Goipova Nodira Baxtiyor qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.03 – Maxsus pedagogika.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9583.
Ilmiy rahbar: Mahmudova Madina Sobirxonovna p.f.f.d., dotsent. Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.03/27.09.2024.Ped.82.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Gavhar Saparovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Abdujalilova Shoira Abdumajidovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:quyidagilardan iborat:
bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlari korreksiya ishlarida harakat va kinestetik ta’sirni ritmik sinxronlashtirishga qaratilgan individual xaritani nutqiy reabilitatsiya jarayonida vizual-informativ optimallashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlash modeli vizual va akustik fonetikaga ajratilgan ritmik harakatlarning fiziologik tasnifini korreksion-didaktik jarayonda metodik yaxlitlikda integrativ qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlash texnologiyalari to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatuvchi noverbal mashqlarni ishlab chiqish hamda pedagogik va terapevtik ta’sir algoritmlar simulyasiyasini kuchaytirish asosida takomillashtirilgan;
korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlashning metodik ta’minoti logopedik ta’sir jarayonida bolalardagi stixiyali nutqiy harakatlarni diagnostika va korreksiya qilishga qaratilgan faollashtiruvchi simulyasiya vositalarini talabalarning metodik faoliyat traektoriyasiga hamohang maqbullashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlashning pedagogik-psixologik xususiyatlarini korreksiya ishlarida harakat va kinestetik ta’sirni ritmik sinxronlashtirishga qaratilgan individual xaritani nutqiy reabilitatsiya jarayonida vizual-informativ optimallashtirish orqali aniqlashga oid takliflari “Inklyuziv ta’lim Gospital pedagogika” darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 149126-sonli guvohnoma). Natijada, talabalarning kasbiy amaliyotga metodik jihatdan tayyor bo‘lishiga xizmat qilgan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlash modelini vizual va akustik fonetikaga ajratilgan ritmik harakatlarning fiziologik tasnifini korreksion-didaktik jarayonda metodik yaxlitlikda integrativ qo‘llashga oid tavsiyalari O‘zbekiston Milliy unversitetida bajarilgan FZ-20200108-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innavatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini taminlashda foydalanilgan. (2025-yil 10 oktyabrdagi 04/11-22098-soni ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar nutqi ustida ishlashda korreksion-pedagogik jarayonni modellashtirish bo‘yicha tavsiyalardan foydalanishga talabalarni tayyorlashning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
bo‘lajak maxsus pedagoglarni korreksion mashg‘ulotlarda logoritmik mashqlar tizimidan foydalanishga tayyorlash texnologiyalarini to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatuvchi noverbal mashqlarni ishlab chiqish hamda pedagogik va terapevtik ta’sir algoritmlar simulyasiyasini kuchaytirish orqali takomillashtirishga doir takliflari dan “Maxsus pedagogika (Tiflopedagogika) darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 194-543-sonli guvohnoma). Natijada, logoritmik mashqlar tizimidan individual va differensial yo‘nalganlikda foydalanishning didaktik ta’minotiga erishilgan .