Hotamov Qobul Shirinboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Navbahor bentoniti yordamida ishlatilgan gidravlik moyni regeneratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T5554.
Ilmiy rahbar: Do‘stov Hamro Bozorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Mengliev Sherzod Shoimovich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Navbahor bentoniti yordamida ishlatilgan gidravlik moyni regeneratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlatilgan gidravlik moyni asosiy fizik-kimyoviy xossalari tadqiq qilinib, ekspluatatsiya jarayonida moyning zichligi 865 kg/m3, 40oS dagi kinematik qovushqoqligi 30,56 mm2/s, 100oS kinematik qovushqoqligi 5,45 mm2/s, qovushqoqlik indeksi 90, ochiq tigeldagi alangalanish harorati 212,9 oS va kislota soni 0,8 ga o‘zgarishi isbotlangan;
Navbahor bentoniti massasining 30 % gacha oshirilib moyning kislota sonini 0,8 dan 0,5 mgr KON/gr pasaytirishi adsorbentning bundan ortiq miqdorlarida moyning kislota soni o‘zgarmasligi ilmiy asoslangan;
ishlatilgan gidravlik moyni tozalashda adsorbent sarfi moyning massasiga nisbatan 15 % ni tashkil etishi va adsorbsiya jarayonining harorati 30oS ni, bosimi 1 atm ga tengligining optimal parametrlari ilmiy asoslangan;
regeneratsiyalangan gidravlik moyni sanoat sharoitida sinovidan o‘tkazilib, uning kinematik qovushqoqligi 40oS da 46 mm2/s, 100oS da 5,97 mm2/s, qotish harorati -18oS, kislota soni 0,5 mgr KON/gr, 20oS dagi zichligi 865 kg/m3, qovushqoqlik indeksi 108, ochiq tigeldagi alangalanish harorati 218,8oS, oltingugurt miqdori 0.5% tengligi isbotlangan;
ishlatilgan gidravlik moyni mahalliy Navbahor bentoniti yordamida adsorbsion tozalash jarayonining texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Navbahor bentoniti yordamida ishlatilgan gidravlik moyni regeneratsiyalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
regeneratsiyalangan gidravlik moyning fizik-kimyoviy xossalarini yaxshilash usuli Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining “2025-2030 yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2024 yil 20 dekabrdagi 02-03-01/291-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kinematik qovushqoqligi 40 oS da 46 mm2/s, 100 oS da 5,97 mm2/s, qotish harorati -18 oS, kislota soni 0,5 mgr KON/gr, 20 oS dagi zichligi 865 kg/m3, qovushqoqlik indeksi 108, ochiq tigeldagi alangalanish harorati 218,8 oS, oltingugurt miqdori 0,51 % ga pasayish imkonini beradi;
mahalliy xomashyo Navbahor bentoniti bilan ishlatilgan gidravlik moyni regeneratsiyalab toza gidravlik moy olish texnologiyasi Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining “2025-2030-yillarda amaliyotga joriy etiladigan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodining 2024 yil 20 dekabrdagi 02-03-01/291-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Navbahor bentoniti yordamida regeneratsiyalangan moyning miqdori 80-85 % samaradorlikka erishish imkonini beradi.