Daminova Kamila Mavlyanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish sharoitida hamshiralik ishini boshqarishning tashkiliy-tibbiy mexanizmlarini takomillashtirish», 14.00.23 – Hamshiralik ishini tashkil etish (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib3622.
Ilmiy rahbar: Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunova Dilorom Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Salixodjaeva Rixsinisa Kamilovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Vasil Goldish nomidagi G‘arbiy Arad universiteti, Ruminiya
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish sharoitida xamshiralik ishini boshqarishning tashkiliy-tibbiy mexanizm-larini takomillashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sog‘liqni saqlash tizimining raqamli transformatsiyasiga ko‘ra hamshiralarning kasbiy va raqamli faoliyati muvofiqligini ularga «tibbiy raqamli guvohnoma» berish asosida tibbiy-tashkiliy jihatdan ta’minlash muhimligi asoslanib, raqamli kompetensiyalarni rivojlantiruvchi mazkur mexanizm xamshiralik ishini samarali tashkil qilishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
nazariy-uslubiy jihatdan hamshiralarning raqamli texnologiyalarni kompleks o‘zlashtirishi, kasbiy faoliyatini elektron sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiyalash va xamshiralik ishini tashkil qilish ta’limida ECDL raqamli texnologiyalarini qo‘llashning samaraliligiga asoslangan holda «onalik xavfini raqamli texnologiyalarga ko‘ra baholash uslubiyoti» ishlab chiqilgan;
xamshiralik ishi bo‘yicha eksperimental darajada Random Forest sun’iy intellekt algoritmidan foydalanish, homiladorlik asoratlarini oldini olish, homilador ayollar salomatligini yaxshilash va holatini baholash hamda xavflarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini shaxsiy-lashtirishda «Homila AI» mobil ilovasining yuqori samaradorligi isbotlangan;
onalar salomatligi asoratlarini prognozlash va tibbiy-profilaktika xizmatlari sifatini oshirish hamda bemorlarni marshrutizatsiyalashni optimallashtirishda FemTech-texnologiyalarini birlamchi tibbiy yordam muassasalariga integratsiyalashuvi tibbiy xizmatlar, jumladan xamshiralik ishi samaradorligiga ijoiy ta’sir etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sog‘liqni saqlash tizmini raqamlashtirishda hamshiralik ishini boshqarishning tashkiliy-tibbiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sog‘liqni saqlash tizimining raqamli transformatsiyasiga ko‘ra hamshiralarning kasbiy va raqamli faoliyati muvofiqligini ularga «tibbiy raqamli guvohnoma» berish asosida tibbiy-tashkiliy jihatdan ta’minlash muhimligi asoslanib, raqamli kompetensiya-larni rivojlantiruvchi mazkur mexanizm xamshiralik ishini samarali tashkil qilishga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha takliflar Toshkent peditariya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi-ning 2024 yil 6 martdagi 03-192-son qarori bilan tasdiqlangan «Mashinada o‘qitish orqali homiladorlikda onalar xavfini oldini olish uchun mobil raqamli texnologiyalardan foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman tibbiy birlashmasi bo‘yicha 29.03.2024 yildagi 25-son, Toshkent viloyati «Umid Gulshani» sanatoriysi bo‘yicha 30.03.2024 yildagi 25u-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/23-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: hamshiralarning raqamli texnologiyalardan foydalanishga tayyorlik darajasini oshirgan hamda bemorlarni parvarish qilish sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: raqamli texnologiya va ta’lim dasturlarini birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga joriy etish ma’muriy xarajatlarni qisqartirish, rejadan tashqari gospitaliza-siyalar sonini kamaytirish va asoratlarni statsionar sharoitida davolash xarajatlarini o‘rtacha har bir patronaj hamshirasi uchun oyiga 1050000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: nazariy-uslubiy jihatdan hamshiralarning raqamli texnologiyalarni kompleks o‘zlashtirishi, kasbiy faoliyatini elek-tron sog‘liqni saqlash tizimiga integratsiyalash va xamshiralik ishini tashkil qilish ta’limida ECDL raqamli