Karimov Boxodir Yusufjonovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kasbiy ta’lim tashkilotlarida multimediali o‘qitish texnologiyasi asosida o‘quvchilarni kasbga tayyorlash metodikasini takomillashtirish (50720501-Mashinasozlik texnologiyasi mutaxassisligi misolida)”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7282.
Ilmiy rahbar:  Ro‘ziev Dilshod Ubaydullaevich - pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi DSc.05/29.12.2023.Ped.48.01.
Rasmiy opponentlar:  Turakulov Olim Xolbutaevich,   pedagogika  fanlari doktori, professor;   Nuridinov Baxodirjon Sabirovich,  pedagogika fanlari nomzodi,  dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi, amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Kasbiy ta’lim tashkilotlarida multimediali o‘qitish texnologiyasi asosida o‘quvchilarni kasbga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mashinasozlik texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha bo‘lajak mutaxassislarni kasbga tayyorlash jarayonida multimediali o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning kasbiy pedagogik shart-sharoitlari “DigComp” (xalqaro raqamli kompetensiyalar)ning kasbiy tayyorgarlik standartlariga mos ravishda vizuallik, interaktivlik, multimodal yondashuv, moslashuvchan ta’lim muhitini yaratish tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda multimediali ta’lim vositalaridan samarali foydalanishning mediasimulyativ modeli CDIO (G‘oya-Loyihalash-Amalga oshirish-Ishlatish) modeli tajribalariga tayangan holda o‘quvchi faoliyatini interfaol boshqarish hamda amaliyotga yo‘naltirilgan topshiriqlarni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
multimediali o‘qitish texnologiyasiga asoslangan holda kasbga tayyorlash metodikasi kompetensiyaviy yondashuv talablarini uyg‘unlashtirgan holda maqsadli, tarkibiy, jarayonli va natijaviy komponentlarni o‘zaro integratsiyalash, fanlararo aloqadorlikni kuchaytirish va real ishlab chiqarish muhitida duch kelinadigan kasbiy vaziyatlarni modellashtirish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash mezon va ko‘rsatkichlari UNESCO TVET (UNESCOning kasb-hunar va texnik ta’lim bo‘yicha yo‘nalishi) sifat monitoringi standartlariga muvofiq holda multimediali topshiriqlarni mustaqil bajarish, kasbiy muammolarni echishda kreativ, texnologik va analitik yondashuvni qo‘llash kabi sifat va miqdoriy parametrlarni o‘z ichiga olgan tizim asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kasbiy ta’lim tashkilotlarida multimediali o‘qitish texnologiyasi asosida o‘quvchilarni kasbga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida multimediali o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlariga oid taklif va tavsiyalar asosida kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayonini metodik jihatdan qo‘llab-quvvatlovchi maxsus tizim ishlab chiqilgan va bu tizim asosida mashinasozlik texnologiyasi yo‘nalishida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni integratsiya qilish imkoniyatini beruvchi metodik ta’minot yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-sentyabrdagi 2/17-4/2-1842-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarida mashinasozlik fanlarni o‘qitish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlarida mashinasozlik fanlarini multimediali o‘qitishning mediasimulyativ modeli va  multimediali o‘qitish texnologiyasiga asoslangan holda kasbga tayyorlash metodikasiga oid taklif va tavsiyalari asosida kasbiy ta’lim tashkilotlarida                   50720501-Mashinasozlik texnologiyasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashnuing metodik ta’minoti yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-sentyabrdagi 2/17-4/2-1842-sonli ma’lumotnomasi). Natijada bu metodik ta’minot o‘quvchilarning nazariy bilimlarini virtual muhitda amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, turli ish jarayonlarini xavfsiz holda modellashtirish hamda ishlab chiqarish sharoitlariga yaqinlashtirilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish imkoniyatini berdi. 
o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash mezon va ko‘rsatkichlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar asosida “Mashinasozlik texnologiyasi asoslarini multimediali o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlangan va o‘quv jarayoniga joriy qilingan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-sentyabrdagi                    2/17-4/2-1842-sonli ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy ta’lim tashkilotlarida multimedia texnologiyalari asosida baholashning metodik tizimi yaratildi va o‘quvchilarning amaliy tayyorgarlik darajalari oshirildi hamda ta’lim jarayoni mehnat bozori talablariga moslashtirildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish