Jo‘raqulov Muslimbek Mahsudl o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Neft shlamidan antikorrozion materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5217.
Ilmiy rahbar: Xurmamatov Abdug‘affor Mirzabdullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01. 
Rasmiy opponentlar: Saydaxmedov Shamshidin Muxtorovich, texnika fanlari doktori, professor; To‘raev Tolib Bozorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: neftni qayta ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan neft shlamlarini qayta ishlash va antikorrozion materiallarini olish hamda chiqindisiz texnologiya ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neft shlamlari tarkibida 13.7% gacha va qaynash haroratlari 80-280°C oralig‘ida bo‘lgan uglevodorod fraksiyalari mavjudligi hamda ulardan antikorrozion materiallar olish imkoniyati borligi isbotlangan;
neftshlamidan antikorrozion material olish jarayonining optimal rejim ko‘rsatkichlari, ya’ni oksidlanish jarayonining harorati 230°C, oksidlanish davomiyligi 180 daqiqa, jaryondagi kislorod bosimi 200 kPa ekanligi aniqlangan;
neft shlamini suyultirish, engil fraksiyalarni ajratib olish va kub qoldig‘ini oksidlashdan so‘ng tarkibiga qo‘shimcha qo‘shish uchun erituvchi engil nafta (10 %), ingibitor  Na₃PO₄ (3 %) va to‘ldiruvchi grafit, C (7 %) qo‘shishning optimal texnologik rejimi gomogenlashtirish T = 140 °C va aralashtirish tezligi n = 80 ayl/min ekanligi aniqlangan;
antikorrozion material olish jarayoni samaradorligiga harorat, bosim, oksidlanish davomiyligi kabi omillarning korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
neftshlami aralashmasidan 33% gacha antikorrozion material olish imkonini beruvchi yangi samarali texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Neft shlamlarini birlamchi qayta ishlashga tayyorlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neftshlamlarini qayta ishlab ifloslanish manbalarini kamaytirish texnologiyasi "Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJning “2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2025 yil 10 fevraldagi 02-03/107-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftni qayta ishlash korhonasi hududida ekologik holat yahshilanish imkonini beradi;
neftshlamlari asosida antikorrozion material olish texnologiyasi "Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJning “2025-2026-yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2025 yil 10 fevraldagi  02-03/107-son ma’lumotnomasi). Natijada, neftshlamlaridan 33 % gacha antikorrozion material olish imkonini beradi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish