Jo‘raeva Nargiza O‘ktamovnaning falsafa doktori (PhD)
 dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumot: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi): Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirish metodikasi 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)
Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5030
Ilmiy rahbar: Rashidov Anvar Sharipovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar), IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Roza Hasanovna Niyozmetova, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Navruzova Muyassar G‘aybullaevna 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilga metodik tizim “Tasavvur va mantiqiy fikrlash” dasturini takomillashtirish hisobiga o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini faollashtirish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, kommunikativ faoliyatni kuchaytirish va hamkorlikda ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida leksik-morfologik, kognitiv hamda diskursiv-konstruksion (ijodiy matn tuzish) kabi tarkibiy elementlar qo‘llash hisobiga o‘quvchilarning til kompetensiyasini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish, nutq madaniyatini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirishning tashkiliy-funksional modelning texnologik komponenti mazmuniga moslashuvchan-konstruktiv, moslashuvchan-produktiv o‘quv topshiriqlari kiritish hisobiga o‘quvchilarning o‘quv topshiriqlarini oson o‘zlashtirish imkoniyatlari oshirilgan
“Kreativ test” va “Grafik test” metodikalariga asoslangan baholash tizimi orqali ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida 4K ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-funksional va texnologik modeli ilmiy jihatdan asoslandi, tajriba-sinov yo‘li bilan samaradorligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda boshlang‘ich sinf darsliklari yaratilishining metodik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilga metodik tizim “Tasavvur va mantiqiy fikrlash” dasturini takomillashtirishga doir tavsiyalar amaliyotda qo‘llash yuzasidan Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 6-IDUMda, 28-, 40-maktablarda, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi 1-, 2-, 4-, 5-, 13-maktablarda, Termiz shahridagi 13-, 26-maktablarda, Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 3-, 5-, 7-, 8-maktablarda tajriba-sinov ishlari o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim markazining 2025-yil 20-fevraldagi 01/11-6-150-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar grammatik bilimlarining oshishiga xizmat qilgan;
nutqiy muloqotning tarkibiy qismi bo’lgan ohang nafaqat jonli muloqotning, balki shaxsning ruhiy, individual, ijtimoiy, axloqiy, ma’naviy, madaniy va gender xususiyatlarini o’zida aks ettira oladigan  nutq komponenti ekanligi asoslangan xulosalardan PZ-202005236-raqamli Oila psixologiyasi fanidan multimediya mahsulotini yaratish” (2021-2022-yillarga mo’ljallangan) mavzusidagi innovatsion-tadqiqot loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2020-yil 7-sentabrdagi 01-04/5021-son ma’lumotnomasi). Natijada jamiyatda madaniy nutqning rivojlanishida psixologik tamoyillar, ularga amal qilish ko’nikmalarini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatini yaratgan;
Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida “4K” ko‘nikmalarini rivojlantirish va takomillashtirishning tashkiliy-funksional modelning texnologik komponenti mazmuniga moslashuvchan-konstruktiv, moslashuvchan-produktiv o‘quv topshiriqlari kiritishga doir metodik tavsiyalardan “Ona tili va o‘qish savodxonligi va uni o‘qitish metodikasi” nomli darslikning “Sinfda o‘qish metodikasi” bo‘limini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘iga asosan №302-1122). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanga oid va tayanch kompetensiyalarini rivojlantirishning integrallashgan metodik ta’minoti o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etilgan.
“Kreativ test” va “Grafik test” metodikalariga asoslangan baholash tizimi orqali ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida 4K ko‘nikmalarini rivojlantirishning tashkiliy-funksional va texnologik modeli ilmiy jihatdan asoslanganligi Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 6-IDUMda, 28-, 40-maktablarda, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi 1-, 2-, 4-, 5-, 13-maktablarda, Termiz shahridagi 13-, 26-maktablarda, Xorazm viloyati Shovot tumanidagi 3-, 5-, 7-, 8-maktablarda tajriba-sinov ishlari o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Ta’lim markazining 2025-yil 20-fevraldagi 01/11-6-150-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilar ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini o‘zlashtirish natijalari oshishi isbotlandi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish