik bilimlar tizimida tarbiyaviy ishlar jarayonini tashkil etish, shuningdek, tadqiqotchilik jarayoniga integratsiyalash bilan uzviy bog‘liqligini dinamik ta’minlash hamda diagnostik bazani tizimli qoʻllash orqali metodik ta’minoti boyitilgan. “Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish” deb nomlangan oʻquv qoʻllanma (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i asosida berilgan 232-711-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, ta’lim-tarbiya jarayonlarini boshlang‘ich sinf oʻquvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga doir didaktik materiallar bilan ta’minlashga erishilgan.