texnologiyalarini qo‘llashning samarali-ligiga asoslangan holda «onalik xavfini raqamli texnologiyalarga ko‘ra baholash uslubiyoti» takliflar Toshkent peditariya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 6 martdagi 03-192-son qarori bilan tasdiqlangan «Mashinada o‘qitish orqali homilador-likda onalar xavfini oldini olish uchun mobil raqamli texnologiyalardan foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman tibbiy birlashmasi bo‘yicha 29.03.2024 yildagi 25-son, Toshkent viloyati «Umid Gulshani» sanatoriysi bo‘yicha 30.03.2024 yildagi 25u-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/23-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: hamshiralar raqamli kompetensiyalari oshirilishi asosida tibbiy xizmat sifati oshirilgan va elektron hujjat aylanish tizimi imkoniyatlarining kengaytirilishiga ko‘ra ular faoliyati vaqt birligi tejalgan. Iqtisodiy samaradorligi: ma’muriy xarajatlarni qisqartirish, rejadan tashqari gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish va asoratlarni statsionar sharoitida davolash xarajatlarini o‘rtacha har bir patronaj hamshirasi uchun oyiga 1050000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: xamshiralik ishi bo‘yicha eksperimental darajada Random Forest sun’iy intellekt algoritmidan foydalanish, homiladorlik asoratlarini oldini olish, homilador ayollar salomatligini yaxshilash va holatini baholash hamda xavflarni o‘z vaqtida aniqlash va profilaktika chora-tadbirlarini shaxsiylashtirishda «Homila AI» mobil ilovasining yuqori samaradorligi bo‘yicha takliflar Toshkent peditariya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 6 martdagi 03-192-son qarori bilan tasdiqlangan «Mashinada o‘qitish orqali homilador-likda onalar xavfini oldini olish uchun mobil raqamli texnologiyalardan foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman tibbiy birlashmasi bo‘yicha 29.03.2024 yildagi 25-son, Toshkent viloyati «Umid Gulshani» sanatoriysi bo‘yicha 30.03.2024 yildagi 25-u-son buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/23-sonli ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarning holatini shaxsiy tarzda monitoring qilish imkonini-ning kengayishiga hamshiralar ish vaqtidan samarali foydalangan va tibbiy xizmatlar sifati yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari ma’muriy xarajatlarni qisqartirishga, rejadan tashqari gospitalizatsiyalarni kamaytirishga hamda asoratlarning statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan xarajatlarni o‘rtacha har oyda 1050000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: onalar salomatligi asoratlarini prognozlash va tibbiy-profilaktika xizmatlari sifatini oshirish hamda bemorlarni marshrutizatsiyalashni optimallashtirishda FemTech-texnologiyalarini bir-lamchi tibbiy yordam muassasalariga integratsiyalashuvi tibbiy xizmatlar, jumladan xamshiralik ishi samaradorligiga ijoiy ta’sir etishi bo‘yicha takliflar Toshkent peditariya tibbiyot instituti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2024 yil 6 martdagi 03-192-son qarori bilan tasdiq-langan «Mashinada o‘qitish orqali homilador-likda onalar xavfini oldini olish uchun mobil raqamli texnologiyalardan foydalanish» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan hamda Toshkent shahar Yakkasaroy tuman tibbiy birlashmasi bo‘yicha 29.03.2024 yildagi 25-son, Toshkent viloyati «Umid Gulshani» sanatoriysi bo‘yicha 30.03.2024 yildagi 25-u-son buyruq-lari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/23-sonli ma’lumot-nomasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollar orasida kasalxonaga yotqizilganlar sonini kamaygan, ona o‘limini pasaytirgan hamda homilador-lik asoratlarini davolash xarajatlarini qisqartirish va chekka hududlarda tibbiy yordam ko‘lamini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samarador-ligi: homiladorlik asoratlarini davolash xarajatlarini kamaytirish va ma’muriy xarajatlarni qisqartirish, rejadan tashqari gospitalizatsiyani kamaytirish va asoratlarni statsionar sharoitida davolash xarajatlarini o‘rtacha har bir patronaj hamshira uchun oyiga 1050000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan.