Xamidov Dilshodjon G‘anievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolardan plastik surkov materiallari uchun asos moyini olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5553.
Ilmiy rahbar: Fozilov Sadriddin Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01. 
Rasmiy opponentlar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sodiqov Usmonali Xudoyberganovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolardan plastik surkov materiallari uchun asos moyini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
quyi molekulyar polimer chiqindi suyuq qismini fraksion haydash optimal harorati   etib tanlanganda,   dagi kinematik qovushqoqligi 9,02   bo‘lgan sintetik moy olish mumkinligi isbotlangan;
yuqori qovushqoqli Ferganol sanoat moylari va sintetik moyni turli foizlarda (I-30A(68%)+SM(32%), I-40A(59%)+SM(41%) va I-50A(53%)+SM(47%)) aralashtirib PSMlar ishlab chiqarishda asos moyi sifatida foydalanish mumkinligi ularning tegishlicha qovushqoqliklari 25-26   ni tashkil etishi ilmiy asoslangan;
I-30A(68%)+SM(32%), I-40A(59%)+SM(41%) va I-50A(53%)+SM(47%) moy aralashmalaridan 70% va kalsiy stearatdan 30% massada olib tayyorlangan PSM-1, PSM-2 va PSM-3 namunalarini mineral moylardan olinadigan PSMlar o‘rnini bosa oladigan, GOST 1033-79 talablariga mos keluvchi PSM sifatida ishlatish imkoniyati mavjudligi isbotlangan;
diametri 8-12 mkm bo‘lgan filtr materialda QMPChni 0,67 kgs/sm2 da filtirlash, QMPCh suyuq qismini fraksion haydash (P=1 atm va t=  bo‘lgan maqbul rejimlar) asosida QMPChni qayta ishlab sintetik moy olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy xomashyolardan plastik surkov materiallari uchun asos moyini olish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
quyi molekulyar polimer chiqindini qayta ishlash texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”ning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona NQIZning 2025 yil 18 apreldagi 05-01/181-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Ferganol I-30A, I-40A va I-50A sanoat moylari hamda Shurtan gaz kimyo majmusi quyi molekulyar polimer chiqindisidan olingan sintetik moy bilan aralashtirilib tayyorlangan I-30A(68%)+SM(32%), I-40A(59%)+SM(41%) va I-50A(53%)+SM(47%) tarkibli moy aralashmalarini ishlab chiqish imkonini beradi;
moy aralashmalaridan GOST 1033-79 standartiga mos keluvchi PSMlar ishlab chiqarish texnologiyasi “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi”ning “2025-2027 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona NQIZning 2025 yil 18 apreldagi 05-01/181-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu moy aralashmalari asosida olingan PSM-1, PSM-2 va PSM-3 namunalarining tomchi tushish harorati 84  (78  dan past emas) va 25  dagi penetratsiya soni 244   (230-290 oralig‘i) kabi qiymatlar bilan mineral moylar asosida tayyorlangan PSMlar o‘rnida ishlatish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish